Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning tartibi, usullari va hisobi



Download 14,49 Mb.
bet68/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

Nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblashning tartibi, usullari va hisobi.

«Nomoddiy aktivlar» nomli 7-son buxgalteriya hisobining milliy standartida amortizatsiyaning quyidagi usullarini qo‘llash tavsiya etiladi;

  1. To‘g‘ri chiziqli usul (Straight-line method), bu usulda aktivdan foydalanishning butun davri mobaynida eskirishning doimiy summalarini hisoblab, yozishdan iborat bo‘ladi. Bu ob’ektning amortizatsiyalanadigan qiymati xizmat qilish muddatlari mobaynida teng ulushlarda hisobdan chiqarib boriladi. Demak, bu usulda nomoddiy aktivlarning har yildagi amortizatsiya summalari bir xil ko‘rinishda bo‘ladi, qoplanayotgan amortizatsiya bir xil sur’atda ortadi, natijada ob’ektning ichki qiymati bir xil darajada kamayib boradi. SHunga muvofiq, to‘g‘ri chiziq usulida amortizatsiya ajratmalarini hisob-kitob qilish quyidagi formula asosida amalga oshiriladi:

bu erda:
As-amortizatsiya summasi;


Dq-dastlabki qiymati; Tq-tugatilish qiymati;
As =
Dq - Tq
eki HM
(TF - TH );
TF-tugatishdan olingan foyda;
TH-tugatilish bo‘yicha xarajatlar; HM-xizmat qilish muddati.
Masalan, mahsulotlar belgisiga bo‘lgan guvohnomaning dast-labki qiymati 500000 so‘m, undan foydalanish muddati 10 yil. Bu muddat ichida guvohnomaga har yili bir xil me’yorda amortizatsiya hisoblanadi.
Ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, birinchidan, guvohnoma uchun 10 yil davomida amortizatsiya ajratmasi bir xil tartibda hisoblangan, ikkinchidan, qoplanayotgan amortizatsiya summasi ham bir darajada ortib borgan, uchinchidan esa qoldiq qiymati proporsional ravishda kamayib boradi. Ushbu usulda amortizatsiya aktivning xizmat muddatini uzoq davom etishiga bog‘liqligiga asoslanadi va amortizatsiya me’yorlari doimiy hisoblanadi.

  1. Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib taqsimlash (Rroduction method) yoki ishlab chiqarish usuli. Bu usul ob’ektning foydaliligi ishlatishning butun davrida uning jami ishlab chiqarish tegishli o‘lchov birliklari (natura, qiymat va mehnat o‘lchovlari)da baholanishiga asoslangan. Hisob-kitob qilinayotgan amortizatsiya ekspluatatsiya natijasi bo‘lib, unda hisobot vaqtlari hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmaydi.

Amortizatsiya ajratmalari bilan mahsulot birligi o‘rtasida bog‘liqlik bo‘lib, jamg‘arilayotgan amortizatsiya (accumulated depri-ciation) ortib boradi, aktivning qiymati esa, aksincha, kamayib boradi. Ushbu holda foydalanishning i - yildagi nomoddiy aktiv amortizatsiyasi quyidagi formula bo‘yicha hisoblab chiqiladi:

bunda Dq - nomoddiy aktivlarning dastlabki qiymati; Tq foydalanishning oxirgi n-yildagi tugatish qiymati; Pi - n-yildagi ishlab chiqarish;


P-foydalanishning butun davridagi jami ishlab chiqarish; n - ob’ektning xizmat qilish muddati.
Masalan, sanoat mulk ob’ektlaridan foydalanib (foydalanish uchun huquqiy muhofaza patenti) olingan mahsulotlar birligi shartnoma bo‘yicha kirimga olingan patentning dastlabki qiymatiga nisbatan aniqlanadi.


  1. Download 14,49 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish