Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


DAVR XARAJATLARI BO’YICHA



Download 14,49 Mb.
bet59/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

2.2. DAVR XARAJATLARI BO’YICHA:

2.2.1. Mazkur Nizomning 1.2-bandida sanab o’tilgan boshqaruv xodimlariga tegishli xodimlar mehnatiga haq to’lash xarajatlari.


2.2.2. Qonunchilikka muvofiq yoki xo’jalik yurituvchi sub’yektning o’zining qaroriga ko’ra majburiy ishga chiqilmagan vaqt yoki past haq to’lanadigan ish bajarilganligi uchun haq to’lash.
2.2.3. Mehnat layoqati vaqtincha yo’qotilgan taqdirda qonunchilikda belgilangan amaldagi ish haqigacha bo’lgan ustama.
2.2.4. Asosiy ish joyi bo’yicha ishchilarga, xo’jalik yurituvchi sub’yekt ishchilari va mutaxassislariga ular ishdan ajralgan holda malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimida o’qigan vaqt uchun haq to’lash.
2.2.5. Bolalarni tarbiyalayotgan ayollar ta’tiliga qonunchilikka muvofiq haq to’lash.


*) Izoh. Ushbu ilovaning birinchi qismida (1.1, 1.2, 1.11, 1.12, 1.21, 1.35, 1.36, 1.37, 1.38, 1.40, 1.41, 1.42, 1.47-bandlardan tashqari) nazarda tutilgan xarajatlar smetasi xo’jalik yurituvchi sub’yektning vakolatli boshqaruv organi (qatnashchilar, muassislarning umumiy yig’ilishi, aksiyadorlik jamiyatlarida esa kuzatuvchi kengash) tomonidan tasdiqlanadi. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning ustav jamg’armasidagi davlat ulushi 25 foiz va undan ortiq bo’lgan taqdirda xarajatlar smetasi O’zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo’mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Nizomga
2-ILOVA

O’zR VM 11.03.2009 y. 63-son Qaroriga muvofiq 2-ilova chiqarib tashlangan


USHBU DAVRNING SOLIQ SOLINADIGAN
BAZASIDAN CHIQARILMAYDIGAN, BIROQ
KEYINGI DAVRLARNING SOLIQ SOLINADIGAN
BAZASIDAN CHIQARILADIGAN XARAJATLAR
(VAQTLAR BO’YICHA TAFOVUTLAR)

Xarajatlarning ushbu moddalari xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning moliyaviy hisobotlarida davr xarajatlar sifatida hisobga olinadi. Biroq ular soliq olish maqsadlari uchun ularni soliq solinadigan bazaga kiritish uchun foydaga qaytadan hisobga olinadi, so’ngra esa ushbu xarajatlarning butun foydali muddati davomida yoki 10 yil mobaynida, ushbu muddatlardan qaysi birining (vaqtlar bo’yicha tafovutlarning) qisqa bo’lishiga qarab, keyinchalik chiqarib tashlanadi.


O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qaroriga ikkinchi xatboshi chiqarib tashlangan


Tovar-moddiy zaxiralarni davr xarajatlari sifatida hisobga olinadigan ikkita eng past tannarx: tannarx bo’yicha yoki sof bozor narxi bo’yicha baholash bilan bog’liq bo’lgan maxsus ajratmalar soliq solinadigan bazani hisoblashda foyda tarkibiga qaytadan kiritiladi, biroq tovar-moddiy zaxiralar haqiqatan sotilgandan keyin chegirib tashlanadi.


Ushbu davrning soliq solinadigan bazasidan chiqarilmaydigan, biroq keyingi davrlarning soliq solinadigan bazasidan chiqariladigan xarajatlarga quyidagilar kiradi:


1. Ishonchsiz qarzlar bo’yicha rezervga ajratmalar. (O’zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)


2. Mashina va mexanizmlarning ayrim turlarini yakka tartibda sinab ko’rish hamda barcha turdagi asbob-uskunalar va texnik qurilmalarni, ularning o’rnatilish sifatini tekshirib ko’rish maqsadida (ishlatilayotgan holatda), kompleks sinab ko’rish xarajatlari.


3. Asbob-uskunalarni yetkazib bergan zavodlar yoki ularning topshirig’iga binoan ixtisoslashtirilgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan amalga oshiriladigan shefmontaj xarajatlari.


4. Qurilayotgan xo’jalik yurituvchi sub’yekt direksiyasining, direksiya bo’lmagan taqdirda - texnik nazorat guruhining xarajatlari (ma’muriy xarajatlar), shuningdek xo’jalik yurituvchi yangi sub’yektlar va ob’yektlarni foydalanishga qabul qilib olish bilan bog’liq xarajatlar.


5. YAngi ishga tushirilgan xo’jalik yurituvchi sub’yektlarda ishlash uchun kadrlar tayyorlash xarajatlari.


O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qaroriga 6 bandi chiqarib tashlangan


6. YAngi texnologiyalarni yaratish va qo’llanayotgan texnologiyalarni takomillashtirish bo’yicha, shuningdek ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini o’tkazish, xom ashyo va materiallarning yangi turlarini yaratish, ishlab chiqarishni qayta jihozlash bilan bog’liq bo’lgan mahsulotlar sifatini oshirish bo’yicha xarajatlar.


7. Boshqaruv tizimlari va vositalarini yaratish hamda takomillashtirish bo’yicha xarajatlar.


8. Seriyali va keng ko’lamda chiqariladigan mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish hamda texnologik jarayonlarga tayyorgarlik ko’rish va ularni o’zlashtirish xarajatlari.


9. Qonunchilikka muvofiq ishchi kuchlari qabul qilish bilan bog’liq xarajatlar.


O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qaroriga 10 bandi chiqarib tashlangan


10. Ixtirochilik va ishlab chiqarish tusidagi ratsionalizatorlik, tajriba-sinov ishlari o’tkazish, ixtirolar va ratsionalizatorlik takliflari bo’yicha modellar va namunalar tayyorlash va sinab ko’rish, ixtirochilik va ratsionalizatorlik bo’yicha ko’rgazmalar va ko’riklar, tanlovlar o’tkazish, sertifikatlash hamda boshqa tadbirlarni tashkil etish xarajatlari, mualliflik mukofotlari to’lash hamda boshqa xarajatlar.


O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qaroriga 11 bandi chiqarib tashlangan


11. Qazilmalarni qazib olish sohalaridagi tayyorgarlik ishlari bo’yicha xarajatlar, agar ular kapital xarajatlarga taalluqli bo’lmasa (ya’ni asosiy fondlar sifatida sarmoya bilan ta’minlanmasa).


12. Xo’jalik yurituvchi sub’yektlarni, ishlab chiqarish liniyalarini rivojlantirish (takomillashtirish) xarajatlari.


13. Jadallashtirilgan metod bilan hisoblangan amortizatsiya summasi va belgilangan normalar bo’yicha hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq:


a) asosiy vositalar bo’yicha soliq to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq;
b) nomoddiy aktivlar bo’yicha boshlang’ich qiymatidan va foydali ishlatish muddatidan kelib chiqqan holda xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan hisoblab chiqilgan normalarga muvofiq. (O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band)

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish