Jadallashtirilgan hisobdan chiqarish usuli (Accelerated methods). Bu usulda amortizatsiya to‘g‘ri chiziqli usulga nisbatan ikki barobar tez hisoblanadi. Aktivning qiymatidan birinchi yilda oxirgi yilga nisbatan deyarli sezilarli qismi hisobdan chiqa-riladi. SHuning uchun amortizatsiyaning bu usulini ba’zi iqtisodiy adabiyotlarda «Soliq amortizatsiyasi» deb ham yuritiladi. Bunday amortizatsiyadan soliqqa tortiladigan foydani aniqlashda foydalanishi mumkin. Ishlab chiqarish jarayonlarining takomillashib borishi nomoddiy aktivlardan foydalanish muddatlarini qisqartirish, ularni muddatida hisobdan chiqarish kerakligini taqozo etadi. Jadalashtirilgan amortizatsiya usulining mohiyati shundan iborat-ki, nomoddiy aktivlardan foydalanishning dastlabki yillarida ular boshlang‘ich qiymatining asosiy qismi hisobdan chiqariladi. Bizning fikrimizcha ko‘ra bunga:
birinchidan, nomoddiy aktivlardan eng ko‘p darajada foydalanish ularning dastlabki yillariga ko‘p to‘g‘ri keladi;
ikkinchidan, amortizatsiya qilinadigan nomoddiy aktiv tez ma’naviy eskirgan taqdirda uni almashtirish yoki yangisini xarid qilib olish uchun maxsus zaxira yaratish maqsadga muvofiq;
uchinchidan, amortizatsiya qilinadigan ob’ektlardan foydalanish-ning oxirgi yillariga to‘g‘ri keladigan, ularni tuzatishga sarflanadigan harajatlar ulushini ishlab chiqarish tannarxiga ko‘paytirmasdan (amortizatsiya summasining bu yillarda kamayishi hisobiga) aks ettirilishi lozim.
Jadallashtirilgan usulda amortizatsiya hisoblanganda sonlar, ya’ni kumulyativ usulini ham qo‘llash maqsadga muvofiq deb o‘ylay-miz. CHunki amaldagi me’yoriy hujjatlarda bu masalaga etarlicha yondashilmagan.
Amortizatsiya bo‘yicha sonlar yig‘indisi usulini qo‘llash yaxshi samara keltiradi. Sonlar yig‘indisi (Sum-of-the-years-digits method) bo‘yicha hisobdan chiqarish, ya’ni kumulyativ usul aktivni xizmat qilish yillari summasi orqali aniqlanadi va bu summa hisoblash koeffitsientida mahraj bo‘lib xizmat qiladi. Koeffitsientning sur’atida aktivning xizmat muddatining oxirigacha qolgan yillar soni turadi, bu teskari tartibda ko‘rsatiladi. Sonlar yig‘indisi-nomoddiy aktivdan foydalanishda yillar mobaynidagi tartib raqamlarini qo‘shishdan olingan summa bo‘lib, tegishli yilning amortizatsiya me’yori ob’ektning dastlabki qiymati bilan uning likvidlik qiymati o‘rtasidagi farqqa ko‘paytiriladi. Umumiy formula quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi.
bunda – S- jami yillar.
Amortizatsiya boshlanadigan ob’ektlardan foydalanish muddati etarlicha davomli bo‘lgan taqdirda sonlar yig‘indisi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |