Talim-tarbiya va ilm-fanga hissa qo‘shgan Temuriylar:
Amir Temur
Zahiriddin Muhammad Bobur
Xumoyun Mirzo
Hindol Mirzo
Mirzo Ulug‘bek
Sulton Husayn Boyqaro
Komron Mirzo
Gulbandabegim
Bir so‘z bilan aytganda 14 asrning ikkinchi yarmidan 17 asrgacha bo‘lgan davr Movarounnahrda ijtimoiy,iqtisodiy, ma'naviy yuksalish davri bo‘ldi.Markazlashgan davlatning asoschisi Amir Temur o‘z imperiyasini tuzib,uning iqtisodiy va madaniy qudratini yuksaklikka ko‘tardi.Uni Ovrupa va Sharqda eng qudratli davlatga aylantirishga erishdi.Amir Temurning Ko‘ragon-Xon kuyovi,Qutbiddin-Zamona peshvosi, Abul Mansur - Zafarmand,g‘alaba qozonuvchi,Sohibqiron -Yulduz,baxtli burjlarida tug‘ilgan kabi unvonlar bo‘lgan.Buyuk saltanat sohibi Amir Temur ''Kuch - Adolatdadir'' degan shiorga amal qilib, davlatni boshqargan.Amir Temur tamg‘asining naqshi ''Rosti -Rusti''(''To‘g‘ri bo‘lsang qutulasan'')yoki ''Haqgo‘y bo‘lsang najot topasan'' degan ma'noni bildiradi.Mirzo Ulug‘bek Movarounnahrda,butun O‘rta Osiyoda madaniy rivojlanish,dunyoviy ilmlara qiziqish kuchaygan davrda yashab ijod qilgan.O‘rta Osiyo xalqi ilm-fani va madaniyatini jahon miqyosiga olib chiqqan ulug‘ siymolardandir.
Amir Temur Ko‘ragon ibn Amir Tarag‘ay 1336-yilning 9-aprelida o‘sha paytta Kesh(Shahrisabz)ga qarashli Xo‘jailg‘or qishlog‘ida tavallud topgan.Temur bilim olishni 7 yoshidan boshlagan.Amir Temur Saltanati poytaxti Samarqand atrofida Bo‘stonsaroylar barpo etadi.Jome' masjidi, maqbaralar, me'moriy yodgorliklar qurdiradi.Bu ishlarga Amirning o‘zi eams uning atrofidagi yaqinlari ham turli madrasalar qurdishirga bosh-qosh bo‘ladilar.
Amir Temurning Amirlaridan Idigu Temur,mavlono Qutbiddin,umr yo‘ldoshi Saroymulkxonim,nabirasi Muhammad Sultonlar ham madrasalar qurdiradilar.Madrasalar ma'lum darajada ixtisoslashgan edi.Masalan, kadrlar tayyorlash Muhammad Sulton madrasasida,diniy muassasalar uchun kadrlar tayyorlash mavlono Qutbiddin sadr madrasasida,umumiy mutaxassislar ya'ni,ziyoli, imom, olim, maktab o‘qituvchisi tayyorlashga Idigu Temur, Saroymulkxonim madrasalari ixtisoslashgan.Lekin ularning hammasida Qur'on, hadis, fiqh o‘rganilgan.Shuningdek,madrasalarning ixtisosligiga ko‘ra, umumi aqliya,umumi aksariya,umumi ma'muriyalar ham o‘rgatilgani haqida ma'lumotlar bor.
Madrasalarda darslar arab, fors, turkiy(o‘zbek) tillarida olib boriladi.Arab tili garmmatikasini o‘rgatishga ko‘proq vaqt ajratilgan.Shuning uchun Sa'diy Sheroziyning ''Guliston'', ''Bo‘ston'', Farididdin Attorning ''Mantiq ut-tayr'' va boshqalar ham o‘qitilgan.Har bir madrasaning vaqfnomasida tolibi ilmlar,mudarrislar va boshqa xodimlarni qabul qilish, o‘quv ishlarini yuritish belgilangan.
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi.Tibbiyot,tarix,adabiyot va shular bilan barobar diniy bilimlarning ham ravnaq topishiga ham katta e'tibor berildi.Oliy maktab-madrasalar ham qurildi.Buxoro, Samarqand va G‘ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi.Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar haligacha ko‘zga yaqqol tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |