Birinchidan, boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar qatori «G‘oyalar falsafasi» fanining ham muayyan bilimlar tizimi, o‘ziga xos mavzulari, tushunchalari, qonun va kategoriyalari mavjud.
Ikkinchidan, uning boshqa fanlar qatori o‘z predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari bor.
G‘oyalar falsafasining predmeti milliy istiqlol g‘oyasining shakllanishi, keng jamoatchilikning ishonchi va e’tiqodiga aylanishi, uning madaniy negizlarini ijtimoiy hayot, mehnat faoliyatida namoyon bo‘lish shart-sharoitlari, omillari, qonuniyatlarining ilmiy-nazariy asoslarini o‘rganadigan fandir.
Ayni paytda, g‘oyalar falsafasi - mustaqillikni qo‘lga kiritish, uni mustahkamlash, O‘zbekistonning dunyo hamjamiyatida o‘ziga xos nufuzga ega bo‘lishi uchun imkon yaratadigan xalqni, millatni jipslashtirib turadigan maqsadlar, manfaatlar majmuidir. Fanning predmetini faqat «g‘oya va mafkura» tushunchalaridan iborat deb tushunmaslik kerak. Bu fanning predmetini hozirgi zamondagi mafkuraviy jarayonlar, uning ma’no-mazmunidagi o‘ziga xos xususiyatlari, ta’sir etish qonuniyatlari, ma’lum bir makonda va davrda namoyon bo‘lish xususiyatlari, uni ko‘p millatli davlatimiz fuqarolarining ongi va qalbiga singdirish yo‘llari hamda uslublarini aniqlash ham tashkil etadi.
Bu jarayon, birinchidan, milliy g‘oyaning fan talablari asosida, bilim va tajriba tizimi orqali kishilarning ongi va tafakkuri, dunyoqarashi, maqsad va intilishlari milliy-ma’naviy merosga munosabatning jamiyat hayotida namoyon bo‘lish xususiyatlari bilan bog‘liq. Ikkinchidan, g‘oyalarning shakllanishi kishilar (xalq, millat, avlodlar) amaliy faoliyatida hamda o‘zaro munosabatlarida ishonch va e’tiqodga aylanishining namoyon bo‘lishi yagona tartib me’yorlarga osonlikcha tushavermaydi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, talabalarga bilim berishda zamonaviy ta’lim texnologiyalarining ahamiyati to‘g‘risida so‘z borganda Prezidentimiz I.A.Karimovning “O‘quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil insonlar etib tarbiyalashda jonbozlik ko‘rsatadigan o‘qituvchi va domlalarga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim-tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko‘tarish diqqatimiz markazida bo‘lishi darkor”2 degan so‘zlarini ta’kidlash o‘rinlidir.
Ushbu majmua har bir mavzu uchun uning pedagogik maqsadi, o‘quv mashg‘ulotning rejasi, vazifa va ko‘zlangan natijalari, o‘quv mashg‘ulotini o‘tkazish shart-sharoiti, o‘qitishning usul va vositalarini mujassamlashtirgan. Shuningdek, bu texnologiya mashg‘ulotining texnologik kartasi, ya’ni o‘qituvchi va o‘quvchining mazkur o‘quv jarayonida erishadigan maqsadi bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyatning bosqichma-bosqich ta’riflanishini ham o‘z ichiga oladi.
Majmua har bir mavzu bo‘yicha ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘qitish texnologiyasi, shuningdek, mustaqil ta’lim bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar hamda boshqa dolzarb qismlardan tashkil topgan. Ma’lumotlar maksimal darajada umumlashtirilgan va tartibga solingan. Ularni o‘zlashtirish va yodda saqlab qolishni ko‘chaytirish uchun jadval va chizmalardan foydalanilgan.
Majmuadagi ta’lim texnologiyasining kirish qismida dastlab «G‘oyalar falsafasi» fanining dolzarbligi va ahamiyati, mazkur o‘quv fanining tarkibiy tuzilishi, o‘qitishning usul va vositalarini tanlashda tayanilgan fikrlar, axborotlar berilib, so‘ngra loyihalashtirilgan, o‘qitish texnologiyalari taqdim qilingan.
Mashg‘ulotlarini tashkil etishda kirish, tematik, muammoli, vizual-ma’ruza, binar ma’ruza, ma’ruza-munozara, hamkorlikdagi ma’ruza, avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza, sharhlovchi ma’ruza kabi noan’anaviy ma’ruza shakllari berilgan. Bundan tashqari muammoli seminar, bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirishga yunaltirilgan seminar, ishbilarmonlik o‘yinlariga asoslangan, munozara kabi yangicha shakllarda seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda ularda o‘qituvchi va talabaning vazifasi aniq ko‘rsatib berilgan texnologiya va texnologik kartalar berilgan.
KIRISH
Talabalarning teran fikrlaydigan, dunyoqarashini yanada boyitadigan, olgan bilimlarini xayotga tadbiq qila oladigan darajada jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar orqali amalga oshirishga qaratilanligi bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |