19. Moddiy va ma'naviy qadriyatlarning o'zaro bog'liqligi (kalit so'zlar: qadriyatlar, an'analar, moddiy qadriyatlar)
J: Qadriyat» tushunchasi - juda keng tushuncha bo`lib, uning bir qismi - ma`naviy qadriyatlardir. Milliy-ma`naviy qadriyatlar - «milliylik», «Ma`naviyat» va «qadriyat» tushunchalari kesishgan nuqtada jamlangan ijtimoiy hodisalarni o`z ichiga oladi. «Milliy ma`naviy qadriyatlar» tushunchasiga quyidagicha ta`rif berish mumkin: Muayyan millat vakillari uchun zarur va ahamiyatli, aziz va ardoqli bo`lgan, manfaati va maqsadlariga xizmat qiladigan ma`naviy boyliklar, amallar va tamoyillar,g`oyalar va me`yorlar milliy ma`naviy qadriyatlardir. Har bir xalqning o`zi uchun e`zozli, qimmatli bo`lgan ma`naviy boyliklari bo`ladi. Bular asrlar davomida avloddan-avlodga o`tib kelgan, hozirgi kunda ham o`zining ahamiyati va qadrini yo`qotmagan, shu xalqning iftixor manbaiga aylangan durdonalardir
20. Globallashuvning falsafiy muammolari (tayanch so'zlar: globalizm, urush va tinchlik, oziq-ovqat, ekologik, global muammolarni hal qilish)
J: Bu o’zgarishlarning butun majmui, shuningdek ularning sabablari 1990-yillarda globallashuv (lot. globus – yer kurrasi) deb nomlandi. Globallashuv jamiyat hayotining turli jabhalarida butun Yer sayyorasi uchun yagona bo’lgan tuzilmalar, aloqalar va munosabatlarning shakllanishi, universallashuv jarayonidir.
hozirgi paytdagi mavjud ijtimoiy kuchlar o’rtasidagi ziddiyatli munosabatlar (ijtimoiy-iqtisodiy sistemalar o’rtasidagi, mintaqaviy ziddiyatlar, davlatlar, milliy va diniy nizolar va x.k.) bo’lib, bular shartli ravishda «intersosial» muammolar deb hisoblanadi. Ular urush va tinchlik, mexnat resurslaridan foydalanish darajasi va shu kabilarni ham qamrab oladi.
Ikkinchidan, «Inson va jamiyat» o’rtasidagi munosabat bilan bog’liq muammolar bo’lib, bularga ilmiy-texnika taraqqiyoti (ITT); maorif va madaniyat; aholi ko’payishining tez sur’atlar bilan ildam ketishi («Demografik portlash», kishilar salomatligini saqlash, kishi organizmining nihoyatda tez o’zgarib borayotgan ijtimoiy muxitga moslashishi) shuningdek, insoniyatning kelajagi kabi masalalarni kiritish mumkin.
Uchinchidan, «inson—tabiat» munosabatlariga esa xom-ashyo resurslarini tejash, aholini oziq—ovqat va ichimlik suvi bilan ta’minlash, tabiatni muxofaza qilish kabi muammolar kiradi. Bu guruh muammolar ijtimoiy omillar tasirida vujudga keladi, ularni xal qilishda esa ijtimoiy omillarning urnini va ahamiyatini tug’ri anglagan xoldagina masalaning tub mohiyatini tushunish mumkin.
3. Korrupsiya– taraqqiyotgato’siq Korrupsiya (lotincha “sorruptio” – poraga sotilish, aynish, tanazzul) – mansabdor shaxsning boyish maqsadida, o’z mansabi bilan bog’liq vakolatlarini suiiste’mol qilishdan iborat jinoyatdir
203-G/ B.B
Do'stlaringiz bilan baham: |