Aroqchin - sharsimon do‘ppi bo‘lib, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda
sharsimon do‘ppilar bosma, chakmato‘r, iroqi chok usullarida tikiladi.
Tus do‘ppi - keng tarqalgan yassi yuzaki do‘ppi. Ko‘pincha tus do‘ppi Chust
do‘ppi deb yuritiladi. Tus do‘ppilarning birgina klassik variantining o‘zida sakkizta
yuvelir chok uslubi qo‘llaniladi.
Do‘ppi uch qismdan iborat - tepa (aylana va to‘rtburchak shaklida bichiladi),
kizak (gardish shaklida) va jiyakdan tuziladi. Respublikaning turli joylarida turlicha
bezatiladi va qismlari birlashtirilganda turlicha ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Do‘ppining uchta turi mavjud - ya’ni dumaloq, to‘rt qirrali dumaloq
do‘ppilar va cho‘zinchoq qalpoqchalar.
Do‘ppilar turlariga qarab ajratilgan: erkaklar, ayollar, bolalar, qariyalar
uchun kabi turlari bor. Keksa ayollar odatda bu bosh kiyimni kiymaydilar.
Bolalarning do‘ppilari (kulohcha, qalpoqcha, do‘ppi, kallapo‘sh) matolarining
turli-tumanligi va rang-barangligi bilan, popuk va sharchalarining kattaligi,
kashtalari, zarlari va tumorlarining ko‘pligi bilan farqlanadi.
247
12.5-rasm. Qizlar va o‘g’il bolalar do‘ppisi.
Oktyabr to‘ntarishiga qadar o‘smirlar ham salla o‘rab yurishgan. Keyinchalik
esa sallani keksalar va namozxonlar o‘raydigan bo‘lishdi. Yosh qizlar asosan
do‘ppi kiyishgan. Qadimda do‘ppi o‘rniga qalpoqcha kiyib, ustidan ro‘mol yoki
dastor o‘rashgan. Qalpoqchalar kulta yoxud kiyigich deb atalib, gardishi
yumshoqroq matodan enli, peshonani siqib turadigan qilib tikilgan. Qadimgi
qalpoqchalarning uchida uzun, to‘g‘ri burchakli mato bo‘lagi bilan birga dumaloq
shaklda ochiq joy qoldirilgan. Ko‘pgina o‘zbek qiz-juvonlari uning atrofini
choklab-tikib, shu qopcha orasidan sochlarini o‘tkazib-tushirib qo‘yishgan. Xonlar
saroyida yoxud boy-badavlat xonadonlarning ayollari asosan zar iplar bilan gul
solingan kaltapo’shak kiyishi asrimiz boshlarigacha davom etib, keyinchalik gul
tikilgan do‘ppilar kiyish rasm bo‘lgan.
Dastlab do‘ppilar konussimon va keng hoshiyali bo‘lgan, ularni salla ostidan
kiyishgan. XX asrning 20 yillaridan do‘ppi shakli o‘zgargan. Keyinchalik o‘tkir
uchli, konussimon, yarimsharsimon, dumaloq, to‘rt qirrali do‘ppilar tikila
boshlandi. Do‘ppilarning keng tarqalgani to‘rt qirrali, bir oz konussimon
shakldagisi hisoblanadi. Yorqin ranglar bilan bezatilgan do‘ppilar naqsh
gullarining nozikligi va go‘zalligi bilan ajralib turgan. Bezaklarning ko‘plab
kompozitsiyalari mavjud bo‘lib, ular avloddan-avlodga o‘tib, doimiy ravishda
yangilanib borgan.
248
XIX asr oxiri XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysida do‘ppining bir nechta
turlari mavjud bo‘lgan. 1940-1950 yillarda iroqi nusxa do‘ppilari turli rangdagi
ipak bilan tikilgan bo‘lib, ularga gullar, qushlar va hayvonlar tasviri tushirilgan.
Erkaklar bunday do‘ppilarni bayram va to‘ylarda kiyganlar, shuning uchun ham
ularni «kuyov do‘ppi», «navro‘z guli» deb ham atashgan.
12.6-rasm. Qizlar do’ppisi.
Rivoyatga ko‘ra, do‘ppining tepa qismidagi to‘rtta gul erkaklar salomatligini
to‘rt tomondan himoyalab turar ekan. Chetlaridagi o‘n olti gul esa do‘ppi sohibi
yoki sohibasining oilasi katta va ahil bo‘lishi istagini bildirarkan. Oq matoga
oppoq ipak bilan bezak berlishi erkaklar qalbi pokligi ramzi sanalgan. Shuning
uchun ham o‘zbek xalqi erkak kishining g‘ururi va diyonati uning do‘ppisida deb
bilishadi.
Keyinchalik ayollarning och kumushsimon rangdagi parchadan tikilgan to‘rt
qirrali do‘ppilarining yangi tipi paydo bo‘ldi, uning har bir bo‘lagida gullab turgan
butoqcha tasviri tikilgan. Toshkent va Farg‘ona vodiysida keng tarqalgan iroqi
nusxa do‘ppining naqsh mujassamoti rang-barang gulli novdalar, ular orasidagi
yashil, ko‘k tusli qushcha (bulbullar) shaklidan iborat. Bunday shakl, ya’ni ochiq
fon Farg‘ona, shuningdek, Toshkent an’analariga to‘g‘ri keladi.
Do‘ppilarda boshqa hayvonlar - tog‘ kiyigi, chayon, qoplonga o‘xshash
tasvirlar ham tikilgan. Do‘ppilarning naqsh kompozitsiyalarida qator hollarda arab
yozuvi kashtaga uyg‘unlashib ketgan. Dono so‘zlar, samimiy tilaklar va hayotiy
249
iboralar do‘ppi kashtasining mazmuni va ifodaviy nafosatini teranlashtirgan. Bu
naqsh-yozuvlar bir vaqtning o‘zida ko‘zlarni quvontirish hamda aqlni peshlash
uchun xizmat qilgan.
12.7-rasm. Salla ostidan kiyiladigan do‘ppi va yozuvli erkaklar
Do'stlaringiz bilan baham: |