4.Tilning aniqligi, tushunarliligi va serqirraligi.
Kichkintoylar asarlarining tili grammatik jihatdan umumadabiyotga mushtarak bo‘lgani holda, bolalarcha tafakkur qilishning ifodaviy vositasi ham. Bunda bolalar adiblarining tilshunoslik mahorati muhim rol o‘ynaydi. Negaki, bolalar kitobxonligida asar til xususiyatlari muhim rol o‘ynaydi.
1940-80-yillar bolalar adabiyotida ham ijtimoiylashuv yetakchilik qilgan esa-da, kichkintoylarning til xususiyatlariga qisman e’tibor berilgan. Aytaylik, Sh.Sa’dullaning “Yil fasllari” she’ridagi: Milt etib chiqdi quyosh,
Dedi: - Do‘stlar, qish odosh,–
Yoki, shoirning:
Dala-dashtda tindi ish,
Keldi mehmon bo‘lib qish.
(Qish emas, u – qorbobo,
Sovg‘alari bor bobo.) –
E.Vohidovning bolalar uchun yozgan “Olma” she’ri shunday so‘z jilolanishiga ega:
Men sizlarning Olmangiz.
Xomligimda Olmangiz.
Nortojiga o‘xshab so‘ng
Voy qornim, deb Qolmangiz.
Bolalar kitobxonligi
2 yoshdan 6-7-yoshgacha – maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalar kitobxonligi;
7-yoshdan 11-12 yoshgacha – kichik maktab yoshdagi bolalar kitobxonligi;
12-13 yoshdan 16-17 yoshgacha – o‘smirlar kitobxonligini tashkil qiladi
Maktabgacha yoshdagi bolalar kitobxonligi
L.N.Tolstoyning quyidagi san’atkorona bahosi bilan yaqqol oydinlashadi: “Axir men hozir nimalarda yashayotganimni o‘shanda kashf qilmaganmidim? – deya xotirlagandi u yetmish yillik umriga sarhisob qila turib. –Shuncha ko‘p, shuncha tez kashf etgan narsalarimning yuzdan birini ham, qolgan butun umrim davomida kashf eta oldimmi? Aslo! Besh yashar boladan mengacha – faqat bir qadam, yangi tug‘ilgan chaqaloqdan besh yashar bolagacha – dahshatli masofa!”
Korney Chukovskiyning mashhur “Ikkidan beshgacha” asarida ham aynan shu yoshdagi bolalarning o`ziga xos olami tadqiq etilgani bejiz emas. Muallif insondagi ko`pgina fazilat va qirralar, qobiliyat va qiziqishlar, tasavvur va tushuncha aynan 2-5 yoshlik davrida to‘la namoyon bo‘lishini qator misollar tahlili orqali isbotlaydi.
Ulug‘ mutafakkir Ibn Sino bundan ming yillar avval yozgan “Axloq haqida risola”sida shunday yozadi: “Tarbiyani bolaning eng yosh paytidan boshlash kerak, zero unga yaxshi xulq odat bo‘lib qolsin”. Bu kabi fikrlar Unsurulmaoliy Kaykovus, Shayx Sa’diy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi mumtoz so‘z san’atkorlarining didaktik asarlariga ham singdirilgan.
Abdulla Avloniy o‘zining pedagogik risolasida tarbiyaning zamoni haqida mulohaza yuritib, shunday yozadi: “Emdi ochiq ma’lum bo‘ldiki, tarbiyani tug‘ulgan kundan boshlamak, vujudimizni quvvatlandurmak, fikrimizni nurlandurmak, axloqimizni go‘zallandurmak, zehnimizni ravshanlandurmak lozim ekan…”
Kichkintoylarda 2-3 yoshidan boshlab so‘z o‘rganish, so‘zni anglash va aytish ehtiyoji jiddiy tus oladi. Ular 3 yoshda 1200-1500 so‘z bilsa, 4-5 yoshda 2500 tacha so‘zni o‘z nutqida faol qo`llaydi.
Bola hech qanaqa grammatik qoidadan xabarsiz holda so‘zlarni mantiqan to‘g‘ri aloqaga kiritib, o‘z fikri va istagini bildira oladi, hatto o‘zicha so‘z yasab, uni ifodalagan bo‘ladi, shu tariqa o‘z lug‘atini aks ettiruvchi tili yuzaga keladi.
Bolalar adiblari kitobxonlikning bu davriga alohida e’tibor qaratmog`i, ularning til va nutq boyliklari, quvnoqlikka moyil tabiatini inobatga olishi g‘oyat zarur. Rost, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o‘zi qiziqqan ertak yoki she’rni, hikoyani tanlash imkoniyatiga ega emas. Ammo tanlab eshita oladi. Zukko ota-onalar, maktabgacha ta’lim muassasalarining pedagoglari kichkintoy ko‘zidagi hayrat, quvonch yoki o‘ychanlikni ilg‘ay biladi. Aytaylik, Z.Diyorning “Kapalak”, “To‘p”, “Suv bilan suhbat”, Sh.Sa’dullaning o‘yinchoqlar tilidan aytiluvchi “Ayiq”, “Buzoq”, “Toychoq”, “Uloqcham” she’rlari shu ma’noda kichkintoylar tilidan tushmay keladi.
Shunga o`xshash S.Barnoyevning “Feruza aytgan qo‘shiq” she’ri zamondosh kichkintoylar kuylab kelayotgan qo‘shiq hisoblanadi:
Quyosh bo‘lsin, oy bo‘lsin,
O‘zbekiston boy bo‘lsin.
Menga atlas, ukamga
Gijinglagan toy bo‘lsin.
Dadam yuzga kirsinlar,
Oyim yuzga kirsinlar,
Bizlar yuzga kirganda
Yonimizda yursinlar.
Kichik tadqiqot ish: Bolalar adabiyotini FSMU asosida tadqiq eting
F (Bolalar kitobxonligi haqida 1 ta fikr ayting)
| |
S (Aytgan fikringizga sabab ko`rsating)
| |
M (Misol, dalil keltiring)
| |
U (Umumlashtiring, ya`ni yuqoridagi fikrlar asosida qoida chiqaring)
| |
Kichik maktab yoshidagi bolalar kitobxonligi
“Bolalarga o‘zlari sezgan va o‘ylaganlarini gapirib berish g‘oyat qiyin, chunki ularni so‘zda ifodalashga to‘g‘ri keladi”, – deb yozgan edi Yanush Korchak taxallusi bilan butun dunyoga tanilgan polyak adibi Genrika Goldshmit. – Bundan ham og‘irrog‘i esa yozish. …lekin bolalar shoir va faylasufdirlar.”
Anglashilishicha, adiba o‘zining pedagogik tajribasi, bolalar shifokori sifatidagi bilimi, betakror yozuvchilik iqtidori orqali bolalik dunyosining ko‘pgina sir-asrorlarini ilg‘ay olgan; xususan, bola qalbining erkinligi qushga, kapalakka va gulga qiyoslanishini, hamchunin ular o‘zlariga jonivorlar, hasharot-u hayvonlarni aka-uka, yoxud, tengqur do‘stdek tutishini ta’kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |