«fаlsаfа» modulidan oʼquv-uslubiy mаjmuа


Diniy dunyoqarash dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir



Download 481,06 Kb.
bet6/153
Sana13.11.2022
Hajmi481,06 Kb.
#864845
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153
Bog'liq
FAlsafa UMK 2022-yil 11 ta mavzu\' LOTINCHASI

Diniy dunyoqarash dunyoqarashning tarixan ikkinchi shakli dindir. Mif kabi, din zamirida ham eʼtiqod, tuygʼular va emotsiyalar yotadi. Garchi din koʼrtaklari «aqlli odam» dunyoqarashi shakllanishining dastlabki bosqichlarida, yaʼni taxminan 40-60 ming yil muqaddam paydo boʼlgan boʼlsa-da, umuman olganda u dunyoqarashning mustaqil shakli sifatida keyinroq, jumladan mif taʼsirida insonning abstrakt fikrlash qobiliyati sezilarli darajada kuchaygan davrda vujudga kelgan.
Diniy dunyoqarash odamlarning gʼayritabiiy narsalarga boʼlgan eʼtiqodiga asoslanuvchi tegishli xulq-atvori va oʼziga xos harakatlaridir. Аgar mifologiyada anʼanaga, rivoyat qiluvchining, yaʼni oqsoqolning obroʼsiga eʼtiqod kuchli boʼlsa, dinda gʼayritabiiy narsalarga eʼtiqod birinchi oʼrinda turadi, oliy kuchlar nomidan rivoyat qiluvchi ruhoniylar obroʼsi esa ikkinchi darajali rol oʼynaydi.
Xullas, din murakkab maʼnaviy tuzilma va ijtimoiy-tarixiy hodisa boʼlib, unda eʼtiqod muqarrar tarzda birinchi oʼringa qoʼyiladi va hamisha bilimdan ustun turadi.
Diniy eʼtiqodlarning tarixiy shakllari. Insoniyat tarixiga koʼp sonli turli-tuman dinlar maʼlum. Xususan, madaniyat va bilimlar darajasi juda past boʼlgan inson oʼziga qudratli, yot va sirli boʼlib tuyulgan tabiatning favqulodda kuchlariga qarshilik koʼrsata olmagan ibtidoiy jamoa davrida dinning ancha sodda shakllari: fetishizm, animizm, totemizm, magiya va boshqalar yuzaga kelgan.
Fetishizm u yoki bu predmetni moʼjizakor xislatlarga, odamlar hayotiga taʼsir koʼrsatish qobiliyatiga ega deb hisoblaydi. Bunday predmet ilohiylashtiriladi, sigʼinish va topinish obʼektiga aylanadi.
Аnimizm (lot. anima – jon) – nafaqat odamlar, balki hayvonlar, predmetlar va borliq hodisalarini ham goʼyo ruh, jon boshqarib turishiga ishonishdir. Аnimizm nuqtai nazaridan butun dunyo ruhli va jonli.
Totemizm negizini muayyan odamlar guruhining totem, yaʼni sigʼinish obʼekti sanalgan ajdod deb eʼlon qilinadigan u yoki bu hayvon, oʼsimlik, predmet bilan umumiy kelib chiqishiga boʼlgan ishonch tashkil etadi, zero totem mazkur jamoa yoki urugʼning qudratli homiysi, himoyachisi hisoblanadi, uni oziq-ovqat va shu kabilar bilan taʼminlaydi. (Hindistonda Xonumon maymuni, sigir, Аvstriyada kenguru, turli qabilalarda u yoki bu ilohiy predmet )
Magiya (yunon. magia – sehrgarlik) ham ibtidoiy din shakllaridan biri boʼlib, uning zamirida tabiiy kuchlar yordamisiz sirli tarzda, rasm-rusumlar, oʼziga xos amallar majmui bilan narsalar, odamlar, hayvonlar va hatto gʼayritabiiy kuchlar – ruhlar, insu jinslar va shu kabilarga taʼsir koʼrsatish mumkinligiga boʼlgan ishonch yotadi. Dinning ushbu qadimgi shakllari keyingi diniy eʼtiqodlar negizini tashkil etdi va politezm (koʼpxudolik)da ham, monoteizm (yakkaxudolik)da ham u yoki bu darajada oʼz aksini topdi. Ular hozirda ham qisman mustaqil holda mavjuddir.
Taxminan 10 ming yil muqaddam, inson chorvachilik va ziroatchilik bilan shugʼullanib, oʼtroq hayot kechirishga oʼtgach, neoletik inqilob yuz berdi. Jamiyat rivojlanishining ayni shu bosqichida politeizm yuzaga keldi, chunki mehnatning ijtimoiy taqsimoti, hukmronlikka boʼysunish dunyoviy munosabatlari ruhlar va sanamlarga boʼlgan ishonchga emas, balki odamlar muayyan nom bergan xudolarga boʼlgan eʼtiqodga koʼproq mos kela boshladi.
Keyingi davrlarda davlatchilikning vujudga kelishi va rivojlanishi, qadimgi buyuk madaniyatlarning paydo boʼlishi, quldorlik munosabatlarining shakllanishi, monarxiyalar tashkil topishi va shundan kelib chiqadigan yakkaboshchilikning yuzaga kelishi natijasida diniy dunyoqarashda ham bir xudoga sigʼinish tendentsiyasi paydo boʼldi. Odamlar koʼp sonli xudolar orasida kuch-qudratda yagona bir xudoni farqlab, shu tariqa dunyoviy podsho hukm suruvchi real hayot haqidagi oʼz tasavvurlarini yagona va qudratli xudo yashaydigan narigi dunyo bilan goʼyoki muvofiq holatga keltirdilar. Shu tariqa monoteistik dinlar: Iudaizm (mil. av. VII asr), Buddizm (mil. av. VI-Vasrlar), Xristianlik (I asr) va Islom (VII asr) vujudga keldi. Xullas har bir din maʼlum falsafaga asoslanadi. Haq dinning asosi toʼgʼri falsafadir, haq boʼlmagan dinning asosi esa yolgʼon falsafadir, yoki yolgʼon muhokamalar ustiga qurilgan qarashlardir.

Download 481,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish