“Oila va MTT hamkorligi” fanining vazifalari
1.Makabgacha ta’lim tashkilotlarini ma’naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayonning mohiyatini yaxshilash. 2. Bolani har tomonlama kamol toptirish qonuniyatlarini aniqlash. 3. Ijtimoiy taraqqiyot darajasidan kelib chiqqan holda, rivojlangan xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimi tajribasini o‘rganish asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti va oila hamkorligini takomillashtirish. 4. Ta’lim tashkilotlari hamda, ularda faoliyat olib borayotgan pedagoglarning kasbiy kompetensiyasini oshirish. 5. Iig‘or pedagogik tajribalarni umumlashtirish va amaliyotga joriy etish. 6. Pedagoglarni pedagogik bilimlar bilan birgalikda ota-onalar bilan hamkorlikda olib boradigan pedagogik va psixologik bilimlar hamda ta’lim-tarbiya usullari bilan qurollantirish. 7. Ta’lim-tarbiya birligi hamda ijtimoiy tarbiya yo‘nalishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ta’minlashning pedagogik shart-sharoitlarini o‘rganish. 8. Oila va MTT hamkorligini ta’minlashning samarali texnologiyalarini yaratish. 9. Oila tarbiyasini muvaffaqiyatli tashkil etish yuzasidan ota-onalar uchun ilmiy-metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Pedagogning vazifasi:
Bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarni ochish va ularni rivojlantirishga yordam berish, bolaning ijodiy faoliyatini shakllantirish va rivojlantirishga e’tibor berish.
Ijodiy—rivojlantiruvchi muhitni to‘g’ri tashkil etish - bola shaxsining har tomonlama yetuk bo‘lishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, bolalarda mustaqil, maqsadga intiluvchan, ishni to‘g’ri rejalashtira olish qobiliyatini takomillashtiradi. Bunday vaziyat bolani to‘g’ri anglab harakat qilishga o‘rgatadi. Tarbiyachilar bolalarning o‘ziga xos individual bo‘lishlarini hurmat qilishi lozim. Bolani majburlamasdan, erkin faoliyat yuritishi uchun imkoniyat yaratib berish zarur. Eng asosiysi hamma narsa bola uchun qiziqarli bo‘lishi lozim.
Oilaning vazifasi:
Bolalarning tarbiyasi bilan shug‘ullanish, bolalarning baxtli farovon hayotini ta’minlash, bolaning qiziqishlarini inobatga olgan holda ta’lim-tarbiya olishiga imkon yaratish, pedagogik bilim va madaniyatlarni egallash, bolaning saodatli va bilimlai bo‘lishini ta’minlash, bolalar bilan birga kitob o‘qish, maktabgacha ta’lim tashkilotlari bo‘ylab sayohat, mashg‘ulotlarning o‘tkazilishini kuzatish, rejim lahzalari, bolalar faoliyatining har xil turlari va keyinchalik ko‘rganlarini muhokama qilish, taassurot almashishni o‘z ichiga oladi. Oilada bolaning rivojlanishi uchun xavfsiz, pedagogik savodli va psixologik qulay muhit yaratish, kundalik tartibni tashkil qilish, sog‘liqni saqlash tartib-qoidalarini o‘zlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |