1
2
4
3
Bolalar adabiyoti fanining vazifalari talabalarni milliy bolalar adabiyoti namunalari bilan tanishtirish, u dastavval, ijtimoiy voqelik, xalq og‘zaki ijodining boy an’analariga ega milliy o‘zbek adabiyoti va jahon adabiyoti tajribalarini o‘zlashtirish orqali yuzaga kelganini asoslash, nihoyat, bu adabiyotning takomili, tadriji, taraqqiyot xususiyatlarini mavjud ijod namunalari misolida ko‘rsatib berishdan iborat.
“Bolalar adabiyoti,– deb yozgan edi N.Fozilov,– nozik adabiyot. Bolalar adabiyoti biz bilgan kattalar adabiyotining boshi... Bolalar yozuvchilari o‘z asarlari bilan katta adabiyotga boshlovchi darg‘alar. Bu adabiyot – hurmattalab adabiyot, e’zoztalab adabiyot. Chunki, bolalar uchun yozilayotgan har bir asarda o`zing bolaga aylanmasang, u jonsiz tana bo`lib qoladi. Bolaning ko‘ngli ham shunday. Uni sindirib bo‘lmaydi. Unga hamisha e’tibor darkor. Shundagina uning ko‘ngli to‘lib o‘sadi. U – mehrtalab. Shundagina u muhabbatingiz mevasiga aylanadi, izingizni bosadi”.
Bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari
A.S.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning muhimligida, deb ko‘rsatgan edi.
Q.Muhammadiyning bolalarbop qilib yozilgan “Qo‘ng‘izoy bilan Sichqonboy” she’riy adabiy ertagi bu fikrga asos bo‘la oladi. Bu asar 1940-yilda yozilgan bo‘lib, dastlab “Mushtum” jurnalida “Qo‘ng‘iz bikach bilan Sichqonboy” nomi ostida bosilib chiqqan. Asar uchun tanlangan voqelik, muammo, g‘oya kattalar hayotiga to‘g‘ri kelsa-da, ammo u allegorik obrazlar vositasida tasvirlangani bolalarbop mohiyat kasb etgan.
Bolalar adabiyoti tarbiya vositasi sifatida bolalarga bilim beradi. Bolalar adabiyoti tarbiya vositasi sifatida bolalarga bilim beradi.
Insonshunoslik adabiyotning bosh masalasi ekan, bolalar adabiyoti ham shu makon va zamondan ayri rivojlanmaydi.
Bolalar adabiyotidagi pedagogik talablar uning so‘z san’ati sifatidagi badiiy ijod o‘zanlariga band soldi. Faqat o‘tgan asrning so‘nggi choragi, aniqrog‘i, 80-yillardan boshlab bolalar adabiyoti yakranglikdan qutula boshladi.
Mustaqillik yillaridagina bolalar adabiyoti mavzu va qahramon, shakl va mazmun, janrlar xilma-xilligi jihatidan sezilarli darajada o‘zgardi.
Bolalar adabiyoti tabiat va jamiyatdagi barcha mavzularda ijod etish jihatdan umumadabiyotga yaqin, “qanday qilib yozish muhim”ligi esa uning o‘ziga xos jihatidir.
G‘afur G‘ulomning “Shum bola” asari o`tgan asrning 30-yillarida yozilgan bo`lsa ham u haqda “Qilichning damida yurib yaratilgan san’at mo‘jizasidir” (A.Rasulov) deyilishida istiqlol mafkurasining ta’siri yaqqol seziladi. Zero, yaratilgan chinakam badiiy asarlar zamonlar osha navqiron avlodlarga ham yangicha estetik zavq bilan xizmat qilaveradiki, bunday asarlar yosh kitobxonni aslo befarq qoldirmaydi.
Bolalar adabiyotining ikki yo‘nalishli adabiyot ekanligi hodisaning muhim xususiyatlaridan. Chindan-da, u bolalar va o‘smirlarga mo‘ljallangani uchun, avvalo shularning adabiyoti, ayni paytda san’at asari bo‘lgani bois kattalarning ham diqqatini tortishi tabiiy.
Adabiy ertak yozish an’anasini boshlab bergan va uni cho‘qqiga ko‘targan X.K.Andersen shuni nazarda tutib yozgan edi: “Men nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun yozayotganimni har doim esda tutaman. Bolalarni ertaklarning fabulasi ko‘proq qiziqtirsa, kattalarni ularga singdirilgan g‘oya qiziqtiradi”
Bolalar adabiyotining 2 yo`nalishi
Sharl Perroning mashhur “Qizil shapkacha” ertagi har qancha sodda va quvnoq sujet asosida qurilgan bo‘lmasin, ham bolalarni, ham kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan “Qizil shapkacha”li go‘zallarni (qizil shapkacha – go‘zallik ramzi, unda fransuz qizlarining umumlashma obrazlari ko‘zda tutilgan) fransuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan (Bo‘ri qiyofasida fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko‘zda tutilgan) ogohlantirishdan iborat g‘oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina ilg‘ashlari mumkin.
“Yengil adabiyot” darsligida keltirilgan “To‘g‘ri so‘zli bola” she’ri rostgo‘y bolaning ibrati ifodasi tarzida taassurot qoldiradi. Ammo, “Meni – deb yozadi adabiyotshunos A.Rasulov, – she’rdagi o‘zga masala jalb etdi. Bolaning yo‘lini to‘sgan, qaddi qomati kelishgan, tasavvurimcha, bashang kiyingan ikki kishi kim edi? Nega ular pul berib yolg‘on sotib olmoqchi bo‘ldilar?
Tasavvurga boy obraz va teran tasvirli psixologik, falsafiy-ma’rifiy jihatdan o`tkir sujetli asarlar hamda badiiy yuksak ijod namunalari yosh kitobxon ma’naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. Masalan, M.A’zamning inson va zamin muammolariga bag‘ishlangan mushohadakor she’rlarini yosh kitobxon diqqat bilan o‘qiydi. Jumladan, uning “Yodgоr хоlаning vаhimаsi” shе’ri yumоristik tаbiаti bilаn o‘quvchigа zаvq bаg‘ishlаy olgan. Shоir, хаlq tilidаn fоydаlаngаni holda vоqеlikni sujеt tizimigа bog`laydi.
1
- Shaxs pedagogik jarayonning obyekti emas, subyekti sifatida aks etadi
- Shaxs - qandaydir tashqi maqsadlarga erishish vositasi emas, ta`lim tizimi maqsadi
2
- Har bir o‘quvchi qobiliyatli, ko‘plab o'quvchilar iqtidorli
3
- Shaxsning muhim sifatlari sifatida yuksak axloqiy qadriyatlar (yaxshilik, sevgi, mehnatsevarlik, vijdon, qadr-qimmat, fuqarolik va boshqalar) aks etadi.
I. Talim rnaqsadi, o‘quv-tarbiya jarayonining shaxsga yo‘naltirilganligi sifatidagi shaxsga yangicha qarash
A.Obidjonning “Dahshatli Meshpolvon” ertak qissasidagi Meshpolvon portreti tasviri (“...ikki lunji nog‘ora, beti oftobday zog‘ora, betida eshak tepkisidan naqshlangan chandiq, qorni qirq pudlik sandiq, burni mushuknikidek puchuq, yelkasi baayni hurpaygan chumchuq, bo‘yni oldinga enkaygan, quloqlari dinkaygan, oyoq bosishi ilang-bilang, boshi Yozyovon cho‘lidek yap-yalang, ko‘rinishidan kamgap-u anqov, aslida mahmadana-yu mijg‘ov, ko‘zlari boyqushnikiday ola... Xullas rosayam qiziq bola”)
O`zbek bolalar adabiyotining mustaqillik arafasi va istiqlol yillarida yaratilgan ko`pgina asarlar ikki yo`nalishli adabiyot ekanligi bilan diqqatga sazovor.
Boalar adabiyotida voqelikning o`ziga xos tasviri
Do'stlaringiz bilan baham: |