Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua



Download 14,49 Mb.
bet70/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

S= n (n+1) / 2.
bunda n – amortizatsiya ob’ekti faoliyat ko‘rsatadigan yillar soni.
Jadallashtirilgan amortizatsiyaning qoldiqni kamayib borish usuli (Declining-balance mehtod) sonlar yig‘indisi usuli tamoyillariga asoslangan bo‘lib, unda har qanday qat’iy me’yor qo‘llanilishi mumkin bo‘lsa ham, lekin to‘g‘ri chiziqli usulda foydalangan me’yorga nisbatan ikki marotaba ko‘paytirilgan me’yor qo‘llaniladi.
Amortizatsiya qoldiqni kamayib borish usuli bilan hisoblanayotganda tegishli koeffitsientlardan foydalaniladi. Fikrimizcha, nomoddiy aktivlarga amortizatsiya siyosati ikki marotaba tezlashtirilgan usulda hisoblanishi lozim. Xorij davlatlarida bu koeffitsientlar turli xil ko‘rinishda bo‘ladi: xususan, Fransiyada aktivning xizmat qilish muddati 4 yilgacha bo‘lsa, 1,5, 5 yildan 6 yilgacha 2,0 va 6 yildan ortiq bo‘lsa 2,5 koeffitsientlar qo‘llaniladi. Italiyada 2,0, Kanadada 2,0 va 3,0, AQSHda 1,5 va 2,0, Germaniyada 1,3 dan 2,0 gacha koeffitsientlardan foydalaniladi16. Nomoddiy aktivlarning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan amortizatsiyasini hisoblash usullari taqqoslansa, hisobot davrlari bo‘yicha amortizatsiya summalarining ortishi, qoldiq qiymatlarining kamayib borishini ko‘rish mumkin. Agar ma’lum yildagi raqamlarga e’tibor berilsa, to‘g‘ri chiziqli va bajarilgan ishlar hajmiga taqsimlash usullariga qaraganda jadallashtirilgan usulda aktiv qiymatining deyarli 70-80 foizi amortizatsiya xarajatlari ko‘rinishida mahsulotlar tannarxiga yoki davr xarajatlariga olib borilishini ko‘rish mumkin. Bu esa avvalgi ikki usullarda 50-55 foizni tashkil etadi.
SHuni ta’kidlab o‘tish zarurki, g‘arb davlatlarida buxgalteriya hisobi va soliq solish maqsadlarida amortizatsiyani alohida hisoblab chiqishga yo‘l qo‘yiladi. Biz soliqqa tortiladigan foydani hisoblab chiqish uchun buxgalter qaysi usuldan foydalanishidan qat’iy nazar, nomoddiy aktivlar bo‘yicha jadallashtirilgan amortizatsiya usullaridan foydalanib, xarajatlarni jadallashtirilgan qoplash tizimini joriy etish lozim deb hisoblaymiz. Xarajatlarni jadallashtirilgan qoplash tizimiga muvofiq xarajatlarni qoplash davri nomoddiy aktivlarning turli ob’ektlari uchun 1 yildan 20 yilgacha bo‘ladi. Bunda xarajatlarni qoplash davri 1 yildan 10 yilgacha bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun 2,0 koeffitsient bilan qoldiq qiymat usulidan foydalaniladi.
SHuningdek, qoplash davri 10-20 yilgacha bo‘lgan nomoddiy aktivlar uchun 1,5 koeffitsient bilan qoldiq qiymat usulidan foydalanish korxona uchun samarali bo‘lishi mumkin.
Nomoddiy aktivlardan kutilayotgan iqtisodiy samara o‘zgaradigan bo‘lsa, ularga nisbatan qo‘llaniladigan amortizatsiya usuli har yili hisobot davri oxirida qaytadan ko‘rib chiqilishi kerak. Amortizatsiya usuli o‘zgargan taqdirda joriy davr uchun hisoblab yozilgan amortizatsiyaga tuzatish kiritiladi.
«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobi milliy standartining 41-bandiga ko‘ra, hisobot davri uchun amortizatsiya me’yorlarini qayta ko‘rib chiqish va tuzatish mumkinligi e’tirof etiladi. Amortizatsiya summasi qolgan davrlar uchun taqsimlanadi, bu esa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning soliqqa tortiladigan bazasiga ta’sir ko‘rsatadi.
Nomoddiy aktivlarga hisoblanayotgan amortizatsiya summasini xarajatlar tarkibiga to‘g‘ri aks ettirishning iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar olimlari, jumladan amerikalik olimlar Nidlz. B, Anderson. X va Kolduell. D.lar quyidagicha izohlaydilar: «Asosiy vositalar bo‘yicha egri tartibda, nomoddiy aktivlar bo‘yicha esa to‘g‘ri usul bilan amortizatsiya hisoblanishi kerak.»17
Nomoddiy aktivlarning amortizatsiyasi, xuddi shu ob’ektni yana qayta xarid qilib olishni anglatmaydi. Korxona xo‘jalik faoliyatida bir necha nomoddiy aktivlarni xarid qilib olishi mumkin. Amortizatsiya xarajatlarini bir marotaba qoplash kerak bo‘ladi. Bu esa ularga hisoblanayotgan amortizatsiyaning to‘g‘ri chiziqli usulidan foydalanish kerakligini taqozo qiladi.




    1. Download 14,49 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish