Dars o‘quv maqsadi: Mafkuraviy faoliyat va g‘oyalarning amalga oshish jarayonini ochib berish.
Tushunchalar va tayanch iboralar: «Mafkuraviy faoliyat», «individualizm», «ijtimoiylik», «formalizm», “mafkuraviy tarbiya”, “mafkuraviy immunitet”, “mafkurasizlashuv”, “yoshlar madaniyati”, “mafkuraviy yangilanish”, “mafkuraviy tahdid”, “buzg‘unchi g‘oyalar”.
Asosiy savollar.
“Mafkuraviy faoliyat” tushunchasi.
Mafkuraviy faoliyat tizimi va uning elementlari.
Mafkuraviy faoliyatni amalga oshirish yo‘llari, usullari, tamoyillari va vositalari.
Individualizmning mohiyati va namoyon bo‘lish shakllari.
Mafkuraviy tarbiyaning ahamiyati.
Mafkuraviy yangilanishning zarurati.
Mafkuraviy tahdidlarning mohiyati.
O‘zbekistonda mafkuraviy faoliyatni amalga oshirishning o‘ziga xos xususiyatlari.
Yangi mustaqil bo‘lgan davlatlarda buzg‘unchi g‘oyalarni ilgari surish masalalari.
Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Jahonning demokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to‘plangan. Yosh avlodni, butun jamiyatni o‘z davlati, mamlakatining mafkurasi ruhida tarbiyalash — sotsiologax, pedagogik, psixologik muammo sifatida faol o‘rganilib, tezkor zamonaviylashtirilib kelinmokda. O‘tgan asrning 60-70 yillari G‘arbiy Yevropa va AQShda mafkurasizlashuvga, ya’ni ijtimoiy hayotni mafkuradan xoli etishga urindilar. Lekin bu yo‘l o‘zini oqlamadi. Chunki tarbiyadagi mafkuraviy bo‘shliq o‘z asoratlarini ko‘rsata boshladi. Bunday holat haqida nufuzli nemis na-shrlarida: "Hozirgi yoshlarimiz o‘rtasida loqaydlik, ruhsizlik, befarklik, anglanmagan norozilik, beqarorlik kayfiyatlari tarzida namoyon bo‘layotgan "yoshlar madaniyati" deb ataluvchi xatti-harakatlar kuchaymokda. Bu — yoshlarning o‘z ajdodlari ijtimoiy va madaniy qadriyatlaridan begonalashayotganliklarining belgalaridir", — degan tashvishli fikrlar bildirila boshlandi. Natijada, "mafkuraviy yangilanish", "qayta mafkuraviylashuv"ga kuchli zarurat tug‘ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kiripshldi Shu tariqa, G‘arbiy Yevropa va AQShning pozitivistik pedagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga e’tiborni, mafkuraviy tarbiyani o‘z ichiga oluvchi "maktabda o‘quvchilarni siyosiy indoktrinatsiyalapshi amalga oshirish" konsepsiyasini ishlab chiqib, amalga opshra boshladi.
Amerika maktablarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish — o‘z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Buni tushunsa bo‘ladi, zero, bugungi yosh avlodning g‘oyaviy, mafkuraviy birligi — ertaga Amerika xalqining g‘oyaviy, mafkuraviy birligini anglatadi-da! Shu sababli AQShning "Millat" ('The Nation") jurnali "Agar ijtimoiy fan o‘qituvchisi maktab sinfidan o‘zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada ishsizga aylanadi", — deya ogoxlantiradi. Xullas:
1. Diniy aqidaparastlik va boshqa yod mafkuralar, eng avvalo, ayrim yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi. Yot mafkura va buzg‘unchi ta’sirlar bilan kurash mafkuraviy tarbiyada loqaydlik, befarqlik kayfiyatining har qanday ko‘rinipshariga murosasizlikni taqozo qiladi.
Qarshi targ‘ibot samaradorligining zaruriy tamoyil-laridan biri — uning tezkorligida bo‘lib, unda muayyan min-taqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o‘quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish ko‘zda tutiladi.
Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bo‘layotgan voqealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni musta hkamlaidi.
Chunki mafkuraviy tahdid o‘zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko‘ra murakkab hodisadir. Bu hakda mamlakatimiz rahbarining shu yil 12-13 may kunlari Andijon shahrida ro‘y bergan voqealar munosabati bilan Oq saroy qarorgoxida, 17 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida mamlakatimiz va chet el jurnalistlari xamda diplomatik korpus vakillari uchun o‘tkazilgan matbuot anjuman-laridagi bayonotlari va muxbirlarning savollariga javobla-rida turli diniy radikal guruxlarni birlashtirib turgan narsa «biz uchun yod bo‘lgan bir maqsadni — diniy davlat, musulmon xalifaligini o‘rnatishni targ‘ib qilmoqda ularni birlashtirib turgan — dunyoviy taraqqiyot yo‘liga bo‘lgan nafrat, g‘arblik jurnalistlar uchun yana bir bor aytmokchiman, konstitu-siyaviy, dunyoviy taraqqiyot yo‘lini qabul qila olmaslik, uni ko‘rolmaslikdir»— deb ta’kidlagan edi. Unga Mustaqil Uzbekistonning hayotiy yutuqlarini dalil-isbotsiz ataylab qoralash, mustaqillikka erishgan mamlakatlarning hammasida mavjud bo‘lgan umumiy muammolarni "faqat O‘zbekistonga xos" deb talqin qilish, erishilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosat yutuqlari moxiyatini, hukumatimizning tashki va ichki siyosatini bu-zib ko‘rsatish; ayrim mamlakatlar turmush tarzi, siyosiy tizi-mini biryoklama ko‘kka ko‘tarish; milliy g‘oyalarimizni obro‘siz-lantirish; ko‘p millatli O‘zbekistonda aholi o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni buzishga qaratilgan kayfiyatlarni uyg‘otish va nizolar keltirib chiqarishga urinish; odamlarning diniy tuyg‘ularini junbushga keltirish, diniy yovqarashni paydo qilish kabi yo‘nalishlar xosdir.
Individualizm (lat. idividuum - bo‘linmas) – turli sotsial birliklar oldida shaxs avtonomiyasi va ustunligini e’tirof etuvchi falsafiy-etik prinsip. Individualizmni ko‘rib chiqishning ikki yo‘nalishi mavjud: konseptual (falsafiy, etik, mafkuraviy, siyosiy) va amaliy (real hayotiy pozisiya). Uyg‘onish davriga kelib, Gelvesiy va Golbax, Feyerbax, Chernishevskiy “ongli egoizm” nazariyalari shakllandi. Shopengauer fikriga ko‘ra, insonga xos bo‘lgan yashash irodasi, uning individualligi sababidir. Faqatgina san’atda (chunki unda inson irodasiz sub’ektga aylanadi) va ahloqda individualizm yo‘qoladi. XX asrlarda individualizm g‘oyalarini Sartr va Bergson, Yaspers, Yung asarlarida ko‘rish mumkin. Sartrning o‘zini-o‘zi tanlaydigan va yaratadigan insoni, o‘z yo‘lini tanlashda mutloq avtonom va yagona javobgar xisoblanadi. Bergson falsafasida individualizm ochiq moral va dinamik dinning tarkibiy qismi sifatida ko‘rilgan. Yaspersga ko‘ra, insonning transsendentligi uning individualligini aks ettiradi. Yung psixologiyasida arxetiplar shaxs individualligining rivojiga xissa qo‘shadi.
Umuman, Individualizm arxaik ong uchun xos emas, sababi u faqatgina shaxs avtonomiyasining yuqori darajali ko‘rsatkichlarida mavjud bo‘la oladi. Zamonaviy jamiyatlarda Individualizm fenomeni – bu standartlashtirish va shaxssizlantirishga, inson ongini manipulyatsiya qilishga, totalitar tuzumlarga, insonga utilitar yondoshuvlarga qarshi kurashda namoyon bo‘ladi. Bu kurash, nigilizm, skeptisizm, sinizm, volyuntarizm, anarxizm, egoizm, avtoritarizm kabi shakllarni olishi mumkin. Individualizmning moralda namoyon bo‘lishi bu egoizm.
XXI asrni axborot asri, axborot texnologiyalari asri deb atash tobora rasm bo‘lmokda. Chunki asrimizda keng qamrovda va jadal sur’atlarda tarqalayotgan informatsiyalar insonning istaklarini, didini o‘zgartirishga, fikriga ta’sir qilinsh mumkin. Tan olish kerak, tomosha qilinayotgan seri-allardan tortib bolakaylarga aytib beriladigan ertakkacha, boringki, o‘qiyotgan kitoblarimiz ham qandaydir mafkura-viy ta’sir samarasiga ega — ularda muayyan g‘oyalar targ‘ib qilinadi. Bu holat «Eng asosiy narsani ko‘z bilan ilg‘ab bo‘lmay-di» degan fikrni yana bir karra tasdiqlaydi. Bunday ko‘zga ko‘rinmas qudratli targ‘ibot kuchlari kishini hamma yerda va har kuni qurshab turadi. Bu kuchlarning maqsadi — insonni nimagadir ishontirish, nimagadir undash, nimagadir og‘dirish. Tadbirkor mahsulotini reklama qilib, uni sotib olingga undaydi. Diniy arboblar o‘z diniga e’tiqod qilishga chaqira-di. Xalqaro maydonda ba’zi davlatlar o‘zining «katta og‘a» ekanini uqtirishga harakat qiladi. Lekin tanganing orqa tomoni ham bo‘ladi-ku. Agar o‘sha molini maqtayotgan tadbirkor tamaki sotayotgan bo‘lsa-chi? Uning zarari haqida odamlarni kim ogohlantiradi? Agar o‘sha dindor, din chetda qolib, dav-lat tuzumini ag‘darishga chaqirayotgan bo‘lsa-chi? Bunday buzg‘unchiliklardan xalqni kim qaytaradi? Yoki jahonda «katta og‘a»larning qo‘lidan tutib emas, mustaqil odim tashlash kerakligini kim tushuntiradi? Bu kabi targ‘ibotni yoki aksil-targ‘ibotni kim tashkil qilishi kerak?
Bugungi kunda rivojlangan davlatlar qudratli targ‘ibot tizimiga ega bo‘lishga intilayotganini alohida ta’kidlash lozim. Masalan, o‘z faoliyatining targ‘ibotiga AQSh huku-mati yiliga 2,5 milliard dollar sarflashi bejiz bo‘lmasa kerak. Fransiya ham o‘z siyosatini aholiga tushuntirish ish-lariga yiliga 100 million frankni bekorga sarflamayotgan-dir? Bu ma’lumotlar targ‘ibot nafaqat dinda, biznesda muhimligini, balki siyosatda ham, ma’naviy-ma’rifiy ishlarda ham muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatadi. De-mak, rivojlangan demokratii davlatlar ham mafkuraviy faoliyatdan sira voz kechmagan.
Puxta ishlab chiqilgan strategik yo‘nalish davlatning is-tiqbolini belgilaydi. O‘zbekistonning strategik maqsadla-ri Islom Karimovning qator asarlarida, jumladan, «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» hamda «Uzbekiston XXI asrga intilmokda» asarlarida belgilab berilgan. Shu maqsadlar sari insonlarni safarbar qilish ularni g‘oyalar shaklida singdirish zaruratini keltirib chiqaradi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlarning taqdiri, so‘zsiz, har bir fuqaro, aniqrog‘i, insonning faolligiga bog‘liqdir. Bu esa islohotlarning mohiyatini xalqqa tushuntirinshi talab qiladi. Shuning uchun rivojlangan mamlakatlarda mafkuraning targ‘iboti «hukumat siyosatining tashviqoti» ko‘rinishida amalga oshiriladi. Davlatning bot islohotchi ekanligi ham O‘zbekiston hukumatining siyosatini maxsus targ‘ib qilishni talab etadi. Bunday targ‘ibot islohotlarni «mafkuraviy asosda ta’minlash»ga xizmat qiladi.
O‘zbekiston hayotidagi o‘zgarishlar insonlar ongida ham katta o‘zgarishlar qilishni talab etadi. O‘tish davrini boshidan kechirayotgan har qanday davlat yangi zamon kishisinitarbiyalash haqida jiddiy qayg‘urishi, tabiiy. Demak, O‘zbekistonda ham «komil inson» g‘oyasida e’tirof etilgan shaxc sifatlarini fuqarolarda qaror toptirish vazifasi ko‘ndalang turibdi. «Fuqarolik ahloqi»ni bunday tarbiyalash mafkuraviy siyosatning negizini tashkil etadi.
Hozirgi davrda inson ongi va qalbini egallash uchun kurash borayotgani hech kimga sir emas. Shuning uchun yot g‘oyaviy ta’sirlarga qarshi kurashda uzilishlarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Bunday sharoitda begona g‘oyalarning qo‘poruvchi ta’siriga qarshi doimiy va uzluksiz aksiltarg‘ibotni tashkil etish muhim sanaladi. Chunki bunday mafkuraviy kurashni nafaqat mamlakatimiz ichkarisida, balki xalqaro maydonda ham olib borish talab etiladi.
Milliy g‘oya va targ‘ibot, tashviqot tushunchasi, milliy istiqlol g‘oyasining targ‘ibot-tashviqoti haqida to‘xtalishdan avval "targ‘ibot" va "tashviqot" tushunchalarining o‘zagiga e’tibor qaratish zarur. "Targ‘ibot" tushunchasining o‘zagini "rag‘bat" so‘zi tashkil etgani bois ham, u insonni biror harakatga rag‘batlantirishni nazarda tutadi. "Tashviqot” tushunchasining o‘zagi esa "shavq" so‘zidan olingan bo‘lib, u kishida biror narsaga shavq uyg‘otishga yo‘naltiriladi. Ochig‘i, targ‘ibot insonning ongi va qalbini egallashga qaratilgan. Targ‘ibotchilarni bekorga «inson qalbining sozlovchilari» deb atamaydilar. Demak, targ‘ibot-tashviqotdan maqsad — bilim orttirish emas, balki kishini biror harakatga undashdan iborat. Masalaga ana shu jihatdan qaraydigan bo‘lsak, "milliy istiqlol g‘oyasi" haqida ma’lumot berish bilan cheklanmasdan, mafkuraviy maqsadlarni aniq vazifalar shakliga keltirishimiz, milliy istiqlol mafkurasidagi asosiy g‘oyalarning amaliy harakatlarga aylanishiga erishishimiz zarur. Chunki milliy g‘oya chuqur e’tiqodga aylangan taqdirdagina u ulkan kuch va qudratga ega bo‘ladi. Buning uchun esaxalqda mafkuradan o‘rin olgan g‘oyalarga kuchli ishonch, e’tiqod va unta a mal qilish bo‘lishi lozim.
Milliy g‘oyani singdirish usullari, texnologiyalari, ustuvor yo‘nalishlari XXI asrda insoniyat o‘z taraqqiyotining sifat jihatidan yangi pallasita qadam qo‘ydi. Dunyoda katta o‘zgarishlar sodir bo‘layotgan bugungi kunda ijtimoiy makon-ni o‘zlashtirishning yangi usullari, jumladan, yangi texno-logiyalar keng rasm bo‘ldi. Texnologiyalar asri deb atalayotgan XXI asrda ishlab chiqarishda ekoriy etilgan yangi texnologiyalar mehnat samaradorligini misli ko‘rilmagan darajada o‘sti-rib yubordi. Biroq yangi texnologiyalar faqat sanoat va qishloq xo‘jaligida qo‘llanilmayapti, balki ma’naviy, mafkuraviy jarayonlarda ham o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizdagi mafkuraviy jarayonlarga ham shu nuqtai nazardan yondoshish milliy istiqlol g‘oyasini targ‘ib qilishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish zaruratini ko‘rsatadi. Milliy istiqlol g‘oyasini xalq qalbi va ongiga singdirish muayyan texnologiya asosida olib borilganida tadbirlarning ketma-ketligi, miqyosi va me’yori, davomiyligi va tamoyillari singari jihatlar qamrab olinadi. Ularning muximligi ngunda ko‘rinadiki, masalan, targ‘ibotda me’yorning buzilishi, milliy mafkura to‘g‘risida hadeb va noo‘rin gapiraverish, me’yorni bilmaslik teskari samara berishi mumkin. Targ‘ibot texnologiyasi milliy mafkura mazmun-mohiyatiga moe bo‘lgan taqdirdagina kutilgan natijaga erishish mumkin.
O‘zbekistonda mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishning ustuvor yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
belgilangan tadbirlarning yuqori darajada uyushqoqlik bilan o‘tkazilishini ta’minlash;
milliy istiqlol g‘oyasining targ‘iboti sifatini muntazam oshirib borish;
davr talablaridan kelib chiqqan holda mafkuraviy ish-larni tashkil etishning yangi, samapali yo‘llarini izlash;
bu sohada eski uslublarning mutlaqlashtirilishiga, andozalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik;
mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda ijtimoiy muhitni hisobga olish;
mafkuraviy jarayonlarni tashkil etishda uchraydigan rasmiyatchilik va majlisbozlik ko‘rinishlariga barham berish;
mafkuraviy faoliyatning qanchalik samarali olib bo rilayotganini bilish maqsadida uning monitoringini tashkil etish.
Milliy g‘oyaning targ‘ibot-tashviqotini tashkil etishda quyidagi tashkiliy tamoyillarga amal qilinishi maqsadga muvofiq:
Do'stlaringiz bilan baham: |