Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet39/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi — xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi.
Din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini o‘ziga xos tarzda in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri. U dastlab inson hayotining ibtidoiy davrida vujudga kelgan va o‘sha zamonda yashagan insonlarning dunyoqarashini ham aks ettirgan. Din dunyo, inson va boshqa mavjudotlarning yaralishi va kelib chiqishini, hayotning ma’no-mazmuni, insonning yashashdan ko‘zlagan maqsadi kabi masalalarga ilohiy nuqtai nazardan javob beruvchi dunyoqarash shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni, shuningdek, diniy tuyg‘uni o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm-fan, falsafa, xuquq, axloq kabi) o‘zida mujassamlashtirgan va ularga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning sharofatidandir. Prezident Islom Karimov so‘zlari bilan ifodalaganda, «din bizning qon-qonimizga, ongu shuurimizga shu qadar teran singib ketganki, uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo‘lmaydi».
Diniy e’tiqodlarning mohiyati umumiy ekaniga qaramasdan, dinlarning ko‘rinishi xilma-xildir. Dunyoda juda sodda, qadimiy dinlar bilan bir qatorda, umumjahon ahamiyatiga molik, murakkab, jahon dinlari ham mavjud. Ular tarixiy zaruratga qarab, turli davrlarda vujudga kelgan.
Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslangan va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Jahondagi barcha yirik dinlar bu dunyoni foniy, o‘tkinchi hisoblaydi. Ular insonning yashashdan asl maqsadi bu dunyoda xayrli, savobli ishlar qilib, boqiy dunyo sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, jannat saodatiga sazovor bo‘lish, degan g‘oyani targ‘ib etadi. Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni, kishilar o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida o‘rnatish masalasi ozmi, ko‘pmi o‘z aksini topgan. Shu boisdan ham ular har bir vatandoshimiz, ayniqsa yoshlar, avvalo, dinlar tarixini, ularning asl mohiyatini chuqur bilishi lozim. Shundagina ularni g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab yurgan kuchlar yo‘ldan chalg‘itolmaydi.
Vatanimiz hududida islom dini qaror topganiga qadar zardushtiylik, buddaviylik, moniylik, xristianlik, mazdakiylik, shomoniylik kabi dinlar ham mavjud bo‘lgan. Ular negizida o‘sha davrda barchasining sintezi natijasida betakror madaniyat vujudga kelgan. Zardushtiylik ta’limoti bo‘yicha ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi doimiy kurashda oraliq yo‘l yo‘q, shuning uchun har bir odam bu kurashning u yoki bu tomonida ishtirok etishga majbur. Bu dinning uch tayanchi bo‘lib, ular fikrlar sofligi, so‘z sobitligi, amallarning insoniyligidan iborat. Bu jihatlar zardo‘shtiylikda «ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu ish» tarzida ifodalangan.
Konfusiylik ta’limotiga ko‘ra, odamlar ijtimoiy kelib chiqishi yoki jamiyatdagi mavqei orqali emas, balki odamiylik, adolatparvarlik, haqiqatparvarlik, samimiyat kabi yuksak fazilatlar vositasida yuksak kamolotga erishishi mumkin. Induiylik falsafasiga ko‘ra, inson o‘z hayotida nimaiki yomonlik qilsa, oqibatsiz qolmaydi, buning uchun, albatta, jazo oladi.
Hozirgi zamonda dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi nafaqat dinlarlar, balki butun jamiyat a’zolarining ezgulik yo‘lidagi hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi.
Azal-azaldan ona yurtimizda islom, nasroniylik, iudaviylik kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid va cherkovlarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular orasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik borasida ulkan tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, dunyoviy davlat barpo etilmoqda. Qurilayotgan jamiyatning tamoyillari, huquqiy asoslari ishlab chiqilgan va xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Davlat qonuniy asosda barcha dinlarga, barcha e’tiqod egalariga teng imkoniyatlar yaratib bergan. Diniy tashkilotlar bilan munosabatlarning qonun asosida, ularning haq-huquqlarini hurmat va himoya qilish asosida olib borilayotgani e’tiqod erkinligini amalda ta’minlamokda. Ayni vaqtda diniy tashkilotlardan ham qonun oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish talab qilinadi. Bu — xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan to‘g‘ri yo‘ldir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘ndan ziyod konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi - xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish orzusini amalga oshirish uchun mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish