urushi yangi sifatiy holat kasb etdi. Bugungi kundagi voqealar Afg’onistondagi fuqarolar urushi ko’proq surunkali nizo
ko’rinishini olayotganligini ko’rsatmoqda.
Bularning barchasi tashqi kuchlarning Afg’onistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga kuchli ta’sir o’tkazayotganligi,
mamlakatning taraqqiyot yo’li xususidagi o’z qarashlari, standartlarini singdirishga, bir so’z bilan aytganda, o’z
mafkuralarining hukmron mavqega ega bo’lishi uchun harakat qilayotganliklari oqibatidir.
Afg’onistonning bugungi ahvoli jahon maydonlarini mafkuraviy jihatdan bo’lib olishga
urinishlar qanday
oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Shunday bo’lsa-da inson ongi va qalbi uchun kurash, uni
egallash orqali o’z ehtiyojlari va manfaatlarini qondirish, ro’yobga chiqarishga intilish tobora kuchayib, yangidan-yangi
shakl kasb etmoqda.
Xususan, jahon maydonlarini diniy e’tiqod umumiyligini pesh qilgan yoki etnik birlikka urg’u bergan holda bo’lib
olishga urinishlar mavjudligini ta’kidlash zarur. Bu yo’lda xilma-xil usullar va vositalardan foydalanilmoqda. Ana
shularning barchasidan bitta xulosa chiqarish mumkin. XX asrda ikki jahon urushini boshdan kechirgan insoniyat
so’nggi yillarda turli sabablarga ko’ra, yuzaga kelayotgan va o’z oqibatlariga ko’ra jahon urushlaridan ham falokatliroq
bo’lgan yangidan — yangi mojarolarga duch kelmoqda. Bunday mojarolar unga tortilgan xalqlar hayotini izdan
chiqaribgina qolmay, qo’shni xalqlar ruhiyati,
turmushi, taraqqiyotiga ham jiddiy va sezilarli salbiy ta’sir o’tkazishi
tabiiy, albatta.
Afsuski, mustaqillikka erishgan O’zbekistonga chegaradosh hududlarda ham ana shunday mojarolar davom
etmoqda. «Qo’shning tinch — sen tinch», — deydi xalqimiz. Shu nuqtai nazardan qaraganda, ming-minglab odamlar
hayotiga zomin bo’layotgan Afg’onistondagi tanglik davom etayotgan ekan, aslo xotirjamlikka yo’l qo’yib bo’lmaydi.
Nega? Chunki ushbu mojaro ta’sirining boshqa jihatlarini inobatga olmaganda ham, adovat urug’ini sochishga, o’rta asr
jaholatparastligiga asoslangan o’z aqidalarini zo’rlab qabul qildirishga va shu yo’l bilan mintaqani o’z ta’sir doiralariga
tortishga intilayotgan kuchlar mavjudligini va ularning o’z maqsadlari yo’lida faol harakat qilayotganliklarini aslo
unutmaslik lozim.
XX asrning so’nggi
yillari haqida gap ketar ekan, u nafaqat yuqoridagi kabi mojarolar, balki ijtimoiy hayotning
xilma-xil sohalarida qo’lga kiritilgan ulkan muvaffaqiyatlar bilan ham xarakterlanishini tan olish zarur. Ayni paytda ana
shunday ijobiy jarayon bilan bir qatorda, yuqorida ta’kidlanganidek, ekstremizm va fundamentalizmdek o’ta xavfli
qarashlar tizimi va faoliyati ham tarix sahnasiga chiqqanligini ta’kidlash zarur.
Bunday kuchlarning iqtisodiy, siyosiy
yoki harbiy salohiyatining kattaligi, axborot orqali va mafkuraviy yo’l bilan tazyiq ko’rsatish imkoniyatining ulkanligi,
vosita va mexanizmlarning xilma-xilligini alohida ta’kidlash lozim.
Mamlakatimizning taraqqiyotiga, kishilarimiz ongi va ruhiyatiga o’zlarining tor manfaatlaridan kelib chiqqan holda ta’sir
ko’rsatishga harakat qiladigan kuchlar, diniy ekstremizm yoki agressiv millatchilik ko’rinishidagi turli oqim va harakatlar,
ularning g’arazli maqsad va intilishlari mavjud bo’lgan vaziyatda inson o’z mustaqil fikriga va e’tiqodiga ega bo’lmasa,
turli
mafkuralarning bosimi va tazyiqlariga bardosh berishi qiyin.
Bu tuyg’ularni shakllantirish, buyuk maqsadlarimizni ro’yobga chiqarish, millatning hamjihatligini ta’minlash uchun esa
unga xizmat qiladigan, rag’batlantiradigan, yo’naltiradigan o’z milliy mafkuramizni shakllantirmog’imiz lozimligi
shubhasizdir.
Xo’sh milliy mafkuramiz nimalarga asoslanishi va ongimizga qanday tamoyillarni singdirmog’i lozim? Bu savolga
javobni ham Prezidentimiz asarlaridan topish mumkin. «Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga,
udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat
tuyg’ularini ongimizga singdirishi lozim. Shu bilan birga bu mafkura xalqimizda o’zining qudrati va
himoyasiga
suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatidagi mutaraqqiy davlatlar orasida teng
huquqli o’laroq munosib o’rin egallashga doimo intilish hissini tarbiyalamog’i kerak»
17
.
Shubhasiz, aynan shunday mafkuragina fikr qaramligi, tafakkur qulligining oldini olishga xizmat qiladi, milliy
jipslikni, taraqqiyotni, mamlakatimizning tom ma’nodagi buyuk kelajagini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: