«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


Falsafiy bilimning tuzilishi



Download 481,06 Kb.
bet9/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Falsafiy bilimning tuzilishi. Falsafa oʼz shakllanishi va rivojlanishining qadimgi davridayoq, tabiat, inson, jamiyat va maʼnaviyatni, shuningdek sababiy bogʼlanishlar, qonunlar va shu kabilarni bilish sohasida yuksak natijalarga erishdi va oqilonalik nuqtai nazaridan odamlarning dunyo haqidagi umumiy tasavvuriga aylandi. Аmmo olamning cheksiz darajada rang-barangligi va serqirraligi tufayli oʼsha davrdayoq parchalanmagan falsafiy bilimlar va tasavvurlardan ayrim boʼlimlar ajralib chiqa boshladi, vaqt oʼtishi bilan rivojlanib, ancha aniq shakl-shamoyil kasb etdi va yangi bilimlar bilan toʼldirildi. Pirovard natijada ular falsafiy bilimning tuzilishini (strukturasini) tashkil etdi.
Quyidagilar falsafiy bilimning muhim tarkibiy qismlari:
Hozirgi zamon falsafasi doirasida ko‘pincha quyidagi mustaqil sohalarni ajratishadi:
1. Ontologiya – (yunoncha ontos-mohiyat, logos-tadqiqot, borliq uning mohiyati, shakllari, asosiy tamoyillari va eng umumiy kategoriyalari haqidagi ta’limot.
2. Gnoseologiya – (epistemologiya) (gnozis-bilish, logos – ta’limot) bilish haqidagi, inson tafakkuri faoliyati qonunlarini o‘rganadi.
3. Praksiologiya - (praksis-faoliyat, logos-ta’limot) inson amaliy faoliyati haqidagi ta’limot.
4. Aksiologiya – (aksios-qadriyat, logos-ta’limot) qadriyatlar inson faoliyati, uning yo‘nalishi, umumiy ahamiyati.
5. Falsafiy antropologiya - inson to‘g‘risidagi ta’limot
6. Ijtimoiy falsafa – jamiyat to‘g‘risidagi ta’limot
7. Futurologiya (futurum –kelajaki va logos –ma’limot) – keng ma’noda kelajak haqidagi ta’limot, tor ma’noda prognozlashtirish i prognostika so‘zlarining sinonimi sifatida ishlatiladi.
8. Teosofiya (thes — xudo i sopha — donishmandlik, bilim) xudoni bevosita bog‘lanish orqali bilish haqidagi ta’limot.
9. Mantiq – tafakkur qonunlari va shakllari to‘g‘risidagi ta’limot
10. Etika – axloq to‘g‘risidagi ta’limot
11. Estetika – go‘zallik to‘g‘risidagi ta’limot
12. Metodologiya - tafakkur usullari va metodlari haqidagi ta’limot.

Falsafiy muammolar mohiyatini tushunib etish, ularning eng muhimlarini aniqlash va nihoyat, falsafiy bilimlar bilan oshno boʼlish – koʼrsatilgan boʼlimlarni sinchiklab oʼrganish, bunda ularga yaxlit bir butunning tarkibiy qismlari sifatida yondashish demakdir. Pirovardda biz falsafaning oʼziga xos tili, oʼz yondashuvlari va metodlari, nihoyat, tabiat, jamiyat va tafakkurga oid eng muhim aloqalar, xossalar va qonunlarni oʼzida aks ettiruvchi umumiy tushunchalar – kategoriyalar tizimi vujudga kelganining guvohi boʼlamiz. Bunda falsafadagi har bir boʼlim yoki yoʼnalish ham oʼz tushunchalar apparatiga, yaʼni bilimning faqat shu sohasiga xos boʼlgan va uning asosiy mohiyatini yoritib beradigan kategoriyalar tizimiga egadir.


Falsafada koʼrib chiqilgan mavzular bilan bir qatorda shunday bilim sohalari ham mavjudki, ular qolgan barcha bilim sohalariga kirib boradi, ular bilan uygʼunlashadi va ularni toʼldiradi. Masalan, tabiat, jamiyat, inson va uning tafakkurida yuz beruvchi harakat, rivojlanish va oʼzgarishlar haqidagi falsafiy taʼlimot – dialektika ana shunday bilim sohalaridan biri hisoblanadi.
Obʼektiv sabablarga koʼra falsafiy bilimning ayrim sohalari sezilarli darajada rivojlandi va vaqt oʼtishi bilan mustaqil falsafiy fanlarga aylandi. Bunday bilim sohalari qatoriga, masalan, insonning bilishni amalga oshirish shakllari, qonunlari va usullarini oʼrganadigan fan - mantiqni; maʼnaviyat va axloq haqidagi taʼlimot – etikani; goʼzallik qonunlariga muvofiq ijodning mohiyati va shakllari haqidagi fan – Estetikani kiritish mumkin.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish