Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet51/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Millatlararo totuvlik g‘oyasi — umumbashariy qadriyat bo‘lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo‘lib xizmat qiladi.
Bugungi kunda Yer yuzida 6 milliarddan ziyod aholi mavjud. O‘zbekiston hududida esa 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashamoqda. Har bir millat yaratganning mo‘’jizasidir. Jahon dinlarining muqaddas kitoblarida qayd etilishicha, Olloh asli insonni bir ota, bir onadan yaratgan, lekin ular bir-biri bilan muloqot qilishi, tanishishi uchun millatlarga bo‘lib qo‘ygan. Davlatlar bu borada ko‘pmillatli (polietnik) va birmillatli (monoetnik) tarkibga ega bo‘lib, har biri o‘ziga xosligi bilan bir-biridan farq qiladi. Har bir mamlakatda turli millat vakillarining mavjudligi azal-azaldan unga o‘ziga xos tabiiy rang-baranglik baxsh etib kelgan. Har bir millatning umumiy manfaatlari bilan birga o‘z qadriyatlari ham bor. Umumiy qadriyat va xususiy manfaatlar bir-biriga zid kelib qolishi yoki uyg‘un bo‘lishi mumkin. Bunda muayyan mamlakatdagi milliy siyosat muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
O‘zbekiston kabi polietnik mamlakatda turli millatlar manfaatlarini uyg‘unlashtirish, ular orasida totuvlikni ta’minlash taraqqiyotning hal qiluvchi omillaridan biri hisoblanadi. Zero, millatning istiqboli boshqa xalqlar va mamlakatlarning taraqqiyoti, butun jahondagi vaziyat va imkoniyatlar bilan ham bog‘liqdir. Xalqimizning «Qo‘shning tinch — sen tinch», degan maqolida ana shu haqiqat nazarda tutilgan. Butun dunyoda, birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlarda yonma-yon yashayotgan etnoslar orasida tinchlik, osoyishtalik, barqarorlik, hamkorlik, hamjihatlik, teng huquqli munosabat bo‘lmasa, ulardan hech biri o‘zining porloq istiqbolini ta’minlay olmaydi.
Shu bilan birga bir mamlakat doirasida milliy manfaatlarni teng qondirish, ular rivojini ta’minlash juda murakkab masala ekanini ham anglamog‘imiz darkor. Millatlararo totuvlik g‘oyasi ana shu masalani to‘g‘ri hal qilishga yordam beradi. Bu g‘oya — bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli mshlat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir. Bu g‘oya — har bir millat vakilining iste’dodi va salohiyatini to‘la ro‘yobga chiqarish uchun sharoit yaratadi va uni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi kabi ezgu maqsadlar sari safarbar etadi.
Mamlakatimizda ushbu g‘oyani amalga oshirishga katta e’tibor berilmoqda.
Mustaqillik yillarida millatlararo totuvlik g‘oyasi ilgari surilgani va amalda unga erishilgani O‘zbekiston rivojida qo‘lga kiritilgan eng katta yutuqlardan biridir. Mamlakatimiz rahbariyati milliy masalani oqilona, xalqaro tamoyillarga mos yo‘l bilan yechish, millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirish chora-tadbirlarini ko‘rdi. Bu borada konstitutsiyaviy talablar asosida ish tutildi. Yurtimizning ko‘pmillatli xalqi ongida «O‘zbekiston — yagona Vatan», degan g‘oya asosida haqiqiy vatandoshlik tuyg‘usini shakllantirish bu boradagi ishlarning muhim yo‘nalishiga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 8-moddasida «O‘zbekiston xalqini millatidan qat’i nazar, O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», deb aniq belgilab qo‘yilgan. «O‘zbekiston xalqi» tushunchasi mamlakatimizda yashab, yagona maqsad yo‘lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat, do‘stlik va hamjihatlik uchun ma’naviy asos bo‘lib xizmat qiladi. Bundan tashqari Konstitutsiyamizda «O‘zbekiston Respublikasi o‘z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analarini hurmat qilinishini ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi», deb ta’kidlangan. Bu borada hayotimizda ko‘plab tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 1992 yildayoq milliy-madaniy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi «Baynalmilal madaniyat» markazi tashkil etilgani bunga misol bo‘ladi. O‘shanda 12 ta milliy-madaniy markaz faoliyatini birlashtirgan bu jamoat tashkiloti bugun 100 dan ortiq markazlar ishini muvofiqlashtirib turibdi. Mamlakatimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarining o‘z ona tilida o‘qishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgani, oliy o‘quv yurtlari va maktablarda bunga amal qilinayotgani, ko‘plab tillarda gazeta va jurnallar chop etilib, teleko‘rsatuv va radioeshittirishlar olib borilayotgani va boshqa ishlar ham bu boradagi samarali faoliyatning yaqqol dalilidir.
Millatlararo totuvlik g‘oyasini amalga oshirishga g‘ov bo‘ladigan eng xatarli to‘siq — tajovuzkor millatchilik va shovinizmdir. Bunday illat, zararli g‘oya tuzog‘iga tushib qolgan jamiyat tabiiy ravishda halokatga yuz tutadi. Bunga uzoq va yaqin turixdan ko‘plab misollar keltirish mumkin. Birgina fashizm g‘oyasi XX asrda insoniyat boshiga avvalgi barcha asrlardagidan ko‘ra ko‘proq kulfat, ofat-balolar yog‘dirib, oxir-oqibatda o‘zi ham halokatga uchradi. Lekin hanuzgacha fashizm, bolshevizm, shovinizm, irqchilik g‘oyalarini tiriltirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik g‘oyasiga qarshi «salib yurishi» uyushtirishga urinayotgan kuchlar borligi barchamizni xushyor torttirishi lozim.
Faqat millatlararo totuvlik g‘oyasiga tayanib, umumiy maqsadlar yo‘lida hamjihat bo‘lib, Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligidek olijanob maqsadlarga erishish mumkin.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish