8-Mavzu: Borliq-falsafaning fundamental kategoriyasi Reja: 1



Download 39,34 Kb.
bet1/2
Sana15.06.2022
Hajmi39,34 Kb.
#673412
  1   2
Bog'liq
8-mavzu


8-Mavzu: Borliq-falsafaning fundamental kategoriyasi
Reja:
1.Falsafa tarixida borlik muammosi.Borlik shakllarining tasnifi .
2.Materiya tushunchasi va uning tashkillashuv darajalari.Olamning paydo bulishi va evolyusiyasi
3.Falsafa tarixida makon va vaktga substonsional va relyasion yondoshuvlar
4.Indivudial vakt inson mavjudlik vakti sifatida. Uz uzidan tashkillashtiruvchi –materiyaning atributi.
1. «Borliq» kategoriyasi falsafa paydo bo’lishi bilan shakllangan va izchil nazariy qiziqish predmetiga aylangan bo’lsada, dunyo haqida odamlar ancha oldinroq fikr yurita boshlaganlar va bu tasavvurlar ko’p sonli afsonalar va miflarda bizgacha yetib kelgan. Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi.
Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, zamon, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan, avvalo fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o’rganilmaydi, degan ma’noni anglatmaydi.
Ontologiya falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo’lib, unda borliq va yo’qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir masalalarning keng doirasi o’rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo’lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi. «Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o’zaklarga ega bo’lib (ontos – borliq, logos – so’z, ta’limot), borliq haqidagi ta’limot degan ma’noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o’rin egallaydi.
Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko’p sonli falsafiy kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o’rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet, hodisa, voqeya va shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo’lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo’lish, o’zaro ta’sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.
Bu inson o’zligini va o’zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday obyektning, borliq har qanday qismining umumiy xossasidir.
Borliqning umumiy shakllari o’ziga xos xususiyatga, o’zining betakror mohiyatiga egadir. Ya’ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig’i kabilardir Xullas, «borliq» kategoriyasi o’ta umumiy falsafiy abstraksiya bo’lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini, odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini mavjudlik belgisiga ko’ra birlashtiradi.
2.«Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo’lishiga asos bo’lib xizmat qiladigan sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan Materiyaning cheksizligini hozirgi zamon tabiatshunosligi ham tasdiqlaydi. Materiyaning notirik, tirik va ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari bilan mos keladi. Bunda turli darajalar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Ayni vaqtda ularning tarkibida muayyan iyerarxiya va soddaroq shakllardan (jonsiz materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki, bugungi kunda ularning mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan o’zining ilmiy tasdig’ini topgan.
Ilmiy tasavvurlarga ko’ra biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil muqaddam ilk quyosh sistemasida sochilib yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo’lgan, muayyan moddiy jism sifatida o’z borlig’ini kasb etgan, oradan yana bir milliard yilcha vaqt o’tgach, Yerning geologik tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog’ jinslarining yoshi shundan dalolat beradi.
Inson faol asos sifatida o’z shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridanoq o’zini qurshagan muhitga o’zgartiruvchi ta’sir ko’rsata boshladi. Arxeologik qazishlarning natijalari va antropologik tadqiqotlar «omilkor odam» mehnat qurollari yasab, nafaqat tabiat va uning predmetlaridan foydalangan, balki uni o’z manfaatlari yo’lida o’zgartirishga harakat qilganligi 2-4 million yil muqaddam yuz berganini ko’rsatadi. Inson o’zini qurshagan dunyoga bungacha tabiatda mavjud bo’lmagan predmetlarni olib kira boshladi.
Hayotning paydo bo’lishi muammosiga o’xshash o’ta og’ir vazifalar ustida bosh qotirar ekan, inson ortiqcha optimizm namoyish etishi va o’zining haqiqatning tagiga yetish qobiliyatiga haddan ortiq ishonishi ham, muammoning murakkabligi qarshisida o’z ojizligini tan olishi ham mumkin. Bunday sharoitda XX asr boshida Amerika pragmatizmining taniqli namoyandasi Uilyam Jems (1842-1910) ta’riflagan yondashuv o’rinli bo’lsa kerak. Uning ta’biri bilan aytganda, «biz qor bosgan, quyunlar charx urayotgan tog’lar orasida turibmiz. qarshimizda ba’zan tuman pardasi osha so’qmoqlar namoyon bo’ladi.
3.Bizni qurshagan dunyo mazmuni, borliqning umumiy xossasi bo’lgan borliq haqida so’z yuritar ekanmiz, makon va vaqt tushunchalarini chetlab o’tishimiz mumkin emas.Makon va vaqt mohiyati haqida odamlar o’z rivojlanishining dastlabki bosqichlaridayoq fikr yuritganlar va o’tmishning aksariyat mutafakkirlari ularning tabiatini aniqlashga harakat qilganlar. Bu avvalo inson amaliyoti va bilishining rivojlanishi bilan bog’liq bo’lgan. Zero ular kengayib va takomillashib, mazkur kategoriyalarni yanada aniqroq va teranroq tushunishni talab qilgan. Falsafa tarixida shakllangan ikki muhim va bir-biridan butunlay farq qiladigan yo’nalish – substansial va relyasion yo’nalishlarni farqlash olishimiz zarur.Birinchidan substansional yo’nalishda makon va zamon materiya va ongga bog’liq bo’lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida qaralgan. Substansional konsepsiya asoschilari Demokrit (makon muammosi bo’yicha) va Platon (zamonga nisbatan yondashuvlarda) makon va zamonni materiyaga ham, bir-biriga ham bog’liq bo’lmagan mustaqil mohiyatlar sifatida talqin qilganlar Ikkinchi – relyasion (lot. relativus – nisbiy) yo’nalish makon va vaqtni mustaqil mohiyatlar sifatida emas, balki real dunyo obyektlari va jarayonlari o’rtasidagi alohida munosabatlar sifatida tushunish bilan bog’lanadi. «Vaqt nima?», degan savolga javob berar ekan, Aristotel shunday mulohaza yuritadi: harakatda ham, vaqtda ham doim muayyan «oldin» va undan farq qiluvchi «keyin» mavjud. Aynan harakat tufayli biz har xil, o’zaro mos kelmaydigan «hozir»ni farqlaymiz. Mazkur nuqtai nazardan ko’rsatilgan munosabatlar doirasidan tashqarida makon va vaqt mavjud bo’lmaydi. Bu yo’nalishning atoqli namoyandasi G.Leybnis (1646-1716) hisoblanadi.
Makon va vaqt talqinidagi bu ikki tendensiya, ya’ni makon va vaqt borliqning mustaqil, obyektiv hamda moddiy mazmunga bog’liq bo’lmagan asoslari sifatida yoki harakatlanuvchi materiyaning ajralmas qismi sifatida talqin qilish keyinchalik o’z rivojini topdi.
4.Hozir «Ijtimoiy vaqt mavjudmi» degan masala bahsli emas. Muammo uning mazmunida qanday ustuvorliklar va konstantalar mavjudligida. Ijtimoiy vaqt individ vaqti va avlod vaqtiga bo’linadi. U kishilik jamiyatining o’zgaruvchan informasion sig’imiga bog’liq. Falsafiy adabiyotlarda vaqt jarayonlariga makon xossalarining kirishi, ya’ni ijtimoiy vaqt uzunligi – hayot sikllari bosqichlarining ketma-ketligi sifatida, kengligi – faoliyat turlarining miqdoriy rang-barangligi sifatida, chuqurligi – individning o’zi ishtirok etayotgan faoliyat turlaridagi faollik darajasi sifatida ko’rsatilishi bilan bog’liq fikrlarga ham duch kelish mumkin. Makon va vaqt aloqasi hamma joyda har xil bo’lgan «mahalliy vaqt» tushunchasida yorqin namoyon bo’ladi.
Bularning hammasi makon, vaqt va materiya jarayonlari o’zaro bog’liq ekanligini yana bir karra tasdiqlaydi. Nazariy jihatdan esa, makon va vaqt munosabatlarining relyasion va dinamik konsepsiyalari rivojlanishining ahamiyatini yanada oshiradi, bu borada tadqiqotlar olib borish zaruratini namoyon qiladi. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bu insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o’ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog’liq bo’lgan ijtimoiy makon to’g’risida so’z yuritish o’rinli bo’ladi. U alohida insoniy ma’no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o’rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o’zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko’rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko’lamli strukturalar o’z holicha, xaotik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyusiyasi obyektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi va madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma’lum vaqt ruhini o’zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o’zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o’z aksini topadi.
Ijtimoiy vaqt ham o’ziga xos xususiyatga ega bo’lib, u, biologik va planetar-kosmik vaqtdan farqli o’laroq, notekis oqadi. Insoniyat shakllanish jarayonining dastlabki bosqichida boshlangan ijtimoiy vaqt keyingi davrlarda deyarli o’zgarishsiz kechdi va fan-texnika taraqqiyotining ilk alomatlari paydo bo’lishi bilan, XVII-XVIII asrlardan e’tiboran jadalroq sur’at kasb eta boshladi. XX asrda yuz bergan fan-texnika inqilobi ijtimoiy makonni keng qamrab oldi va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning rivojlanishiga alohida tus berib, vaqt harakatini misli ko’rilmagan darajada jadallashtirdi. Yer kurrasi «kichrayib», insoniyat uchun tor bo’lib qoldi, uning bir chetidan narigi chetiga o’tish endilikda soatlar bilan (Oy, Mars, Venera va boshqa kosmik jismlarga uchish tezligi va vaqtini hisobga olmaganda) o’lchanmoqdaki, XX asrda buni hatto tasavvur qilish ham mumkin emas edi.

Download 39,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish