3-ob’ekt.O’zbek milliy kashtachiligi
Hurmatli ekskursantlar! Sizga ma’lumki, Xiva gilamlari, Nurota kashtalari,
Buxoro zardo‘zi buyumlari, Marg‘ilon esa o‘zining shoyi-atlaslari-yu, do‘ppilari
va kashtachiligi bilan yetti iqlimga mashhur. O‘zbek milliy kashtachiligi amaliy
san’atning eng qadimiy turlaridan bo‘lib, u xalqning o‘z turmushini go‘zal qilish
istagi natijasida yuzaga kelgan. Kashtachilik san’ati nafaqat mamlakatimizda
balki, chet ellarda ham shuxrat qozongan. O‘zbek xalqi ustalari qo‘llari bilan
tikkan so‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab, do‘ppilari Germaniya, Belgiya,
Amerika Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy mamlakatlarda
mashhur.
243
12.3-rasm. Samarqand kashtasi va Buxoro kashtasi namunalari.
O‘zbek kashtachiligi iqlim, tabiy sharoit muhiti bilan bog‘liq holda barcha
hunarlar bilan birgalikda rivoj topgan. Kashtachilik san’atining eng qadimiysi esa
saqlanmagan.
XIV-XV asrlarga mansub miniatyuralar orqali kashtachilikning juda
qadimdan rivojlanganligini ko‘rishimiz mumkin. XIX asrning ikkinchi yarmida
kashta tikish mashinasining ixtiro etilishi kashtachilik korxonalarining vujudga
kelishiga asos bo‘ldi. O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar kashtachiligi ta’sirida
boyidi va rivojlandi. O‘zbek kashtachiligiga nazar solsak, unda hind, xitoy, rus,
afg‘on, qozoq, qirg‘iz va tojik kashtachiligining usul va uslublarini uchratamiz.
San’atda har bir millatning o‘ziga xos naqshlari bo‘ladi. O‘zbek
kashtachiligida o‘simliksimon, geometrik gul naqshlari ko‘p uchraydi. Islom
dinida tirik mavjudotlarni tasvirlashning man etilishi o‘z-o‘zidan kashtalarda
aksariyat hollarda o‘simliklar, gullarni tasvirlanishiga olib keldi. O‘simliklar tasviri
ko‘pincha yorqin rangdagi qushchalar tasviri bilan jonlantirilgan. Qo‘y shoxlari
motivi qo‘shaloq spiral qatordan iborat bo‘lib, jiyak yoki hoshiyalovchi bezak
sifatida qator barglar shaklida uchraydi. Bu qadimiy motiv ko‘pgina turkiy
xalqlarda tarqalgan bo‘lib, u butun borliq, doimiy harakat timsoli hisoblangan.
244
Ba’zida bu motiv bir vaqtning o‘zida bir nechta timsollarni, masalan, qo‘yning
buralgan shoxlari va bir-biridan tarmoqlangan juft o‘simlik jingalalarini eslatadi.
Qadimgi an’analarga ko‘ra o‘zbek qizlari, bo‘lajak kelinchaklar seplari
uchun har xil kashtachilik buyumlarini o‘zlari tayyorlashlari shart bo‘lgan.
Kashtalar qanchalik nozik, chiroyli bo‘lsa, qayliq shunchalik yuqori baholangan.
O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta
tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun kirpech,
so‘zana,
dorpech,
oynaxalta,
choyxaltalarni
o‘zlariga
tikkanlar.
Bezak
buyumlarning turlaridan: so‘zana, choyshab, zardevor, gulko‘rpa, parda, belbog‘
(yostiq ustiga yopiladigan), do‘ppi, ko‘ylak, dastro‘mol, joynamoz, nimcha, maxsi
kovush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. O‘tmishda bu kashtalar
oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik shoyi baxmalga tikiladigan bo‘ldi.
(Ekskursantlarga kashtaning bitta gul nusxasini qo’lda tikib ko’rishlari
uchun 5 daqiqa vaqt beriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |