10.3. Xorazm viloyatining tarixiy- arxitektura yodgorliklari
ekskursiya ob’ektlari sifatida
Dunyoning qadimiy shaharlaridan biri bo‘lgan Xiva asrlar mobaynida
insoniyatning ma’naviy va moddiy madaniyati taraqqiyotiga o‘zining salmoqli
hissasini qo‘shib kelmoqda. Xalqaro sayyohlik markazlaridan biri sanalgan Xiva
bejiz butun dunyoda ochiq osmon ostidagi muzey sifatida e’tirof etilmagan. Bu
shahar hududida joylashgan yodgorliklar miloddan avvalgi VI – V asrlardan XX
asr boshlarigacha bo‘lgan davrlarga taalluqlidir. Ayniqsa Xiva shahrining Ichan
Qal’a qismi Markaziy Osiyoda saqlanib qolgan birdan bir butun boshli shahar-
yodgorlik bo‘lib, uning o‘tmishidagi taqdiri me’moriy obidalari dunyoning eng
qadimgi madaniy voha Xorazmning tarixiy madaniy taraqqiyoti bilan chambarchas
bog‘liqdir.
Xiva shahridagi Ichan qal’a va Dishan qal’adagi tarixiy yodgorliklar,
muzeylar, Xivaning tarixiy merosi va sayyohlik salohiyati, vohaning mehmondo‘st
odamlari, urf-odat va an’analari haqidagi ma’lumotlar viloyatga tashrif
buyurayotgan barcha turistlarni lol qoldirmoqda. Jumladan Xiva shahridagi Ichan
qal’a majmui 1990 yil 12 dekabrda YUNESKOning Kanadada bo‘lib o‘tgan 14
sessiyasining maxsus qarori bilan Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib «Butun jahon
merosi» sifatida ro‘yxatga olingan. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan
1984-1993 yillarda Xiva shahrida o‘tkazilgan arxeologik qazishmalar natijasida
«Ichan qal’a» hududi eramizdan avvalgi V asrda paydo bo‘lganganligini va shahar
devorlari ostidan topilgan madaniy qatlam, sopol buyumlar va katta hajmdagi xom
g‘ishtlar shaharni 2500 yoshda ekanini tasdiqlaydi. Shundan so‘ng 1997 yilda
mamlakatimizning ikki azim va buyuk shahri Buxoro va Xivaning 2500 yillik
yubileyi YUNESKO rahnamoligida dunyo miqiyosida keng nishonlanishi bu
shaharning butun dunyoda e’tirof etilganidan dalolat beradi.
Hozirgi kunda viloyatda 255 ta madaniy meros ob’ektlari davlat ro‘yxatiga
olingan bo‘lib, shundan 18 tasi arxeologiya, 133 tasi arxitektura, 66 tasi
180
haykaltaroshlik yodgorliklari, 32 tasi muqaddas qadamjolar5 bo‘lib, Davlat
muhofazasiga olingan.
Xivaning arxitektura yodgorliklari asosan madrasa, masjid va minoralar,
Pahlavon Mahmud maqbarasi (1835 yil), Muhammad Aminxon madrasasi (1850-
1855 yillar), Ko‘hna Ark, Tosh Hovli, Olloqulixon karvonsaroyi (1855 yil)
kabilardan iborat. Rangli bezaklar berilgan Kalta Minor (1835 yil) va 218 ta
naqshli ustunga ega bo‘lgan Juma masjidlarni alohida ta’kidlab o‘tish mumkin. 2,5
kilometr uzunlikdagi devorga ega bo‘lgan Ichan-qal’a Otadarvoza, Shimoliy,
Sharqiy, Janubiy, Buxoro va Toshdarvozalariga ega. Unda 40 dan ko‘proq
quduqlar mavjud. Xorazm viloyatining asosiy tarixiy-arxitektura yodgorliklari:
1.
2.
3.
4.
5.
6.
7.
8.
9.
Ichan qal’a, Saidboy masjidi va madrasasi (XVIII asr boshi);
Pahlavon Mahmud maqbarasi (1835 yil);
Olloqulixon madrasasi (1834 y.);
Qutlug‘murod-inoq madrasasi (1804 y.);
Olloqulixon Timi va Karvonsaroyi (XIX asr);
Abdullaxon madrasasi (1865 y.);
Anushaxon masjidi va hammomi (1657 y.);
Toshhovli (Olloqulixonning karvonsaroyi) (1855 y.);
Oq masjid (1832 y.);
10. Juma masjidi va minorasi (1788 y.);
11. Said Olovuddin maqbarasi (XIV asr);
12. Muhammad Aminxon madrasasi (1850-1855 yy.);
13. Kaltaminor (1835 y.);
14. Ko‘hna Ark (1868 y.);
15. To‘ramurod minorasi (1888 y.);
16. Sherniyozxon madrasasi (1718 y.);
17. Borlandi masjidi (XIX asr);
18. Arabxona madrasasi (1838 y.).
5
www. UzA.uz sayti ma’lumotlari
181
Xorazm viloyati bo’ylab tashkil etish mumkin bo’lgan «Xorazmi azimning
ming yillik tarixi» nomli ekskursiya xizmatining dasturi namunasini keltiramiz:
«XORAZMI AZIMNING MING YILLIK TARIXI» nomli
Do'stlaringiz bilan baham: |