O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
TURIZM VA MEHMONXONA XO’JALIGI KAFEDRASI
«EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH»
fanidan
O’QUV – USLUBIY
MAJMUA
Bilim sohasi:
|
600000
|
Xizmatlar sohasi
|
Ta’lim sohasi:
|
610000
|
Xizmat ko’rsatish sohasi
|
Ta’lim yo’nalishi:
|
5610300
|
Turizm (xalqaro va ichki turizm)
|
|
|
|
T ermiz -2019
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019 yil “____” _________dagi “____”-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan fan dasturi asosida ishlab chiqilgan.
Tuzuvchi:
Panjiyeva N.N.
|
Termiz davlat universiteti “Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi o’qituvchisi.
|
Taqrizchilar:
Rajabov O`. - TerDU “Turizm va mehmonxona xo’jaligi” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
Mirzayev A.Q. - TerDU “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi dotsenti, i.f.n.
O’quv uslubiy majmua Termiz davlat universiteti Kengashining 2019 yil “____” avgustdagi “____” – sonli yig’ilishida ko’rib chiqilgan va foydalanishga tavsiya etilgan
mundarija
1.
|
Ma’ruzalar matni
|
|
2.
|
Amaliy mashg’ulot
|
|
3.
|
Mustaqil ta’lim mashg’ulotlari
|
|
4.
|
Glossariy
|
|
5.
|
Ilovalar
|
|
5.1.
|
Fan dasturi
|
|
5.2.
|
Ishchi fan dasturi
|
|
5.3.
|
Tarqatma materiallar
|
|
5.4.
|
Testlar
|
|
5.5.
|
Baholash mezonlari
|
|
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
« TURIZM VA MEHMONXONA XO’JALIGI » KAFEDRASI
«EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH»
fanidan
MA’RUZALAR MATNI
Tuzuvchi: Panjiyeva N.N.
Termiz – 2019
1-mavzu. «EKSKURSIYA XIZMATINI TASHKIL QILISH»
FANINING MAQSADI VA VAZIFALARI
1.1. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanining maqsadi va vazifalari
1.2. Ekskursiya xizmatining mazmuni va mohiyati
1.3. Ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida
1.4. Ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida
Tayanch so’z va iboralar: «ekskursiya» tushunchasi, ekskursiya xizmati va uning vazifalari, ekskursant, ekskursiya xizmati muloqot shakli sifatida, bevosita va bilvosita muloqot, ekskursiya xizmati pedagogik jarayon sifatida, pedagogika, psixologiya, gidning pedagogik mahorati.
1.1. «Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanining
maqsadi va vazifalari
Bugungi kunda turizm eng tez rivojlanayotgan tarmoq bo’lib, mamlakat iqtisodiyoti uchun zarur bo’lgan valyuta tushumini ta’minlovchi soha hisoblanadi.
Turizmda ekskursiya xizmatlarini takomilashtirish orqali uning samaradorligini oshirishni, ekskursiyalarni tashkil qilishda texnologiyalaridan foydalanish darajasi o‘sishini, unumdorligini va samaradorligini aniqlaydi. Turizm globalizaitsiyasi sharoitlarida ilg’or xizmat ko’rsatish texnologiyalari ta'siri ostida turistik xizmatlar ko’rsatish jarayonlari takomillashadi.
Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘zining “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida» gi №PF-4947 sonli Farmonidagi 3-qism - iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlarida ta'kidlaganidek, “Yangi turistik marshrutlarni yaratish, turizmning zamonaviy turlarini rivojlantirish, ularning jozibadorligini kuchaytirish” chora-tadbirlari belgilab berilgandir.1 Shuning uchun, agar Siz raqobatbardosh mutaxassis bo‘lishni istasangiz, Siz turizm xizmatlarini tashkillashtirish va amalga oshirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishingiz kerak.
Shunday qilib, turizm bo’yicha mutaxasis xizmat ko’rsatishning barcha sohalari va yo‘nalishlarida zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha nazariy bilimlariga va amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak. Ko‘rsatilgan muammolarni hal etish uchun “Ekskursiya xizmatini tashkil etish” fanini o‘qish va o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Turizm iqtisodiy sohalar ichida daromad keltirishi bo‘yicha yetakchi
sohalardan biridir. Mamlakatimizda ham ushbu sohani rivojlantirish bo‘yicha ko‘pgina ishlar olib borilmoqda. Turizmning asosiy xizmatlaridan biri ekskursiya xizmati hisoblanadi. Mamlakatga tashrif buyurgan turist eng avvalo uning tarixi, madaniyati, ijtimoiy hayoti, tabiat resurslari bilan tanishishni, tomosha qilishni xohlaydi. Ekskursiya o‘zining ko‘rgazmaliligi, sermazmunligi, daromadliligi, hissiyotliligi bilan insonlarning ruhiy qiyofasi shakllanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fani turizm sohasida ta‘lim olayotgan talabalar uchun mutaxassislik fani sifatida ahamiyatlidir. Ushbu kursdan talabalar turizm sohasida ekskursiya xizmatlarini sifatli tashkil etishning texnika va texnologiyasi haqida zaruriy ma’lumotlarga ega bo‘ladilar.
«Ekskursiya xizmatini tashkil qilish» fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarni mamlakatimizning boy tarixiy merosi, ekologik-rekreatsion maskanlari, ishlab-chiqarish ob’ektlari, ziyoratgohlarda sifatli, xavfsiz ekskursiya xizmatlarini tashkil etish hamda, ulardan turizm sohasida samarali foydalanish bo‘yicha bilimlar berishdir. Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun fanning oldida quyidagi vazifalar qo‘yilgan:
Ekskursiya xizmatining mazmun-mohiyatini tushuntirish;
Ekskursiya xizmatining funksiyalari, xususiyatlari
va ekskursiya
xizmatini tasniflashni o‘rgatish;
Ekskursiya rahbari - gidga qo‘yiladigan talablarni o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatini tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish;
Ekskursiya ob’ektlarini tanlash va baholash;
Ekskursiya xizmati marshrutini tuzish va sinov ekskursiyasini o‘tkazish
tartibini o‘rgatish;
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni ko‘rsatish usullarini aniqlash;
Ekskursiya xizmatida ob’ektlarni hikoya qilish usullarini aniqlash;
Ekskursiya xizmatining tashkiliy masalalari;
O‘zbekistonning tarixiy- arxitektura yodgorliklariga ekskursiya xizmatini
tashkil qilishni o‘rgatish;
O‘zbekistonning ekologik hududlariga ekskursiya xizmatini tashkil
qilishni o‘rgatish;
o‘rgatish;
Turizmning maxsus turlariga ekskursiya xizmatini tashkil qilishni
Ekskursiya xizmatida ekskursantlarning xavfsizligini ta’minlash;
Ekskursiya xizmatida birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatish qoidasini
o‘rgatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |