Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet52/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Diniy bag‘rikenglik g‘oyasi — xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir Vatanda, olijanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi.
Din ijtimoiy hayotni, voqelikni, uning hodisalarini o‘ziga xos tarzda in’ikos ettiruvchi ijtimoiy ong shakllaridan biri. U dastlab inson hayotining ibtidoiy davrida vujudga kelgan va o‘sha zamonda yashagan insonlarning dunyoqarashini ham aks ettirgan. Din dunyo, inson va boshqa mavjudotlarning yaralishi va kelib chiqishini, hayotning ma’no-mazmuni, insonning yashashdan ko‘zlagan maqsadi kabi masalalarga ilohiy nuqtai nazardan javob beruvchi dunyoqarash shaklidir. U bugungi kunda ham shu vazifani ado etib kelmoqda. Din diniy dunyoqarashni, diniy marosimlarni, shuningdek, diniy tuyg‘uni o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlarda din madaniyatning barcha turlarini (ilm-fan, falsafa, xuquq, axloq kabi) o‘zida mujassamlashtirgan va ularga o‘z ta’sirini o‘tkazgan, qadim-qadimdan aksariyat ma’naviy qadriyatlarni o‘zida mujassam etib kelgan. Milliy qadriyatlarning asrlar osha bezavol yashab kelayotgani ham dinning sharofatidandir. Prezident Islom Karimov so‘zlari bilan ifodalaganda, «din bizning qon-qonimizga, ongu shuurimizga shu qadar teran singib ketganki, uni hech qanday kuch, hech qanday tashviqot bilan chiqarib bo‘lmaydi».
Diniy e’tiqodlarning mohiyati umumiy ekaniga qaramasdan, dinlarning ko‘rinishi xilma-xildir. Dunyoda juda sodda, qadimiy dinlar bilan bir qatorda, umumjahon ahamiyatiga molik, murakkab, jahon dinlari ham mavjud. Ular tarixiy zaruratga qarab, turli davrlarda vujudga kelgan.
Chunki dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslangan va yaxshilik, tinchlik, do‘stlik kabi xususiyatlarga tayanadi. Odamlarni halollik va poklik, mehr-shafqat, birodarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi. Jahondagi barcha yirik dinlar bu dunyoni foniy, o‘tkinchi hisoblaydi. Ular insonning yashashdan asl maqsadi bu dunyoda xayrli, savobli ishlar qilib, boqiy dunyo sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish, jannat saodatiga sazovor bo‘lish, degan g‘oyani targ‘ib etadi. Barcha dinlarda inson hayotining mohiyati, mazmuni, kishilar o‘rtasidagi siyosiy-huquqiy, axloqiy munosabatlarni tenglik va adolat mezonlari asosida o‘rnatish masalasi ozmi, ko‘pmi o‘z aksini topgan. Shu boisdan ham ular har bir vatandoshimiz, ayniqsa yoshlar, avvalo, dinlar tarixini, ularning asl mohiyatini chuqur bilishi lozim. Shundagina ularni g‘arazli maqsadlarni ko‘zlab yurgan kuchlar yo‘ldan chalg‘itolmaydi.
Hozirgi zamonda dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi nafaqat dinlarlar, balki butun jamiyat a’zolarining ezgulik yo‘lidagi hamkorligini nazarda tutadi hamda tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashning muhim sharti hisoblanadi.
Azal-azaldan ona yurtimizda islom, nasroniylik, iudaviylik kabi dinlar yonma-yon yashab kelgan. Asrlar mobaynida yirik shaharlarda masjid va cherkovlarning mavjud bo‘lishi, turli millat va dinga mansub qavmlarning o‘z diniy amallarini erkin ado etib kelayotgani buning tasdig‘idir. Tariximizning eng murakkab, og‘ir davrlarida ham ular orasida diniy asosda mojarolar bo‘lmagani xalqimizning dinlararo bag‘rikenglik borasida ulkan tajriba to‘plaganidan dalolat beradi.
O‘zbekistonda erkin fuqarolik jamiyati, dunyoviy davlat barpo etilmoqda. Qurilayotgan jamiyatning tamoyillari, huquqiy asoslari ishlab chiqilgan va xalqimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Davlat qonuniy asosda barcha dinlarga, barcha e’tiqod egalariga teng imkoniyatlar yaratib bergan. Diniy tashkilotlar bilan munosabatlarning qonun asosida, ularning haq-huquqlarini hurmat va himoya qilish asosida olib borilayotgani e’tiqod erkinligini amalda ta’minlamokda. Ayni vaqtda diniy tashkilotlardan ham qonun oldidagi burch va majburiyatlarini bajarish talab qilinadi. Bu — xalqimizning xohish-irodasi bilan tanlab olingan to‘g‘ri yo‘ldir.
Hozirgi kunda mamlakatimizda o‘ndan ziyod konfessiyaga mansub diniy tashkilotlar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularning o‘z faoliyatini amalga oshirishi va mamlakat hayotida faol ishtirok etishi uchun hamma shart-sharoitlar yaratilgan. Bu boradagi huquqiy asoslar O‘zbekiston Konstitutsiyasida, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunda o‘z ifodasini topgan. Ana shu asoslar mamlakatimizdagi barcha din vakillarining hamkor, hamjihat bo‘lib, milliy istiqlol mafkurasining bosh g‘oyasi - xalqimizning ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish orzusini amalga oshirish uchun mustahkam tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Mafkuraviy plyuralizm (lot. Pluralis — xilma-xil-lik, rang-baranglik) — ij-timoiy-siyosiy hayotda turli qatlam, partiya, guruhlar manfaatlarini ifoda etuv-chi g‘oyaviy rang-baranglikni, qarashlar va fikrlar xilma-xilligini ifodalaydi.
Inson va jamiyat hayotida g‘oyalar va mafkuralar xilma-xilligining namoyon bo‘lishi ijtimoiy-ma’naviy ehtiyoj ifodasidir.
Jamiyatda g‘oya va mafkuralar xilma-xilligining kuza-tilishi insonlarning tabiat-jamiyat hodisalari, olam va odam to‘g‘risidagi fikrlari turlichaligi bilan izohlanadi. Umumiy g‘oyaga e’tiqod qilish tufayli turlicha ijtimoiy guruhlar shakllanadi. Ularning maqsad-muddaolari, orzu-istaklari, manfaatlari bir-biridan farqlanishi mumkin. Tabiiyki, ijtimoiy guruhlarning maqsad va manfaatlari-ni aks ettiradigan, ularga ma’naviy-ruhiy kuch bag‘ishlaydigan g‘oyalarni amalga oshirish yo‘llari ham xilma-xil bo‘ladi. Ezgulik, yaratuvchilik, bunyodkorlik, hamkorlik, ozodlik, erkinlikni qaror toptirishga qaratilgan fikrlar mamlakatda osoyishtalik, xalqlar o‘rtasida totuvlik, barqarorlikka xizmat qiladi. Ular mamalakat taraqqiyotida muhim o‘rin tutadi. Ezgulik va yaratuvchilikni targ‘ib qiluvchi fikrlar ezgu va bunyodkor g‘oyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Amir Temurning parokanda bo‘lgai xalqni birlashtirish va shu asosda markazlashgan davlat tuzish to‘g‘risidagi fikrlari negizida mamlakat obodligi, xalq osoyishtaligini ta’minlashga yo‘naltirilgan bunyodkorlik g‘oyalari paydo bo‘ldi. Buzg‘unchilikka undovchi yovuz fikrlar jaholat urug‘ini sepib, urushni targ‘ib qiladi. Buzg‘unchi fikrlar jamiyatdagi muayyan guruhlar, qatlamlarning ongiga singib uning yovuz manfaatlarini ifodalaydigan g‘oyaga aylanishi mumkin. U holda jamiyatda beqarorlik muhiti vujudga kelib, odamlar boshiga katta kulfatlar yog‘ilishi mumkin.
Jamiyatda fikrlar xilma-xil bo‘lgani va bir-biridan farq qilganidek, g‘oyalar ham turli-tuman bo‘lib, mohiyatiga, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi va qaysi ijtimoiy guruhlar-ning manfaatiga xizmat qilishiga qarab bir-biridan farq qiladi. G‘oya bilan g‘oyaning bir-biriga o‘xshamasligi va ular o‘rtasida farq bo‘lishini tabiiy jarayon deb qarash kerak. Qaysi ijtimoiy qatlamning maqsadini ifodalashi va kim-larning manfaatiga xizmat qilishiga, qanday yo‘nalishga ega-ligiga ko‘ra ham g‘oyalar rang-barang bo‘lishi mumkin. Lekin g‘oya va mafkuralarning xilma-xilligi va bir-biridan farq qilishi tabiiy jarayon sifatida qaralishi bilan birga, ularni bir-biriga yaqin mushtarak tomonlari, ayni paytda, bir-biriga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan jihatlari ham bo‘ladi.
Shubhasiz, ma’lum bir g‘oya va mafkurani jamiyat a’zo-lari ongiga majburan singdirish va unga rioya qilishni bar-chadan talab qilish — jiddiy xatodir. Nima uchun? Sababi, masalan, sobiq «Ittifoq davri»da kommunizm g‘oyasini mav-kura yordamida jamiyatning barcha a’zolari qaysi qatlam, ijtimoiy guruh, qaysi millatga va qaysi dinga mansubligi va muddaolari e’tiborga olinmasdan, ular uchun majburiy qilib, dahriylikni da’vo qildi va oqibatda bu g‘oyaning hayotiy ekanligiga odamlarda shubha va ishonchsizlik ortib bordi.
Ma’lumki, mafkura muayyan bir ijtimoiy guruhning, millatning, xalqning, jamiyatning manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan qarashlar, g‘oyalar tizimidir. Bu ti-zim o‘zining falsafiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy, diniy, badiiy negizlariga ega. Demak, mafkura o‘z mohiyati va va-zifasi jihatidan nihoyatda rang-barang bo‘lishi tabiiy­dir. Xuddi jamiyat hayoti turli qatlamlar, yo‘nalishlar va darajalarga ega bo‘lganidek, mafkura ham xilma-xil bo‘lishi mumkin.
Mustaqil O‘zbekiston mafkura yakkahokimligidan voz kech-di va milliy taraqqiyoti uchun keng yo‘l ochdi. Mamlakati-mizda mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga alohida e’tibor beriladi. G‘oya va mafkuralar xilma-xilligi ij­timoiy taraqqiyotga xizmat qiladigan yangidan-yangi g‘oyalar-ning paydo bo‘lishiga turli xalqlar, elatlar, millatlar va siyosiy institutlarning manfaatlarini umumiy tarzda ro‘yobga chiqarishga imkoniyat yaratadi. Shuningdek, u mamla-katimizda ko‘ppartiyaviylik tizimiga ham sharoit yaratadi. Siyosiy partiyalar esa o‘zlari mansub bo‘lgan qatlamlar, siyo­siy guruhlarning manfaatlari, intilishlari, orzu-umid-larini umumlashtirgan holda o‘z harakat dasturlari orq-ali namoyon qiladi.
Shu bilan bir qatorda, tarixiy taraqqiyotning mas’uli-yatli davrlarida jamiyatdagi barcha ijtimoiy guruhlar, millat yoki siyosiy yo‘nalishlarni o‘zida mujassamlashtiruv-chi, ko‘pchilikka maqbul, umum tomonidan ma’qullanadigan, jamiyatning asosiy manfaatlarini o‘zida mushtaraklashti-radigan mafkuralar ham bo‘lishi mumkin. Masalan, milliy ozodlik kurashi mafkurasi, milliy mustaqillik mafkura-si va hokazo. Umummiliy g‘oya jamiyat a’zolarining, xalq ommasining tub manfaatlarini va ko‘nglidagi orzu-intilish-larini ifoda etgani, millatlarning birdamligi, jamiyat­ning qudratini mustahkamlashi, fuqarolar o‘rtasidagi bag‘-rikenglik munosabatlarini ifoda etgani sababli odamlar-ni ulkan maqsadlar yo‘lida birlashtiradigan joziba kuchiga ega bo‘ladi. Bunday g‘oya jamiyatda barqarorlikni ta’minlay-di. Tarix saboklari shundan dalolat beradiki, fikrini er-kin ifoda etadigan shaxs, guruh yoki ijtimoiy qatlam, av-valo, o‘zining aniq-ravshan, asosli qarashlariga ega bo‘li-shi, o‘z nuqtai nazarining oqibati uchun mas’uliyatni o‘z zim-masiga olishi, bahs-munozara madaniyati talablariga amal qilishi lozim. Ya’ni, fikrlar rang-barangligi va qarashlar xilma-xilligi muayyan jamiyatning milliy manfaatlariga, umumbashariy qadriyatlarga, joriy qonunchilik norma lari-ga, ahloqiy mezonlarga zid bo‘lmasligi lozim. Shu sababli jamiyatda bunyodkor-yaratuvchanlik g‘oyalarini ilgari suruv-chi va hayotga tadbiq etuvchi kuchlar jamiyat ahli o‘rtasida o‘z g‘oyalarini singdirishga urinsalar, ko‘pchilik ongiga ijobiy ta’sir etib, jamiyatda barqarorlik, tinchlik, osoyishta-lik va yaratuvchilik ishlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Ma­salan, bu ilk o‘rta asrlarda mamlakatimiz xududida ilm-fan, din, madaniyat, adabiyot, hunarmandchilik rivojlani-shi tufayli iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy-ma’naviy soha-larda uyg‘onish sodir bo‘lib, ko‘plab yetuk allomalarning yetishib chiqishiga olib keladi.
Mafkuraviy tolerantlik – o‘zgalarning turmush tarzi, xulq-atvori, odatlari, his-tuyg‘ulari, fikr-mulohazalari, g‘oyalari va e’tiqodlariga nisbatan toqatli bo‘lish.
Ijtimoiy taraqqiyotdagi o‘zgarishlar hech birimizni e’tiborsiz qoldirmaydi. Shu jihatdan tolerantlik masalasi olam va tabiat, noma’lum va mavhum narsalar bilan bizning munosabatimizni boshqarib turuvchi omilga aylandi.
Umuman, tolerantlik umuminsoniy qadriyatlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, ularning birortasi mazmunida muvozanat buzulgudek bo‘lsa, tolerantlik bemehrlikka, egoizmga aylanib ketadi.
Bugungi kunda yer yuzida barcha xalqlarning o‘zaro hamkorligi va hamjihatligi asosida taraqqiyotga erishish, dolzarb masalalar yechimi yo‘lida ularning kuch va imkoniyatlarini birlashtirish zaruratga aylanmoqda. Bunda shubhasiz, Birlashgan Millatlar Tashkilotining roli har qachongidan oshib bormoqda. Tashkilotning teng huquqli a’zosi – O‘zbekiston va uning Prezidenti Islom Karimovning shu kunning muhim masalalari haqida chiqishlari dunyo siyosatdonlari va keng ommaga ma’qul bo‘layotganini ta’kidlash o‘rinli.
Turli ziddiyatlarni xalqaro darajada yo‘naltirib turishning fuqaroviy-huquqiy tajribasi tolerantlikni kunning dolzarb muammosiga aylantirdi. Chunki u bir tomondan ko‘p qutbli insoniyat dunyosining ob’ektiv natijasi va sharti bo‘lsa, ikkinchi tomondan bu dunyoning o‘z yaxlitligi va hamkorlik sari harakatining muhim omilidir. Suverenlashish jarayonlari ustidan xalqaro nazorat olib borish va ziddiyatlarni tinch yo‘l bilan hal qilish zarurati ko‘ndalang bo‘lib turgan bugungi kunda tolerantlikni ham siyosiy zarurat, ham madaniy me’yor sifatida o‘zlashtirish jarayoni kechmoqda.
A.Gouldnerning ko‘rsatishicha, hozirgi zamon siyosiy falsafasi va sotsiologiyasi XVIII-XIX asrlar davomida shakllangan utilitar madaniyat natijasidir. Bu madaniyat o‘z mavqeini tiklagan sari foyda barcha ijtimoiy hodisalar, munosabatlar va institutlarning yetakchi baholash mezoniga aylandi. Utilitarizm esa maxsus falsafiy-mafkuraviy pozisiyadan o‘rta sinflarning kundalik madaniyatining bir elementi bo‘lib qoldi. Shunday qilib, qadriyatlar tizimida chuqur inqilob yuz berib, barcha kishilar va ularning ijtimoiy o‘rni mana shu qadriyatlar tizimi vositasida baholana boshladi. Utilitarizm umuman tolerantlik fenomeni va liberalizmning sotsiomadaniy zaminini hosil qildi.
Yevropa va Shimoliy Amerika jamiyatlari taraqqiyotining salbiy tomoni madaniy baravarlashtirishda namoyon bo‘ladiki, u keng ommaning fikri va dunyoqarashidagi farqlarni ahamiyatsiz qilib qo‘yadi va oqibatda shaxs va erkin jamiyat taraqqiyotini cheklaydi.
Tom ma’nodagi erkinlik siyosiy hodisalar sifatida namoyon bo‘ladi. Aynan siyosat shaxsiy, xususiy borliqning tor doirasini yorib chiqishi mumkin. Bu ma’noda siyosiy madaniyat jamiyatning siyosiy faoliyat to‘g‘risidagi tasavvurlarini aks ettiruvchi me’yoriy tizim sifatida namoyon bo‘ladi.
Tolerantlik tushunchasining sotsiologik, ijtimoiy-psixologik, siyosiy talqinlariga kelsak, bu yerda hamma narsa birdek aniq va tiniq emas. Chunki tolerantlik, birinchidan, hamma vaqt vektorga, ya’ni tarqalish va amal qilish yo‘nalishiga ega bo‘lishi, ikkinchidan, manzilli bo‘lishi (ob’ekt va sub’ektga ega bo‘lishi), uchinchidan, o‘z vaqtida sodir bo‘lishi va to‘rtinchidan, foydali bo‘lishi kerak.
Boshqacha aytganda, tolerantlik – bu uchinchi shaxs (individ, guruh, jamoa, jamiyat) tomonidan qayd etiladigan muayyan xatti-harakatdir. Faoliyat ko‘rsatmaydigan, besamar tolerantlik yolg‘onchilikdir. Bu tushunchaning sotsial ma’nosi ham aynan mana shunda.
Manzillilikda tolerantlik sub’ekti (individ, guruh, jamoa, jamiyat) va ob’ekti bo‘lishi kerak. Bu o‘rinda ob’ekt vazifasini sotsial strukturaning har qanday aniq elementi bajarishi mumkin. Bu ikki shart o‘zaro bog‘liq va ekvivalentdir.
Uchinchi shart – o‘z vaqtida sodir bo‘lishlik. Muayyan davr, madaniyat va jamiyat taraqqiyotining har bir tarixiy bosqichi uchun tolerantlik bir xilda bo‘lishi, nimadadir farq qilishi yoki butunlay qarama-qarshi ma’no kasb etishi mumkin. Masalan, ijtimoiy siyosat asoslarini ishlab chiqishda buni hisobga olish zarur.
To‘rtinchi shartga ko‘ra, har bir tolerantlik akti alohida olganda ham biror foyda keltirishi, o‘z qimmatiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, bunday xatti-harakatlarning majmuida alohida olingan muayyan madaniyat uchun vorislik saqlanishi lozim.
Tolerantlik hamma vaqt ham mana shu shartlarning o‘zaro bog‘liqligida tushunilmaydi. Qadimgi hind madaniyatidagi aximsa tamoyili, zulmga qarshi turmaslik haqidagi tolstoycha tamoyil yoki shunchaki beparvolik o‘zgaga, begonaga nisbatan murosasozlik tushunchasining hech biri to‘liq aks ettirmaydi va ettira olmaydi ham.
Haqiqiy tolerantlik, faqatgina ijtimoiy yo‘naltirilgan iqtisodiyotga ega bo‘lib shakllangan fuqarolik jamiyati asosida sodir bo‘lishi mumkin. Mana shunday sharoitdagina insonparvarlik qaror topadi. Tolerantlik esa haqiqiy insonparvarlik mevasidir.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish