Mavzu:14-16 asrlarda Movarounnahrda ta'lim tarbiya va pedagogik fikrlar.
Fan:Umumiy Pegagogika
O‘qituvchi:Xalloqova M
01
02
03
Reja:
14-16 asrlarda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Ilm fan,ta'lim-tarbiyaning ravnaq topa borishi.
14-16 asrlarda maktab va madrasalar faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi.Tabiiy fanlarning rivojlanishi.
Tarixdan bizga ma'lumki, Movarounnahrda qariyb bir yarim asr davomida Movarounnahr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan madaniyat,ma'rifatga juda katta putur yetkazildi.Xonavayron bo‘lgan Movarounnahr xalqi 14 asrning boshlariga kelib Mo‘g‘ul ustilochilari zulmidan qutula boshladi.Movarounnahrda kuchli davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi.Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Mahmud Torobiy boshchiligida qo‘zgaldi.Samarqand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘olonlari ro‘y berdi.Natijada uzoq muddat Sarbadorlarhokimiyatni ham boshqarib turdilar.
Enter title
14 asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyda mayda feodal hokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi,iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat'iyatsizlik avj oldi.Hokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamalakat 10 ta mustaqil mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketti.Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi.Mamalakat urush va talon-taroj insanjasida qoldiShunday og‘irbir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini Amir Temur o‘z zimmasiga oldi va qariyb 10 yil davom etgan urushlardan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan xalos etdi.
Shunday qilib,14 asrning ikkinchi yarmida Movarounnahrning feodal tarqoqligiga barham berildi,mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi.14asrning oxiri 15asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi.Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movarounnahrda yana fan va madaniyat, maorif qaytadan rivoj topa boshladi.Shuning uchun ham tarixda 14asrning ikkinchi yarmi va 15 asr O‘rta Osiyoda sharq uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas.
ENTER PHOTO HERE
Shu jihatlarni ko‘zda tutib, tadqiqotchilar bu davrlarni diyorimizning oltin asri,ikkinchi Renessans-Sharq uyg‘onish davri deb nomlaydilar.14 asrning ikkinchi yarmidan 16asrning boshlarigacha bo‘lgan uyg‘onish davri-madaniy yuksalish birinchi navbatda Amir Temur faoliyati va nomi bilan uzviy bog‘liq bo‘lsa,ikkinchi tomondan bu sohada farzandlari, avlodlari ham katta o‘rin tutgandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |