Avesto, Veda, Qur'on
10. Estetika kategoriyalari (tayanch so'zlar: go'zallik, xunuklik, ulug'vorlik, fojiaviylik, kulgulilik)
J: Estetika (yun. αίσθημα - "his", "tuygʻu") olamning hissiy qabul qilinishini tadqiq etuvchi fandir. Estetika sanʼat, madaniyat va tabiatning subyektiv qabul qilinishini oʻrganadi. Estetika falsafaning aksiologiya sohasiga kiradi. Estetika (yun. — his qiluvchi, hissiy tarbiyaga doir) — inson bilan dunyo oʻrtasidagi qadriyat munosabatining oʻziga xos tomonlarini va kishilarning badiiy faoliyati sohasini oʻrganuvchi falsafiy fan. "Estetika" terminini nemis faylasufi A.Baumgarten (1714—62) ilmiy muomalaga kiritgan
Estetika nafosat, did, goʻzallik, xunuklik, ulugʻvorlik, tubanlik, fojiaviylik, kulgililik, moʻʼjizaviylik, hayolilik singari kategoriyalar bilan ish koʻradi. Ular orasida nafosat tushunchasi alohida oʻrin egallaydi. U bir tomondan, estetik anglashning barcha jihatlarini (estetik hissiyot, estetik zavq, estetik did, estetik muhokama va boshqalar), ikkinchi tomondan, estetik xususiyatlarni — amaldagi goʻzallik, ulugʻvorlik, fojiaviylik, kulgililik va h.k. jihatlarni oʻz ichiga oladi. Ana shu keyingi jihati bilan nafosat baʼzan Estetikaning predmeti sifatida ham qabul qilinadi.
11. Uyg'onish davri falsafiy tafakkurining rivojlanish xususiyatlari (tayanch so'zlar: gumanizm, erkin fikrlash, antropotsentrizm, inson)
J: Uyg'onish falsafasida esa ikkita markaz mavjud - Xudo va inson. Bu Uyg'onish davri o'rta asrlardan hozirgi zamonga o'tish davri ekanligiga mos keladi. "Uyg'onish" atamasi butun bir davrga nom berdi, bu birinchi navbatda yangi, italyan zaminida qadimiy madaniy merosni, ayniqsa falsafani, birinchi navbatda, Platon, Aristotel va Epikur asarlarini jonlantirish vazifasi bo'lganligi bilan bog'liq. Antropotsentrizm tomon siljish.
Antropotsentrizmga o'tish ijodkorlikni insonning asosiy qadr-qimmati sifatida tushunishni anglatardi. O'rta asrlarda ijodkorlik Xudoning vakolati ekanligiga ishonishgan. Endi ular boshqacha fikrda. Ficinoning fikricha, inson Xudo kabi qudratli. U o'zini san'at, siyosat va texnologiyada amalga oshirishga qodir va kerak. Uyg'onish davri odami o'zining jasorat maydonini maksimal darajada oshirishga intiladi. Leonardo da Vinchi - rassom va ixtirochi, Mikelanjelo - rassom va shoir, ikkalasi ham iste'dodli faylasuf.
Gumanizm (lotincha humanos — insonparvar) — insonning shaxs sifatidagi ichki qadriyatiga, uning erkinlik, baxt, farovonlik huquqiga asoslangan dunyoqarash. Gumanizm antik va o'rta asrlarda uzoq tarixga ega edi, lekin eng muhim siyosiy, ijtimoiy va axloqiy qo'llanmalarga ega bo'lgan keng ijtimoiy harakat sifatida u birinchi marta aynan Uyg'onish davrida shakllandi.
12. “Borliq” tushunchasi (tayanch so‘zlar: obyektiv borliq, inson borlig’i, materiya, ong, dunyoning mavjudligi, yo‘qlik)
J: Falsafa fanining borliq haqidagi masalalarni o‘rganuvchi qismi ontologiya deb ataladi. Ontologiya so‘zi yunoncha ontos (mavjudlik) va logos (ta'limot) so‘zlarining birikmasidan tashkil topgan bo‘lib, «mavjudlik haqidagi ta'limot», ya'ni borliq haqidagi fan ma'nosini ifodalaydi. Bu atama fan tarixida birinchi bor 1513 yil R.Gokleniusning «Falsafa lug‘ati»
Ba'zi narsalar hozir mavjud, keyinchalik esa yo‘qolib ketadi, kecha yo‘q bo‘lgan ba'zi narsalar esa bugun paydo bo‘ladi. Shular asosida kishilarda mavjudlik va yo‘qlik haqida tasavvurlar, qarashlar vujudga kelgan. Kishilar o‘zlarining ham dunyoga kelishi (tug‘ilishi), yashashi va nihoyat vafot etishi (o‘lishi), «yo‘qlikka aylanishi» haqida o‘ylay boshlashadi. Shu asosda kishilarning «bu dunyo» va «u dunyo» (narigi dunyo), ya'ni odamning vafotidan so‘ng uning ruhi ko‘chib o‘tadigan «dunyolar» haqidagi tasavvurlari paydo bo‘lgan.
Abu Nasr Forobiy yagona borliqni 6 bosqichdan iborat deb hisoblagan: 1-ilk sabab (sababi-avval) - xudo; 2-sabab - (sababi- soniy) - samoviy jismlar borlig‘i; 3-sabab - faol aql (al-aql al-faol); 4-sabab - jon (an-nafs); 5-sabab - shakl (assurat); 6-sabab - modda (al-modda)293. Bu bosqichlar bir-biri bilan sababiy bog‘langan bo‘lib, ular barcha mavjudlikning boshlang‘ichi hisoblanadi. Borliq tushunchasi atrofida faylasuflar har doim keskin munozaralar, tortishuvlar, bahslar olib borishgan va bu bahslar haligacha davom etmoqda.
13. Harakat tushunchasi, harakat turlari va shakllari (tayanch so'zlar: materiyaning atributlari, o'zgaruvchanligi, uzluksizligi, shakli)
J:Harakat — borliqning ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (qarang Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Falsafiy adabiyotlarda moddiy borliqning quyidagi H. shakllari ajratib koʻrsatiladi: 1) mexanik H. — jismlarning fazodagi oʻrni vaqt oʻtishi bilan boshqa jismlarga nisbatan oʻzgarishi. Barcha jismlarning H. i nisbiydir, chunki H. Yerga nisbatan (keng maʼnoda) va atrofdagi jismlarga (mas, yoʻl chetidagi daraxtga) nisbatan qaraladi. Kuzatilayotgan jismning H. i qaysi jismga nis-batan oʻrganilayotgan boʻlsa, oʻsha jism sanoq jism deb ataladi, agar H. Yerga nisbatan boʻlsa, u holda Yer — sanoq jism, agar Yerning Quyosh atrofidagi H.i haqida gapirilsa, Quyosh sanoq jism boʻladi. H.ning aylanma, ilga-rilama, ilgarilama-qaytma (mas, porshenning H.i), toʻgʻri chiziqli, egri chiziqli, uyurma, toʻlqinsimon va boshqa turlari farqlanadi. 2)
J: fizik H. (elementar zarralar, atom yadrosi va atomning H.dan tortib, olamning fundamental kuchlari, issiqlik, elektr va maydon H.igacha, yorugʻlikdan tortib koinotning gravitatsiya kuchigacha barchasi shu H. shakliga mansubdir); 3) kimyoviy H. (bunga mole-kulalarning assotsiatsiyasi va dissotsiaiiyasi, ionlar H.i, moddaning muzlashi va kristallanish jarayonlari, kimyoviy reaksiyalar, kimyoviy sintez va parchalanish, yonish va ok-sidlanish va boshqa kimyoviy jarayonlar kiradi); 4) biologik H. (hayotiy jarayonlar). Ayrim manbalarda kimyoviy H.dan keyin moddiy obʼyektlarning progressiv va regressiv yoʻnalishda rivojlanishiga qarab, yuksaklikka — biologik H.ga va quyi yoʻnali-shiga, inqiroziga qarab — geologik H. ham koʻrsatiladi, chunki, yer yuzida jonli organizmlarning halok boʻlishi oqibatida katta-katta materiklar, marjon orollar vujudga keladi. Ular geologiyaning tadqiqot obʼyektiga kiradi; 5) ijtimoiy H. (jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarning namoyon boʻlishi). Bulardan tashqari, inson aql-zakovati hamda axborot jarayonlari bilan bogʻliq boʻlgan goyaviy, maʼnaviy koʻrinishdagi H. shakllari ham mavjud.
14. Falsafada rivojlanish kontseptsiyasi (tayanch so'zlar: taraqqiyot, tanazzul, o'zgarish, turg'unlik)
J: Rivojlanish — tabiat va jamiyatdagi qonuniyatli oʻzgarish; bir sifat holatidan boshqasiga, eskidan yangiga oʻtish. Rivojlanish natijasida obʼyektning — tarkibi yoki strukturasining yangi sifat holati vujudga keladi. Rivojlanish tabiat, jamiyat va bilish tarixini tushuntirishning umumiy tamoyilidir. Rivojlanishning 2 shakli mavjud: obʼyektning sekinasta sodir boʻluvchi miqdor oʻzgarishlari bilan bogʻliq evolyusion Rivojlanish va obʼyekt tuzilmasidagi sifat oʻzgarishlaridan iboratinqilobiy Rivojlanish Evolyusion Rivojlanish jamiyatda bir tizimning asta-sekin, keskin portlashlarsiz bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini, inqilobiy Rivojlanish esa keskin portlash yoʻli bilan bir sifatiy asosdan ikkinchi sifatiy asosga oʻtishini bildiradi. Evolyusion Rivojlanish jamiyatning yangi bosqichga uzluksiz va talafotlarsiz oʻtishiga imkon beradi. Bunday utishda muayyan vaqt zarur boʻladi. Inqilobiy Rivojlanishda jamiyatning eski asosiy tayanch nuqtalari yoʻq qilinib, keskin sifatiy oʻzgarishlar amalga oshiriladi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, yangi jamiyatga oʻtishning evolyusion Rivojlanish yoʻlini tanladi. Bu yoʻl jamiyat aʼzolarining manfaatlariga zid kelmaydigan, muayyan vaqtni talab qiladigan va pirovardida samarali buladigan yoʻldir. Rivojlanishning progressiv, taraqqiyot turi (qarang Taraqqiyot) bilan regressiv, tanazzul turi (qarang Inqiroz) farqlanadi.
15. Falsafaning asosiy qonunlari (tayanch so'zlar: falsafaning uchta qonuni, qarama-qarshiliklarning birligi va kurashi inkorni inkor, miqdor o’zgarishi sifat o’zgarishi)
Do'stlaringiz bilan baham: |