Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni



Download 3,96 Mb.
bet54/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, muayyan jamiyat taraqqiyot jarayonida bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishda turmushning barcha sohalarida, xususan, iqtisodiyot, ijtimoiyot va siyosatida bo‘lgani kabi, g‘oyaviy-mafkuraviy sohada ham muayyan muammolarni hal qilish zarurati paydo bo‘ladi. Chunki o‘ziga xos yangi davr, sharoit, vaziyat an’anaga aylanib qolgan g‘oyalar, qarashlar, munosabatlarni o‘zgartirmasdan, ma’lum mafkuraga asoslanmasdan yangi maqsadlar sari qadam tashlay olmaydi. Bu esa yangi g‘oya, qarash, munosabat, mafkurani ishlab chiqishni talab etadi.
G‘oyaviy, mafkuraviy bo‘shliq bir kunda va birdaniga paydo bo‘lmaydi. Bunda muayyan jarayonlar ro‘y berishi lozim. Ya’ni eski g‘oya va mafkura tanazzulga yuz tutishi, umrini o‘tab bo‘lishi bilan o‘tmishga aylanadi. Masalan, sobiq ittifoq mafkurasi ana shunday holga tushgan edi. Uning asosiy g‘oyalari sobiq sho‘rolar hokimiyati rahbarligida zo‘rlik bilan amalga oshirildi. Natijada bu mafkura yakka hukmron bo‘lib qolgan edi. U XX asrning 80-yillarida tanazzulga yuz tutdi. 1991 yilda sobiq Ittifoq tarqalib ketishi bilan uzil-kesil inqirozga uchradi. Buning sabablari nimalardan iborat edi?
Birinchidan, u o‘zini insoniyat tafakkuri erishgan eng yuksak cho‘qqi, mutlaq haqiqat ifodasi deb xisoblab, boshqa mafkuralarni tan olmas, ular bizning dushmanimiz, degan aqida asosida murosasizlarcha ish tutar edi.
Ikkinchidan, bu mafkura zo‘ravonlikka asoslangan bo‘lib, “majbur qilamiz” qabilida ish tutar, uning g‘oyalari hamma joyda, hamma vaqt hech istisno va to‘xtovsiz targ‘ib qilinar, xalqning erkin yashashi va fikr yuritishiga yo‘l qo‘yilmas edi.
Uchinchidan, bu mafkura nomigagina ijtimoiy guruhlar mafkurasi edi. Aslida sobiq Ittifoq davrida ziyolilar, dehqonlar, xizmatchilar, qolaversa, “yo‘lboshchi sinf” bo‘lgan ishchilarning orasida ham bu mafkuradan norozi bo‘lganlari bor edi. Lekin metin mafkuraviy devor ortidan ularning ovozi chiqmas edi.
To‘rtinchidan, bu mafkura hech kimga vijdon erkinligi, o‘z fikrini ochiq bayon etish, jumladan, xorij fuqarolari bilan xolisona muloqatda bo‘lishga ham yo‘l qo‘ymas edi. Bordi-yu kimdir shunga jur’at etsa, “xalq dushmani”, “burjuaziya malayi”ga aylanar edi.
Beshinchidan, u milliylikdan butunlay xoli edi. Unda mavxum baynalmilallik zo‘r berib kuylanardi. Kimki milliy qadriyatlar to‘g‘risida gap ochsa, darhol “millatchi”ga chiqarib qo‘yilardi. Milliy tafakkurga ega bo‘lgan shaxs, mutaxassis, ziyoli, olim va boshqalar “qoloq”, “shubxali kishi” hisoblanardi.
Oltinchidan, unda milliy tarix, xususan, O‘zbekiston tarixi, uning o‘tmish merosi mutlaqo tan olinmas edi. Nari borsa, ular ko‘pincha umumiy tarzda qayd etilardi, xolos.
Yettinchidan, xalqlarning diniga, diniy merosiga, diniy qadriyatlariga nisbatan mutlaqo noto‘g‘ri munosabat o‘rnatilgan edi. Jumladan, xalqimizning ulug‘ siymolari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Mahmud Zamaxshariy, Imom Motrudiy, So‘fi Olloyor kabi allomalarning boy ilmiy merosini o‘rganish, ulardan foydalanish taqiqlangan edi.
Bularning barchasi bolshevistik-kommunistik mafkuraning taraqqiyot talablariga mutlaqo zid ekanini yaqqol namoyon etdi. Shu bois u yangi zamonaviy talablarga dosh berolmay, o‘z davlati bilan birga tarixga aylandi.
1990 yillarning boshlarida mafkuraviy bo‘shliq O‘zbekiston hududida ham namoyon bo‘ldi. Uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: a) hukmron, yakkahokim, bolshevistik – kommunistik mafkura batamom tanazzulga yuz tutdi va uning o‘rni bo‘shab qoldi; b) O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida qaror topgan bo‘lsa-da, uning mafkurasi xali to‘la-to‘kis shakllanmagan va barcha fuqarolar ongiga singib ulgurmagan edi. To‘g‘ri, mustaqillik mafkurasi g‘oyalari mamlakatimiz fuqarolarining ma’lum qismi ongi, dunyoqarashida o‘z o‘rniga ega bo‘lsa-da, Prezidentimiz Islom Karimov asarlarida isbotlangan bo‘lsa-da, ammo u xali to‘la xolda barchaning mustaqil dunyoqarashiga, mustahkam e’tiqodiga aylana olmagan edi; v) g‘oyaviy bo‘shliq paydo bo‘lgan joyda muqarrar tarzda boshqa yot va begona mafkuralar xuruji boshlanadi. O‘tish davrida, yangicha qarashlar mustahkam e’tiqodga aylanib ulgurmagan paytda tashqi mafkuraviy ta’sirlarning yaxshi yoki yomon, foydali yoki zararli ekanini hamma ham farqlay ololmaydi; g) mustaqil mamlakatimiz tinch-osoyishta yashayotgan bir paytda Afg‘oniston va boshqa yaqin hududlardagi beqaror vaziyatdan foydalanib, ularning hududiga in qurib olgan ba’zi bir ekstremistik kuchlar, terrorchi to‘dalar o‘z jinoyatkorona maqsadlarini amalga oshirishga, Markaziy Osiyo mintaqasini mafkuraviy kurashlar maydoniga aylantirishga urina boshlagan edi.
Bu jinoiy guruhlar o‘zlarining yovuz maqsadlarini turli islomiy, mafkuraviy g‘oyalar bilan niqoblashga harakat qildilar, soxta g‘oyalarni tarqatib, yoshlarni yo‘ldan ozdirishga intildilar. Ayniqsa 80-yillarning ikkinchi yarmidan din niqobidagi zararli, xalqimizning iymon-e’tiqodiga to‘g‘ri kelmaydigan qarashlar - vahhobiylik, hizbut-tahrir kabi harakatlar ta’sirini yoyishga kirishdilar. Bu harakatlar 90-yillarning boshiga kelib yanada kuchaydi. Mamlakatimiz aholisining tinchligi va osoyishtaligiga “vahhobiylik”, “hizbut-tahrir”, “akromiylik”, “adolat uyushmasi”, “islom lashkarlari”, “tavba” kabi turli zararli g‘oyalarga asoslangan kuchlar va harakatlar tahdid sola boshladi.
Vahhobiylik islom g‘oyalariga siyosiy tus berib, din nomidan ish yuritib, go‘yoki islomning payg‘ambar davridagi “asl holatiga qaytarish”, ya’ni uni tozalash, barcha musulmonlarni islomning yashil bayrog‘i ostida birlashtirish kabi g‘oyalarni ilgar suradi. Bu mafkuraning ijtimoiy mohiyati Ollohdan boshqa barcha diniy va hayotiy qadriyatlarni inkor qiladi. Qur’oni Karimning muqaddasligini e’tirof etsa-da, uning tafsirini inobatga olmaslik, choriyorlarni ( hazrati Abu Bakr, hazrati Umar, hazrati Usmon, hazrati Ali), aziz-avliyolarni, buyuk piru-valiylarni tan olmaslik, muqaddas qadamjolarni buzib tashlashni targ‘ib qilishda namoyon bo‘ladi. Ular islom dinidagi mazhablar – hanafiylik, molikiylik, shofiiylik, ja’fariylik vakillarini kofir deydilar. Vahhobiylar Muhammad payg‘ambarning “kishilarga dindagi og‘ir, mashaqqatli amallarni emas, yengil va osonlarini buyuring, ularni xotirjam qiling, og‘ir amallarni buyurib, dindan qo‘rqitib, cho‘chitib yubormang” yoki “qo‘li bilan va tili bilan o‘zgalarga ozor bermagan kishi musulmondir”, degan hadislarga amal qilmaydi, aksincha, ularga zid ish tutadi. Ular dunyoviy madaniyatni inkor qilib, musiqa, teatr, tasviriy san’at bilan shug‘ullanishni, undan shavq-zavq olishni qoralaydi, bu ishlarni kufr va gunohi azim deb hisoblaydi.
Vahhobiylik mustaqillikning ilk yillaridagi g‘oyaviy bo‘shliqdan ustalik bilan foydalanishga intildi. Shuning uchun ba’zi kishilarni arab mamlakatlarida sayohatda, xizmat safarida, o‘qishda bo‘lgan vaqtlarida o‘z ta’siriga tushirishga harakat qildi. Shundan so‘ng dastlab joylardagi masjidlarning imom-xatibligi uchun, keyinroq esa mamlakat diniy idorasining nufuzli lavozimlari uchun kurashdi, islom siyosiy partiyasini tuzishga harakat qildi. Asta-sekin O‘zbekistonni islom respublikasi deb e’lon qilish, mintaqamizda xalifalikni tiklash rejasini amalga oshirmoqchi bo‘ldilar. O‘zbekiston davlati, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga qarshi tajovuzlar uyushtirdilar.
Hizbut-tahrir ham sobiq mafkura tanazzulga yuz tuta boshlagan davrlardan boshlab, g‘oyaviy bo‘shliq sharoitida muayyan kishilar ongi, dunyoqarashiga ta’sir o‘tkaza boshladi. Unga islom siyosiy partiyasi sifatida 1950-1953 yillarda Livanda Taqiyyuddin Nabhoniy asos solgan. Hozirgi vaqtda bu harakatga Abdulqadim Zallum degan kishi rahnamolik qilmoqda.
Hizbut-tahrir ham 90-yillarning boshlarida O‘zbekistonda go‘yo g‘oyaviy bo‘shliqni to‘ldirish uchun harakat boshladi. Maqsad - bizning mintaqamizda o‘zining siyosiy, g‘oyaviy, mafkuraviy jihatdan uzoqni ko‘zlovchi maqsadlariga erishish, ta’sir doirasini kengaytirish, odamlarning qalbi va ongini zabt etish edi. Hizbut-tahrirchilar “Islom nizomi”, “Islomda boshqaruv nizomi”, “Hizbiy uyushma”, “Islomiy davlat”, “Islomiy fikr”, “Tafkir”, “Uqubatlar nizomi”, “Sabr”, “Izzat va sharof sari” kabi o‘quv dasturlari, kitob va risolalari, “Al-Va’y”, “Ong” jurnali va ko‘plab varaqalar orqali xalifachilik g‘oyasini yoshlar ongiga singdirishga harakat qiladi.
Hizbut-tahrirchilar ko‘proq diniy ta’lim olgan yoshlarni o‘z yo‘liga og‘dirishga harakat qildi. Keyin esa ularning safini yoshlarning boshqa guruhlariga mansub vakillari bilan to‘ldirishga intildi. Nihoyat vaqti kelib, ularni islomiy bilimlargagina emas, terrorchilik harakatlari uchun ham tayyorlay boshladi. Ular o‘z niyatlarini amalga oshirishda “do‘stlik”, “dindoshlik”, “millatdoshlik” tushunchalarini ham ishga soladi. Kerak bo‘lganda moddiy yordam ham ko‘rsatadi. Masjidlar qurib berib, islomiy adabiyotlar bilan ta’minlab, o‘zlarini haqiqiy dindor, haqiqiy musulmon qilib ko‘rsatishga intiladi. Ammo razil niyatlarini baribir oshkor etadilar, turli qo‘poruvchilik, tezkor ishlarga sabab bo‘ladilar. Vahhobiylik, hizbut-tahrir kabi zararli oqimlar mustaqillikning dastlabki yillarida sodir bo‘lgan g‘oyaviy bo‘shliqdan ustamonlik bilan foydalanishga intilgan bo‘lsa-da, baribir maqsadlariga erisha olmadi.
80-yillarning oxiri va 90-yillarning boshida ayrim yurtdoshlarimiz nima uchun zararli g‘oya va yot mafkuralar ta’siriga tushib qoldi?, degan savol tug‘iladi. Birinchidan, sobiq mustabid mafkura barbod bo‘lganidan keyingi dastlabki yillarda milliy g‘oya, istiqlol mafkurasi to‘liq shakllanib, odamlarning qalbi va ongiga singib ulgurmagan edi. Natijada e’tiqodi bo‘sh, sodda va ishonuvchan odamlar bilib-bilmay noto‘g‘ri yo‘llarga tushib qoldilar. Ikkinchidan, mustaqil O‘zbekiston eski tuzumdan yangi tuzumga o‘tish jarayonida bir qator tabiiy qiyinchiliklarga duch keldi. Jumladan, iqtisodiy sohada qiyinchiliklar bo‘lishi muqarrar. Bunday paytda sabr-qanoatga o‘rganmagan, yengil yo‘l bilan yashashga ko‘nikkan ayrim kishilar ma’lum qiyinchiliklarga duch kelgach, o‘z turmush tarzini yangilash uchun oson yo‘l axtaradi. Ular aksariyat xollarda adashib, noto‘g‘ri yo‘llarga kirib qoladi. Uchinchidan, bugungi kunda yoshlarning hammasini xam serdaromad ish bilan ta’minlash imkoni yo‘q. Ular diplomi, ma’lumoti bo‘lsa ham, ba’zan ko‘ngildagidek ishni topa olmaydi yoki ish haqi olib ishlashni xohlamaydi. Buning natijasida yana oson yo‘l axtarib noto‘g‘ri, yomon, salbiy harakatlarga qo‘shilib ketishi ham mumkin.
Mamlakatimizga tahdid solayotgan mafkuraviy vositalardan yana biri uzoq davom etadigan mintaqaviy va davlatlararo mojarolarni keltirib chiqarishga urinish bo‘lib, buni ayrim mamlakatlar hududida faoliyat ko‘rsatayotgan ba’zi g‘oyaviy-mafkuraviy markazlar o‘zlariga maqsad qilib olgan. Ular muayyan mamlakat hududidan boshqa mamlakatga giyoxvand moddalar, ta’qiqlangan adabiyotlar, turli qurol-yarog‘ kabi narsalarni noqonuniy tarzda olib o‘tishga urinmoqda. Ularning ma’lum bir kuchlari Afg‘oniston hududida turib, Markaziy Osiyo davlatlariga – O‘zbekiston va Qirg‘iziston hududiga, bu yerda yashayotgan xalqlar hayotiga qarshi tajovuzkorona harakatlar qilishga, begunoh insonlar qonini to‘kishga intilmoqda.
Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash va uni buyuk davlatga aylantirish haqidagi siyosiy, huquqiy, ahloqiy, estetik, falsafiy, ilmiy, ekologik, diniy, demografik tarixiy qarashlar yig‘indisi bo‘lib, O‘zbekiston xalqini istiqboliga yuksak ishonch, iymon-e’tiqod ruhida tarbiyalovchi g‘oyat qudratli ma’naviy qurol, g‘oyaviy omil hisoblanadi. Ana shu sababdan mamlakatimiz hududini mafkuralar poligoniga aylanishiga yo‘l qo‘ymay, O‘zbekiston xalqining ongi, dunyoqarashi, hayotga ijtimoiy munosabati, xatti-harakatlarida mafkuraviy immunitetni shakllantirib, milliy istiqlol mafkurasini yurtdoshlarimiz qalbi va ongiga singdirish, bugungi kundagi muhim vazifadir.
Mafkuraviy kurashlar kuchaygan bugugi kunda yoshlar qalbida ona-Vatanimizga, boy tariximizga, milliy qadriyatlarimizga, millatning o‘lmas ruhi bilan bo‘lgan ona tilimizga, ota-bobolarimizdan meros muqaddas dinga sog‘lom munosabatni qaror toptirishimiz, ularning mafkuraviy immunitetini shakllantirishimiz maqsadga muvofiqdir. Zero, biror bir kasallikni davolashdan oldin inson organizmida avvalo unga qarshi immunitet xosil qilinadi. Biz ham yoshlarimiz qalbi va ongida zararli g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantira olsak, turli xil “da’vatchi”larning aldovlariga uchmaydigan, o‘z yurti, Vatani va xalqi uchun fidoyi insonlarni tarbiyalay olamiz.
Xullas, milliy istiqlol g‘oyasini fuqarolar ongiga singdirish orqali ularda mafkuraviy immunitet hosil qilish zamon amri, davr talabi. Bu bir zumda, birpasda amalga oshiriladigan jarayon emas. Bunda har bir kishining faolligi, omilkorligi talab etiladi. Uning amalga oshirilishi esa O‘zbekistonimizning salohiyatini yanada oshiradi, kelajagi buyuk davlat barpo etilishini ta’minlaydi, odamlarimizning e’tiqodini mustaxkamlaydi.
Bugungi kunda insoniyat turli xil g‘oyalar va siyosiy kurashlar butun jahon miqyosida avj olayotgan, g‘oyaviy qarama-qarshiliklar keskinlashayotgan tahlikali bir sharoitda yashamoqda. Bunday vaziyatda g‘oyaviy loqaydlik, beparvolik, muxoliflarning g‘oyalariga nopisandlik bilan qarash siyosiy va g‘oyaviy kurashda mag‘lubiyatga olib boradi. Ayniqsa, hozirgi globallashuv sharoitida har qanday mafkuraviy yo‘ldan voz kechishni, mafkurasizlik yo‘lini targ‘ib etishni maqsad qilib olgan siyosiy kuchlar, mafkurasizlashgan toifalarning ongiga o‘zlarining usti yaltiroq kosmopolitik g‘oyalarini singdirishga va shu asosda turli toifadagi missionerlik g‘oyalari uchun, diniy-fundamentalistik, ekstremistik, terroristik mazmundagi g‘oyalar uchun yo‘l ochib berishga intilishadi. Bunday sharoitda ma’naviy tarbiyaning ikki muhim jihatiga muhim e’tibor qilishga to‘g‘ri keladi.
Birinchidan, g‘oyaviy bo‘shliqni bunyodkor g‘oyalar bilan to‘ldirish masalasi va ikkinchidan, yoshlar ongida mafkuraviy immunitetni shakllantirish masalasi. Bizning ushbu maqolamiz ham mazkur ikki masalani yoritishga qaratilgandir.
G‘oyaviy bo‘shliq qanday vujudga keladi? Bu masalada “Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati” kitobida shunday deb yozilgan: “muayyan sharoitda jamiyat, undagi toifa va qatlamlarning ongida sodir bo‘ladigan g‘oyasizlik, mafkuraviy vakuum holati. Muayyan aqidalar, fikr va g‘oyalar zamon tanqidiga uchraganda yoki yangi paydo bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy kuchlar tomonidan inkor etilganda, davr talabiga javob beradigan g‘oya va mafkura to‘la shakllanib ulgurmagan hollarda jamiyatda g‘oyaviy bo‘shliq vujudga keladi”. Haqiqatdan ham mustaqilligimizning dastlabki yillarida biz eski totalitar kommunistik mafkuradan voz kechdik, ammo yangi milliy mafkuraning tamoyillari hali ishlab chiqilmagan edi. Shunday sharoitda yoshlarni qanday g‘oyalar bilan tarbiyalash masalasi ko‘ndalang turar edi. Bunday vaziyatda hali ongida mafkuraviy qadriyatlar shakllanmagan yoshlar g‘oyaviy bo‘shliq sharoitida ta’lim olardi. Bu esa g‘oyaviy muxoliflar uchun juda qulay sharoit edi. Ular bizning yoshlarimiz ongiga turli xil diniy-ekstremistik g‘oyalarni kirita boshlashdi. Bu jarayon bugungi globallashuv sharoitida yanada keskinlashdi.
G‘oyaviy muxoliflarimiz diniy ta’lim beruvchi turli xil hujralar tashkil etishdi, diniy maktablar ochishdi. Bu maktablarda nurchilar, vahhobiylar, salafiylar g‘oyalarini targ‘ib eta boshlashdi. Bunday maktablar ayniqsa Farg‘ona vodiysida keng rasmga kirdi. Yuqorida qayd etilgan maktablarda ilgari surilgan diniy-ekstremistik ruhdagi fikrlar mustaqilligimiz manfaatlariga zid keluvchi, mamlakatimiz hududida xalifalikka asoslangan teokratik davlat tuzumini o‘rnatishga da’vat etuvchi, mamlakatdagi dunyoviy davlat tuzumini ag‘darishga yo‘naltirilgan vayronkor g‘oyalardan tashkil topgan edi. Endi ma’naviy tarbiya qarshisida ikki muhim vazifa – birinchidan, yoshlarni vayronkor g‘oyalarning zararli ta’siridan saqlab qolish va ikkinchidan, g‘oyaviy bo‘shliq o‘rnini bunyodkor g‘oyalar bilan to‘ldirishdek muhim vazifa ko‘ndalang bo‘lib turar edi. Shu sababli O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov milliy istiqlol mafkurasini yaratishdek o‘ta muhim strategik vazifani o‘rtaga tashladilar. “Asosiy Qonunimizda ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi, deyilgan. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi maqomiga ko‘tarilishi mumkin emas. Bu konstitutsiyaviy qoida bizning oldimizga milliy istiqlol mafkurasini yaratish vazifasini qo‘yadi”. Milliy istiqlol mafkurasi nimalarga tayanadi degan masalaga prezidentimiz shunday javob beradilar: “Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, tiliga, diniga, ruhiyatiga asoslanib, kelajakka ishonch, mehr-oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini ongimizga singdirishga xizmat qilishi lozimligini hech qachon unutmaylik. Unda jamiyatimizdagi barcha kuchlar, harakatlar, jamoat tashkilotlari, aholi turli tabaqalarining o‘y-fikrlari, orzu-umidlari o‘z ifodasini topmog‘i lozim. U davlatimiz fuqarolarini ulug‘ maqsad yo‘lida qalban birlashtirishga ko‘maklashishi kerak”. Shuningdek, ushbu mafkuraning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida to‘xtalib, prezident I.A.Karimov “Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga xizmat etsin” deb nomlangan asarida shunday deb qayd etadi: “Mafkura har qanday jamiyat hayotida zarur. Mafkura bo‘lmasa odam, jamiyat, davlat o‘z yo‘lini yo‘qotishi muqarrar. Ikkinchidan, qaerdaki mafkuraviy bo‘shliq vujudga kelsa, o‘sha yerda begona mafkura hukmronlik qilishi ham tayin.” – deb ta’kidladilar.
Xo‘sh yoshlarimizning ongida mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun nima qilish lozim?
Bu savolga to‘g‘ri javob topish uchun yana prezidentimiz asarlariga murojaat etamiz: “Men ko‘hna bir haqiqatni yana eslatmoqchiman: tabiatda bo‘shliq bo‘lmaganidek, insonning ongu tafakkurida ham bo‘shliq vujudga kelishiga aslo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Har bir ongli odamning voqelikka o‘z munosabati, maqsad va intilishlari bo‘lishi tabiiy. ... Ko‘p narsa, albatta, insonning o‘ziga va uning tarbiyasiga bog‘liq. Ammo bir haqiqatni chuqur anglab olish darkor: har bir odam, oila, qolaversa, butun el-yurtimizning baxtu saodati, jamiyatimizning barqarorligi ko‘p jihatdan odamzot tayanib yashaydigan g‘oya va maslakning qanchalik to‘g‘ri va insoniyligiga, bu e’tiqod uning oilasi, farzandlari, xalqining ezgu maqsadlariga, hayotiy manfaatlariga nechog‘li mos kelishiga uzviy bog‘liqdir.
Hozirgi eng muhim, eng dolzarb vazifamiz – jamiyatimiz a’zolarini, avvalambor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g‘oya, milliy mafkura, o‘z Vataniga mehr-sadoqat tuyg‘usini uyg‘otish, o‘zligini anglash, milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iboratdir. Bu vazifalar mafkuraviy immunitetni shakllantirish vazifalaridir.



Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish