tolalar ikkita guruhga bo’linadi: sintetik va sun’iy tolalar. Sun’iy
tolalar
kimyoviy usul bilan tabiiy polimer moddalardan olinadi (tsellyuloza, oqsil
moddalar). Sintetik tolalar esa oddiy moddalarni (monomerlarni) sintez qilib
olinadi.
Kimyoviy tolalarning ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat.
1. Tabiiy polimer xom ashyolarga dastlabki ishlov berish yoki monomer-
larni sintezlash. 2. Eritma tayyorlash. 3. Iplarni shakllantirish. 4. Iplarni
pardozlash. 5. To’qimachilik ishlov berish (cho’zish, eshish, g’altaklarda
o’rash va h.k.).
YMB. TOLALAR. PLASTMASSALAR.
Shisha tola va metall iplar. Shisha tolalar olish uchun tsilikat shisha parchalari
elektr pechlarda 1370 °S da suyuqlantiriladi. Tez
aylanib turadigan baraban
filerdan chiqayotgan suyuq shisha oqimlarini ilashtirib ketadi va 30 m/sek tezlikda
cho`zadi. Shisha iplar pishiq, egiluvchan, yorug`likni yaxshi o`tkazadi, yorug`lik
va olov ta'siriga yaxshi chidaydi, elektr issiqlik tovushni izolyatsiyalash xossalari
yuqori. Bunday tolalar ximiyaviy turg`un bo`lib, faqat ftorit kislotada eriydi.
Tolalarning gigroskopligi past - 0,2%. Shisha tolalarni bo`yash uchun suyuq shisha
massasiga xrom, kobalt,
marganets, temir, oltin va boshqa birikmalar qo`shiladi.
Shisha tolalar texnik maqsadlarda bezak gazlamalar olish uchun ishlatiladi.
Metall iplar misdan yoki mis qotishmalaridan qilingan simni asta-sekin
cho`zish yoki yassi alyuminiy lenta (folga)ni qirqish yo`li bilan olinadi. Metall
iplarning asosiy xillari: voloka- dumaloq raetall; plyushchenko - pilta
ko`rinishidagi yassi ip; kanitel - spiralsimon voloka yoki plyushchenka; mishura -
voloka
yoki
plyushchenkadan
burab
tayyorlangan
ip;
pryadevo
-
plyushchenko_qo'shib
ishlatilgan paxta yoki ipak ip; alyuminiy (lyureks) -
kumushrang yoki turli rangdagiyelim qoplangan yassi aiyuminiy ip. Metall iplar
pogonlar, daraja nishonlari, zarxal buyumlar tayyorlash, yaltiroq gazlamalar -
parcha to`qish, shuningdek gazlamalarni bezash uchun ishlatiladi.
Poliamid tolalar tsilindr shaklida bo`lib, ularda
mikroskop ostida
ko`rinadigan kovak va darzlar bor; ko`ndalang kesimi dumaloq yoki 3 yoqli
(profillangan) bo`lishi mumkin. Poliamid tolalarga xos
xossadoryengilqayishqoq,uzilishga pishiqligi yuqori, ishqalanish va egilishga
chidamli, ximiyaviy turg`un,sovuqqa, mikroorganizmlar ta'siriga chidamli,
mog`orlarunaydi. Uzilishgapishiqligi jihatidan kapron po`latdan 2,5 barobar
ustun
turadi. Kapron tolalar faqat
kontsetratsiyalangan kislotalar va fenolda eriydi. Ular yashi! alanga berib
yonadi,shunda tolalarning uchi qo`ng`ir rangda dumaloqlanadi. Gigroskopligining
pastligi va issiqqa uncha chidamasligi kapron tolalarning kamchiligidir. Anid va
enantning xossalari kapron xossalariga o`xshaydi
.
ATSETAT TOLA: Atsetat tola olishda xom ashyo sifatida paxta chiqindilari
ishlatiladi. Paxta chiqindilari muzlatilgan sirka kislota muhitida atsetat angidrid
bilan ishlanadi. Atsetat tolaning tuzilishi viskoza tiizilishiga o`xshaydi, lekin unda
chuqurroq yo`llar bo`ladi. Atsetat tolalarining ximiyaviy tarkibi ximiyaviy
bog`langan tsellyulozadan iborat, shuning uchun ularning xossalari viskoza
va mis-
ammiak tolalarining xossalaridan farq qiladi.
Normal atsetat tolaning pishiqligi viskoza tolaning pishiqligidan bir oz pas-troq.
Uzilishdagi uzayishi 22-30%yetadi. Tolalar sariq alanga chiqarib sekin yonadi.
TRIATSETAT TOLA. Triatsetal tola butunlay atsetillangan tsellyulozadan ishlab
chiqarish bilan atsetat toladan farq qiladi. Juda qayishqoqligi pishiqligi (ph = 11-12
kN/teks), atsetonga chidamliligi bilan toladan ustun turadi. Triatsetat va atsetat
tolalar gazlamalar va trikotajlar buyumlar tayyorlashda keng ishlatiladi.
Polinoz tola. Polinoz tola viskoza shtapel tolaning bir xili bo`lib, xossalari
jihatidan uzun tolali paxta tolalarining xossalariga yaqin turadi. Polinoz tolalar
ishlab chiqarish jarayoni oddiy viskoza tolalar olish jarayoniga o`xshaydi. Polinoz
tolalarning asosiy ko`rsatkichlari: chiziqii zichligi 0,166 - 0,126 teks,
uzilishdagi
uzayishi 12 - 14%, ho'l holatda pishiqligini yo`qotish 20 - 25%.
Polinoz tolalar qimmatli xossalari ularni uzun tolali, a'lo navli paxta o`rniga
ishlatishga va viskoza tolalardan tayyorlanadigan buyumlar ishlab chiqarishga
imkon beradi.
Kuylak va plashlik gazlamalar, mayin trikotaj polotnolar, g`altak iplar ishlab
chiqarishda polinoz tolalardan sof holda ham, paxta bilan aralashtirib ham
foydalanish mumkin.
MIS - AMMIAK TOLA. Bunday tola paxta tsellyulozasidan tayyorlanadi.
Paxta momig`ini mis-ammiak reaktivida eritish yo`Ii bilan yigiruv eritmasi olinadi.
Bunday tola ho'l
usulda olinadi;cho'ktirish vannasiga suv yoki kuchsiz ishqor
olinadi.
Mis - ammiak tolaning ko`ndalang kesimi deyarli dumaloq,
bo`ylama
ko`rinishi tsilindr shaklida
Do'stlaringiz bilan baham: