Fani bo’yicha O’quv-uslubiy majmua


ISHLAB CHIQARISH TUSIDAGI BOSHQA



Download 14,49 Mb.
bet56/417
Sana08.04.2022
Hajmi14,49 Mb.
#538122
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   417
Bog'liq
2 5303010564346220036

ISHLAB CHIQARISH TUSIDAGI BOSHQA
XARAJATLAR BO’YICHA

1.11. Tabiiy atrof muhitni ifloslantirganlik va chiqindilarni qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha joylashtirganlik uchun kompensatsiya to’lovlari. (O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)


1.12. Tegishli vakolatli organlar qarorlarisiz to’lanadigan, ishlab chiqarishdagi shikastlanishlar tufayli mehnat qilish layoqatini yo’qotishlar bilan bog’liq nafaqalar.
DAVR XARAJATLARI BO’YICHA

O’zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qaroriga muvofiq 1.13-band o’z kuchini yo’qotgan


1.13. Reklama uchun belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar. (O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band)


O’zR Prezidentining 27.12.2005 y. PQ-244-son Qaroriga muvofiq 1.14. band chiqarib tashlangan


1.14. Xizmat yengil transporti va xizmat mikroavtobusini saqlashga sarflanadigan xarajatlar, ularni yollash va ijaraga olish xarajatlari.


O’zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qaroriga muvofiq 1.15-band o’z kuchini yo’qotgan


1.15. Telekommunikatsiyalar xizmatlari, shu jumladan: kanallarni ijaraga berish; ko’chma, yo’ldosh va peyjing aloqa; radiochastota spektridan foydalanish; ma’lumotlarni uzatish tarmoqlari uchun haq to’lash, mahalliy tarmoqlar va Internet bundan mustasno, shuningdek faqat bank xizmatlari ko’rsatishda foydalaniladigan telekommunikatsiyalar xizmati uchun haq to’lash (ko’chma va peyjing aloqadan tashqari). (O’zR VM 28.12.2004 y. 610-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)


O’zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qaroriga muvofiq 1.16-band o’z kuchini yo’qotgan


1.16. SHaharlararo va xalqaro telefon so’zlashuvlar uchun belgilangan normativlardan ortiqcha to’lov.


1.17. YUqori organlar hamda yuridik shaxslar birlashmalari: vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar va boshqalar xarajatlariga ajratmalar.


1.17-1. Boshqaruv xodimlariga tegishli nodavlat pensiya jamg’armalariga ajratmalar. (O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band)
1.18. Boshqaruv xodimlarining xizmat safarlari uchun belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar.
1.19. Qonunchilikda belgilangan normativ va normalardan ortiqcha vakillik xarajatlari.
1.20. Umumiy ovqatlanish korxonalari uchun bepul binolar berish xarajatlari, ularga kommunal xizmatlar ko’rsatish qiymatini to’lash va boshqalar.
1.21. Xodimlarning ixtiyoriy sug’urtasiga va ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan ixtiyoriy sug’urtaning boshqa turlariga qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha xarajatlar, mol-mulkni sug’urta qilish va hayotni uzoq muddatli sug’urta qilish bo’yicha sug’urta mukofotlari xarajatlari bundan mustasno. (O’zR VM 21.05.2007 y. 105-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
1.21-1. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita taalluqli bo’lmagan atrof tabiiy muhitni ifloslantirganlik va unga chiqindilarni joylashtirganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha kompensatsiya to’lovlari. (O’zR VM 25.12.2003 y. 567-son Qarori tahriridagi band)
1.21-2. Davlat mulkini boshqarish bo’yicha investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari, davlat ishonchli boshqaruvchilari va ishonchli boshqaruvchilar mukofotlari va xizmatlar haqi, shuningdek boshqa investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchilari mukofotlari bo’yicha harajatlar. (O’zR VM 02.10.2008 y. 221-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
1.22. Xo’jalik yurituvchi sub’yekt sohasiga to’g’ri kelmaydigan kasblar bo’yicha kadrlar tayyorlash xarajatlari. (O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band)
1.23. Loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek ob’yekt yonidagi omborga tashib keltirilgungacha sodir bo’lgan buzilishlar va deformatsiyalarni bartaraf etish bo’yicha xarajatlar, zanglashdan himoya qilishdagi kamchiliklar oqibatida tekshirib ko’rish (asbob-uskunalarni qismlarga ajratish) bo’yicha xarajatlar va shu kabi boshqa xarajatlar yetkazib berish va ishlarni bajarish shartlarini buzgan yuridik shaxslar hisobiga, ushbu xarajatlarni kamchiliklar, buzilishlar yoki nobudgarchiliklar uchun javobgar yetkazib beruvchi yoki boshqa xo’jalik yurituvchi sub’yektlar hisobiga undirish mumkin bo’lmagan miqdorda, qoplanadi.
1.24. Xo’jalik yurituvchi sub’yekt qatnashchilaridan (mulkdorlaridan) birining tashabbusi bo’yicha amalga oshirilgan auditorlik xizmatlari uchun to’lov.
1.25. O’z xizmat ko’rsatuvchi ishlab chiqarishlari va xo’jaliklariga sarflangan xarajatlardan ko’rilgan zararlar.
1.26. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashishi bilan bog’liq bo’lmagan salomatlikni muhofaza qilish va dam olishni tashkil qilish tadbirlari xarajatlari.
1.27. Mahsulot ishlab chiqarish (shaharlar va shaharchalarni obodonlashtirish, qishloq xo’jaligiga yordam ko’rsatish va boshqa ish turlari) bilan bog’liq bo’lmagan ishlar (xizmatlar)ni bajarishga xo’jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan sarflangan xarajatlar.
1.28. Bayramlar va atoqli sanalar, ijtimoiy faoliyatdagi yutuqlar munosabati bilan xodimlarni rag’batlantirish hisoblanadigan bir martalik mukofotlar. (O’zR Prezidentining 27.12.2005 y. PQ-244-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
1.29. Xodimlarga tovarlar, mahsulotlar va boshqa qimmatbaho buyumlarni bepul berish yoki xodimlar uchun ishlar, xizmatlarni bajarish.
1.30. Xodimlar xarajatlarini to’lash (ovqatlanishga, yo’l haqiga, davolanish va dam olishga, ekskursiyalarga, sayohatlarga yo’llanmalarga, sport seksiyalarida, to’garaklarda, klublarda mashg’ulotlarga, madaniy-ko’ngilochar tomoshalarga, jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga, obunaga va xodimlarning shaxsiy iste’mol tovarlariga va boshqa shu kabilarga to’lovlar).
1.31. Pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga biryo’la to’lanadigan nafaqalar.
1.32. Xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam, xodimning jarohatlanishi yoki boshqa tarzda sog’lig’iga shikast yetkazilishi va xodim oila a’zolarining vafoti munosabati bilan beriladigan moddiy yordamdan tashqari. (O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band)

O’zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qaroriga muvofiq 1.33-band o’z kuchini yo’qotgan


1.33. Sog’liqni saqlash ob’yektlari, qariyalar va nogironlar uylari, bolalar maktabgacha tarbiya muassasalari, sog’lomlashtirish lagerlari, madaniyat va sport ob’yektlari, xalq ta’limi muassasalari, shuningdek uy-joy fondi ob’yektlari ta’minotiga (shu jumladan barcha turdagi ta’mirlashlarni o’tkazish uchun amortizatsiya ajratmalari va xarajatlarni ham qo’shgan holda) joylardagi davlat hokimiyati organlari tomonidan belgilangan normativlardan ortiqcha xarajatlar.


1.34. Ekologiya, sog’lomlashtirish va boshqa xayriya jamg’armalariga (agar ular yuridik shaxslar sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan bo’lsa), madaniyat, xalq ta’limi, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, jismoniy tarbiya va sport korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga badallar.


1.35. Ishlab chiqarish jarayoniga bevosita tegishli bo’lmagan moddiy boyliklarning tabiiy kamayish normalaridan ortiqcha nobudgarchiligi va kamomadi.
1.36. Sud xarajatlari.

O’zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qaroriga muvofiq 1.37-band o’z kuchini yo’qotgan


1.37. To’lanishi shubhali qarzlar bo’yicha zaxiraga ajratmalar.


1.38. Aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklardan yoki aybdor tomon hisobidan zarur summani undirish mumkin bo’lmagan hollarda ko’rilgan zararlar.


1.39. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning asosiy vositalari va boshqa mol-mulki (aktivlari)ning chiqib ketishi (balansdan chiqarilishi)dan ko’rilgan zararlar, xo’jalik yurituvchi sub’yekt tomonidan uch yildan ortiq ishlatilgan asosiy vositalarni sotishdan ko’rilgan zarardan tashqari. (O’zR VM 15.10.2003 y. 444-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)
1.40. Xo’jalik shartnomalari shartlarining, shu jumladan mahsulot yetkazib beruvchilar va debitorlar aybi bilan buzilganligi uchun belgilangan yoki e’tirof etilgan jarimalar, penyalar, neustoykalar va boshqa xil sanksiyalar, shuningdek, yetkazilgan zararlarni to’lash bo’yicha xarajatlar.
1.41. Soliq haqidagi qonunlarni va boshqa qonunlarni buzganlik uchun jarima va penyalar.
1.42. To’langan boshqa jarimalar.
1.43. Xo’jalik yurituvchi sub’yektning "Davr xarajatlari" bo’limining 2.3.22-bandida ko’rsatilgan boshqa operatsiya xarajatlari. (O’zR Prezidentining 18.12.2006 y. PQ-532-son Qarori tahriridagi band), (Oldingi tahririga qarang)

Download 14,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   417




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish