Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet44/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

keng qamrovlilik, bunda jamiyatning barcha a’zolariga g‘oyalar xilma-xilligi asosida mafkura ni singdirish, bu jarayonda aholining barcha qatlamlarini qamrab olish nazarda tutiladi. Natijada, jamiyatning barcha bo‘g‘inlari g‘oyaviy ta’sir doirasida qamrab olinadi; — umumiy maqsadga yo‘naltirilganlik; — faol insonni tarbiyalash va inson salohiyatini yuzaga chiqarish mafkuraning bosh maqsadi qilib olinadi;

  • uzluksizlik — milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotining makonda va zamonda doimiyligini, uning yaxlit tizim shak-liga keltirilishini anglatadi. Uzluksizlik tamoyili mil­liy istiqlol g‘oyasini xalq ongiga singdirish uchun mamlakatda muayyan mafkuraviy maydon yaratishni taqozo qiladi. Bu maydondagi har bir holat va harakat, jumladan, ta’lim tizimidagi o‘quv rejalari, dasturlar, dareliklar, o‘quv qo‘llanmalari, sinf va auditoriyalar, ko‘rgazmali qurol-lar milliy istiqlol g‘oyasiga uyg‘un bo‘lishi talab etiladi;

  • ketma-ketlik — har bir bosqich uchun taraqqiyot va inson kamolotiga xizmat qiladigan qadriyatlarni singdirish maqsadida mafkuraviy tashviqot rejalashtiriladi;

  • boskichma-boskichlik — milliy mafkurani targ‘ib qilinshing ruhiy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lib, ham targ‘ib qiluvchi, ham qabul qiluvchining muayyan tayyorgarlik bosqichlaridan o‘tishini taqozo qiladi. Aytaylik, boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga milliy mafkuraning falsafiy va etnik ildizlari to‘g‘risida gapirish noo‘rin bo‘lishdan tashqari mutlaqo samarasiz hamdir. Shuning uchun bog‘chada, boshlang‘ich sinflarda, to‘liqsiz o‘rta maktabda, yuqori sinflar, litsey va kollejlar, oliy o‘quv yurtlari va mehnat jamoalarida mafkuraviy ish tinglovchi va o‘quvchilarning yoshi, bilimi, ma’lumoti kabi jihatlarini hisobga olib aniq belgilan­gan reja asosida olib borilishi kerak;

    me’yoriylik — aksiltarg‘ibotni keltirib chiqaradi-gan, hayotdan uzilib qolishga olib keladigan balandparvozlik, rasmiyatchilik va takrorlanishlarga yo‘l qo‘ymaydi;

    • shaxsiy ibrat — milliy g‘oyani targ‘ib qilishda muvaffaqiyatni ta’minlaydigan muhim omillardan biri. Mak-tab muallimi darsda o‘quvchilarga millat manfaatlari, orzu-umidlari, intilishlari to‘g‘risida balandparvoz gaplarni gapirsa-yu, o‘zi hayotda shu manfaatlarga zid ishlarni qilsa, bu targ‘ibotning samarasi nolga tent bo‘ladi. Mamlakat va millat ravnaqi to‘g‘risida og‘iz ko‘pirtirib gapiradigan boshliq bo‘shab qolgan lavozimga layoqatli va munosib xodim qolib, o‘ziga qarashli, lekin bu o‘ringa nomunosib odamni tiqishtirsa, u millatning yuziga oyoq qo‘ygan bo‘ladi va uning milliy mafkurani aksiltarg‘ibot qilgan bo‘ladi. Shuning uchun, milliy g‘oyani aholi ongiga singdirishda targ‘ibotchilar faoliyatida ish bilan so‘z birligini ta’minlash, ayniqsa, rahbar xodimlarning shaxsiy ibrat ko‘rsatish tamoyiliga amal qilishi muvaffaqiyatni ta’minlaydigan eng muhim omillardan biridir. Korxona, tashkilot, muassasa rahbari, ular davlat sektori yoki xususiy sektorga tegishli bo‘lishidan qat’iy nazar o‘z jamoasidagi ma’naviy-g‘oyaviy jarayonlarga mas’ul bo‘lishi kerak;

    • ilgor targibot-tashvikot texnologiyalaridan foy­dalanish — bunda g‘oyaviy targ‘ibotga insonlarni mohirona boshqarish usuli sifatida qaraladi. Milliy istiqlol g‘oyasi-ning targ‘iboti qotib qolgan narsa emas, faol jarayondir. Shuning uchun uni qadimdan qolgan va’z aytish va ma’ruza o‘qish kabi targ‘ibot shakllari yordami bilangina keng xalq ommasi ongiga singdirib bo‘lmaydi. Maqsadga erishish uchun targ‘ibotning faol shakllaridan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Yoshlar orasida targ‘ibot olib borilganda munozara, bahs, davra suhbati kabi shakllardan oqilona foydalanilsa maqsadga tezroq va to‘laroq erishish mumkin. Yoshlarning fiziologik va ruhiy xususiyatlari va’z va ma’ruzalarni emas, ko‘proq interaktiv usullar va sanab o‘tilgan targ‘ibot shakllaridan foydalanishni taqozo qiladi.

    Mazkur targ‘ibot tamoyillari milliy istiqlol g‘oyasini inson ongi va qalbiga singdirishning barcha bosqichlari uchun umumiy va bir xil bo‘lib, turli bosqichlarda, turli shakl va vositalardan foydalanganda odamlarning yoshi, kasbi, ma’lumoti kabi xususiyatlari hisobga olinadi. Targ‘ibot olib borishda sanab o‘tilgan tamoyillarning muayyan auditoriya xususiyatlariga mosligini ta’minlash targ‘ibot samarador-ligini ta’minlaydigan eng muhim omildir.
    Targ‘ib qilinayotgan g‘oyalarning inson ongida axborot, ma’lumot tarzida o‘rnashishi kifoya qilmaydi, ular insonning yurak-yuragiga yetib borganidagina ular inson qalbiga chuqur o‘rnashadi. Buning uchun esa auditoriya targ‘ibotchining mil­liy g‘oyaga chuqur ishonchi va qat’iyatini his qilishi kerak. Lekin targ‘ibotda g‘oyalarga e’tiborki tortish bilan ham qano-atlanish mumkin emas. Chunki e’tiborni jalb qilish — tar-g‘ibotning birinchi bosqichi, xolos.
    Targ‘ibotning keyingi bosqichi g‘oyani to‘g‘ri va atroflicha tushuntirishni, mafkura bilan bog‘liq barcha savollarga javob topib berishni talab qiladi. Chunki milliy g‘oyani tushunish — unga ishonish demakdir. Ana shu yerda bir savolga duch kelamiz: nima ko‘proq ishonch uyg‘otadi: jiddiy dalillar bi­lan asoslangan axborotmi yoki hissiyotlarni uyg‘otuvchi ma’-ruzami? Targ‘ibot davomida insonning hislariga, qalbiga murojaat qilish katta samara beradi, albatta. Lekin ishonchli dalillar, e’tiroz uyg‘otmaydigan hayotiy ma’lumotlar-ning keltirilishi bu g‘oyalarni hayotga tatbiq qilishdan ham-mamiz manfaatdor ekanligimiz haqidagi fikrni uyg‘otadi.
    Targ‘ibot jarayoni shu yerda tugaydi, deb o‘ylaydiganlar katta xato qiladilar. Zero, mafkura yangi ishlarga ilhomlantiradi, harakatga undaydi. Harakatsiz mafkura esa saf-satabozlikdan bo‘lak narsa emas. Demak, insonlar milliy mafkuradan o‘rin olgan g‘oyalarga moe harakat qila boshlaganlaridagina milliy g‘oya xalqning e’tiqodiga aylanganligi haqida xulosa qilish mumkin.
    Ommaviy axborot vositalari — eng asosiy, qudratli va ta’sirchan mafkura vositasidir. Chun­ki ommaviy axborot vositalari ommaning o‘ziga xos tarbiyachisi, muhim tadbirlarning tashkilot-chisi, dolzarb muammolarni hal qilishning ta’sirchan quroli bo‘lib xizmat qiladi. Aynan ommaviy axborot vositalari orqali milliy qadriyatlarimiz va umuminsoniy qadriyatlar, milliy g‘oya va demokratik tamoyillar targ‘ib-tashviq qilinadi. Ommaviy axborot vo­sitalari doimo demokratiya va so‘z erkinligining o‘ziga xos o‘lchovi, ko‘rsatkichi bo‘lib kelgan. Erkin va mustaqil ommaviy axborot vositalari demokratik taraqqiyotni rag‘batlantiradi va mustahkamlaydi.
    Totalitar tuzumda ommaviy axborot vositalari axborot uzatish vositasi va yakka hukmron g‘oyani singdirish quroli bo‘lib xizmat qilganligini hammamiz yaxshi bilamiz. "Majburiy yakkafikrlash" davri deb atash mumkin bo‘lgan bu pallada ommaviy axborot vositalarida hayot faqat yorqin bo‘yoqlarda tasvirlanib, muammolar haqida gapirilmagan edi. Chunki o‘sha paytda muammolar va illatlar haqida gapirish — kommunizm singari "benuqson" va "mukammal" tuzumga xalqning ishonchini pasaytirib yuborishi mumkin edi. Yakkayu yago-na partiya, yakkayu-yagona mafkura va yakkafikrlash siyosati har qanday plyuralizmni, fikrlar xilma-xilligini va, ayniqsa, g‘oyalar xilma-xilligini mutlaqo inkor qilar edi. Barcha jurnalistlar sobiq Markazdagi "mutassaddi rahbarlar"ning og‘zini poylab, buyrug‘ini kutib, ularning ko‘rsatmasiga qat’iy amal qilgan holda faoliyat yuritar edi. Shu davrlarni boshdan kechirganmiz, lekin ming afsuski, ayrim kishilar ishga ana shunday yondashishdan xali-xanuz voz kecha olmayaptilar, o‘sha davrlardan qolgan ayrim eski qolip va aidozalardan qutula olmayaptilar.
    Hayotiylik — bugungi kunda ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga qo‘yilayotgan asosiy talab. Berilayotgan axborotlarning asosan yutuqlarni ko‘rsatish, maqtovlardan iborat bo‘lishi targ‘ibotga qanchalik foydali yoki zararli ekanini chamalab ko‘rish lozim. Hayot bor ekan, muammolar, kamchiliklar, nuqsonlar bo‘laverishi tabiiy. Bu — isbot talab qilmaydigan aksioma. Shunday ekan, muammolarning mavjudligiga fojea sifatida emas, odatdagi narsa deb qarashga o‘rganish kerak. Ularning borligini ko‘rib, o‘zini ko‘rmaganlikka olish bilan faqat zarar keltirishi mumkin. Demak, muammolarni o‘z vaqtida tan olish, ularni hal qilishga kirishish lozim.
    Ta’kidlash joizki, targ‘ibotning negizida faqatgina g‘oyaga ishonch emas, g‘oyani targ‘ib qilayotgan insonga ishonch ham yotadi. Shu bois, maqtash targ‘ibotning yagona va hatto eng to‘g‘ri usuli ham emas. Demak, mafkurani hayotni faqat maqtash, uni benuqson tasvirlash orqali targ‘ib qilish mumkin emas.
    Bunga bir misol. Bir vaqtlar AQSh fuqarolarida demokratik tamoyillarning bir oz qadrsizlanishi kuzatilgan edi. Mutaxassislar tomonidan bu muammoning turli yechimlari taklif qilindi, lekin targ‘ibotning bir oz noan’anaviy usuli tanlab olindi: demokratiyaning kamchiliklari oshkora aytildi, uning ba’zan «ishlamayotgani» ochiq tanqid qilindi va unga muqobillar sifatida kommunizm va monar­xiya targ‘ib etildi. Targ‘ibotning bu usuli kutilgan samarani berdi: odamlar «yomon bo‘lsa ham, demokratiyadan qo‘ymasin» degan fikrga keldilar va demokratiyaning ashaddiy himoyachilariga aylandilar.
    Bugungi kunda O‘zbekistonda ommaviy axborot vositala-rini haqiqiy "to‘rtinchi hokimiyat"ga aylantirish muammosi o‘ta dolzarb bo‘lib turmoqda. Ularni musta qil ijtimoiy kuchga, siyosiy tizimning to‘laqonli bo‘g‘iniga va jamoatchilik fikrini shakllantiruvchi ta’sirchan vositaga aylanti­rish vazifasi pguni talab etmoqda. OmmaviY axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyat yuritishlari uchun mustahkam huquqiy asos yaratilgan, jurnalistlarni tayyorlash masalasiga davlat darajasida e’tibor berilmoqda, jurnalist-kadrlarni o‘zimizda tayyorlash bilan qanoatlan-may, bu soha mutaxassislarining xorijda ta’lim olishla-ridan mablag‘ ayalmayotir. Ko‘rinib turibdiki, ommaviy ax­borot vositalarining rivojlanishi uchun qulay muhit yara­tilgan.
    G‘arbda ommaviy axborot vositalariga qo‘pol bo‘lsa ham jamiyat manfaatlarini "qo‘riqlovchi ko‘ppak", deb nisbat beradilar. Yetuk demokratik davlatlarda ular jamiyatning "ko‘zlari", "quloqlari" vazifasini bajaradilar. Ogohlantiruvchi tizim sifatida ular jamiyatdagi illatlardan xa­bar beruvchi, muammolarni dadil ko‘tarib chiqib, ularning turli yechimlarini taklif qiluvchi qudratli kuchga aylangan.
    Ta’kidlash joizki, ommaviy axborot vositalari faoliyatining plyuralizm tamoyili asosiga qurilishi demok­ratiyaning taraqqiyotiga xizmat qiladi. Buning uchun qarama-qarshi nuqtai nazarlardan iborat bo‘lgan dasturlarni yaratish, muqobil fikrlar to‘qnashuviga erishish lozim. Shunda-gina ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shak-llantirish va rag‘batlantirishga qodir bo‘ladi. Ko‘pgina mam-lakatlarda ommaviy axborot vositalarining islohoti "g‘oyalar bozori"da xali aytilmagan yangi fikrlarni uzatishga qaratiladi. Lekin o‘rinli bir savol tug‘iladi: bu "bozor" har qanday g‘oyalar uchun ham ochiq bo‘lishi kerakmi? Yo‘q, albatta. Ekstremistik nuqtai nazarlar, g‘ayriinsoniy tabiatga ega fikrlar va qo‘poruvchilikka chaqiruvchi g‘oyalarga bu "bozor"da o‘rin yo‘q. Lekin jamiyatimiz ravnaqiga xizmat qiluvchi, bunyodkorlik tabiatiga ega, hayotimizni farovonroq qilishga yo‘naltirilgan yangi g‘oyalar, taklif va tavsiya-lar bu "bozor"da bemalol raqobat qila olishlari kerak.
    Oxirgi paytlarda informasion hurujlarning tez-tez uyushtirilayotgani aslida urushga munosabatning o‘zgarganli-gidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Bu qurol — axborotdir. Bunday qurol yordamida olib boriladigan informasion urushlarda insonning ongi va qalbi nishonga olinadi. Garchi u daydi o‘q singari insonni jismo-nan yo‘q qila olmasa-da, uning qo‘poruvchilik kuchi, keltiradigan talofotlari har qanday ommaviy qirg‘in quroliniki-dan kam emas. Chunki bu qurol yordamida ongga berilgan zarba-lar kishini adashtiradi, uni o‘z manfaatlariga zid harakat qilishga undaydi va demak, insonni boshqarish, uning usti-dan hukmronlik qilish imkonini beradi. Aslida, axborot maqsadga erishishning eng arzon vositasi ham sanaladi. Haqiqatan ham, informasion hurujlar uyushtirish uchun u qadar ko‘p mehnat, u qadar ko‘p harakat, u qadar ko‘p harajat talab etilmaydi. Garchi bunday mafkuraviy ekspansiya otishmalar va qon to‘kishlarni keltirib chiqarmasa-da, mil­liy o‘zlikni anglashni zaiflashtirish evaziga tanazzulga olib keladi.
    Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, bunday infor­masion qo‘poruvchilikdan maqsad - mamlakatimiz aholisiga axborot orqali va mafkuraviy yo‘l bilan tazyiq o‘tkazish, jahon afkor ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga intilishdan iborat. "Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar" risolasidagi ba’zi fikr-lar ham bugungi hurujlarning maqsadini oydinlashtiradi. Ushbu risolada aytilishicha, geopolitik maqsadlar — Davlatning o‘zga hududlarda o‘z mavqei va ta’sirini kuchayti-rishga qaratilgan siyosatdir. Ochig‘i, bu ta’rif ayrim omma­viy axborot vositalarining faoliyati nimaga yo‘naltiril-ganligini fot etib qo‘ymoqda.
    Yirik siyosatchilardan biri Buyuk Britaniya sobiq Bosh vaziri Margaret Tetcher: "Ommaviy axborot vositalari — terrorchilar uchun kislorod vazifasini o‘taydi", degan. Bu gapning mag‘zini chaqqan odam "ommaviy axborot vositalari terrorchilar uchun havodek zarur ekan", degan xulosaga kela­di. Bir qarashda bu fikr mantiqsizday tuyuladi. Chuqurroq o‘ylab ko‘rsak-chi? Aslida, terrorchilar bir qancha insonlarni shafqatsizlik bilan o‘ldirish orqali millionlarda qo‘rquv va dahshat uyg‘otishga intiladilar. Demak, ularning maqsadlari — o‘ldirish emas, jamoatchilikka kuchli ta’sir qilish-dir. Taassufki, ba’zi ommaviy axborot vositalari o‘zlari bilmagan holda terrorizmning buzg‘unchilik, qo‘poruvchilik ta’sirini yanada oishrishga "xizmat" qilib qo‘yadilar. Ular­ning terror oqibatlari haqidagi vahimali axborotlari insonlardagi qo‘rquvni, dah1patni, himoyasizlik hissini yanada kuchaytirib yuboradi. Bu kabi axborotlarga qarshi aksiltarg‘ibotni uyushtirish zarurati tug‘iladi.
    Aksiltarg‘ibot «g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashish» tamoyi-liga moe ravishda olib borilishi kerak. Bunda davlatimiz siesatiga qarshi kuchlarning g‘oyaviy hujumlarini qaytarish talab etiladi. Xususan:

    • horijiy jurnalistlarning hukumat siyosatini buzib talqin qiluvchi chiqishlariga;

    • diniy aqidaparastlarning tanlagan yo‘limizga qarshi mafkuraviy qo‘poruvchilik harakatlariga;

    • rivojlangan davlatlarning o‘z mafkurasi hukmronligini o‘rnatish yo‘lidagi urinishlariga;

    • axborot xilma-xilligi sharoitidagi informasion tajovuzlarga;

    • odamlar ongida saqlanib qolgan kommunistik mafkuraning asoratlariga qarshi faol kurashish zarur.

    Aksiltarg‘ibotni tashkil etishda tezkorlik, qat’iyatlilik, hujumkorlik, murosasizlik talab qilinadi. B u borada tayyorlangan materiallar dalillar bilan isbotlangan, haqqoniy, ommabop va barcha uchun tushunarli bo‘lishi shart. Aksiltarg‘ibot salbiy ta’sirning oldini oluvchi va foshetuvchi shakllarda amalga oshiriladi. Oldini oluvchi yo‘nalish asosan tarbiyaviy xarakterga ega bo‘ladi. Bunda:

    • fuqarolarning pozisiyalarini shakllantirishda g‘oyaviy raqiblardan o‘zib ketish;

    • insonlarni begona g‘oyalarning noto‘g‘riligini fosh etishga va ularning dalillarini rad etishga o‘rgatish;

    • pinhona ko‘rinishdagi mafkuraviy tazyiqlarga nisba-tan xushyorlikni oshirish;

    • yot mafkuraviy ta’sirlarga qarshi immunitetni shak-llantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.

    Aksiltarg‘ibotning fosh etuvchi yo‘nalishida:

    • g‘oyaviy dushmanlar tomonidan e’lon qilingan fikrlar va baholarni rad etish;

    • «mafkuraviy urush» olib borayotgan taraf tashviqotining mohiyatini ochib berish;

    • mafkuraviy tazyiq ko‘rsatuvchi guruh yetakchilarini obro‘sizlantirish;

    • raqiblarning ruhini susaytirish orqali ularning harakatlarini kuchsizlantirish asosiy maqsad qilib qo‘yiladi.

    Aksiltarg‘ibotning har ikkala ko‘rinishi o‘zaro bog‘liq-likda olib boriladi. Insonning ongi va qalbi uchun shiddatli kurash ketayotgan hozirgi paytda aksiltarg‘ibot bilan max-sus shug‘ullanish zarurligi, shak-shubhasizdir.



    Download 3,96 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   171




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish