1.
Inflyatsiya tushunchasi, ko’rsatkichlari va o’lchanishi
Inflyatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo’rtish, taranglashish) – ma’lum davr
mobaynida mamlakatda narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining barqaror o’sishi,
pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflyatsiya bozor
iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati
qanchalik yuqori bo’lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo’ladi.
Ayniqsa bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o’tayotgan
mamlakatlarda inflyatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr
narxlarning erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib
ketishi bilan bog’liq.
Ammo inflyatsiya davrida barcha tovarlarning narxlari ham oshavermaydi:
ayrimlariniki barqaror bo’lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflyatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865 yillardagi
Fuqarolar urushi davrida qo’llanildi. Inflyatsiyaning atamasi muomaladagi qog’oz
pul massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko’payib ketishi
holatini izohlangan. . Ammo inflyatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va
uning sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflyatsiya pul muomalasi
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini,
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi.
Keynschlar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to’liq
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo’lishida deb bilishadi. Shu sababli
6
Chuqurroq muhokama uchun, qarang Janet Yellen, “Efficiency Wage Models ofUnemployment,”
American
Economic Review Papers and Proceedings
(May 1984): 200–205; and LawrenceKatz, “Efficiency Wages: A Partial
Evaluation,”
NBER Macroeconomics Annual
(1986): 235–276.
ular ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo’lsa byudjet
taqchilligi va qo’shimcha pul chiqarish yo’li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha
aytganda yalpi talabni ko’paytirish inflyatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi.
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflyatsiyaning manbai ishlab chiqarishning
haddan ziyod o’sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko’payishida deb bilishadi.
Demak keynschilar inflyatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif
tomonidan yondoshishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan
sekinroq o’ssa, yoki yalpi talab ko’paygani holda o’zgarmasdan tursa, bu
nomutanosiblik narxlar darajasining ko’tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul
birligining xarid qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo’shimcha pul
massasiga ehtiyoji paydo bo’ladi.
Inflyatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab
chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Narxlarning
o’sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflyatsiya namoyon
bo’lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular:
1)
valyuta kururslarining o’zgarishi;
2)
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi
tomon o’zgarishi;
3)
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati narxsining o’sishi.
Inflyatsiya narx indekslari - deflyator va iste’mol narxlar indeksi yordamida
aniqlanadi.
Narxlar o’rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o’zgarishi inflyatsiya darajasi
(narxlarning o’sish sur’ati) deb ataladi. Makroiqtisodiy modellarda inflyatsiya
darajasi quyidagicha ifodalanishi mumkin:
P
−
P
π
=
t
t
−
1
100%
P
t
−
1
yoki
Δ
P
p
=
P
t
−
1
100%
yoki
P
π
=
t
−
1
100%
P
t
−
1
bunda:
– yillik inflyatsiya sur’ati;
Rt - joriy yilning narxlar indeksi;
Pt-1 - o’tgan yilning narxlar indeksi.
Inflyatsiyani miqdoran o’lchash uchun makroiqtisodiyotda «70-miqdor
qoidasi» deb atalgan usuldan ham foydalaniladi. Bu usul narxlarning barqaror
o’sishi sharoitida inflyatsiya darajasi necha yilda ikki baravarga oshishini aniqlash
imkonini beradi. Buning uchun 70 ni yillik inflyatsiya darajasiga bo’lish kifoya:
Narxlar ikki martaga
70
oshishi uchun zarur
= ----------------------
yillar soni
Misol uchun, yillik inflyatsiya darajasi 7 % ga teng bo’lsa, taxminan 10 yilda
narxlar ikki martaga oshadi, ya’ni, (70:7 = 10).
Real YaIM va jamg’armaning necha yildan so’ng ikki marta oshishini
hisoblash zarur bo’lgan hollarda ham «70-miqdor qoidasidan» foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |