Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011



Download 3,96 Mb.
bet57/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Imtiyozli hamkorni belgilash muayyan mintaqada geostrategik manfaatlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan yana bir tamoyildir. Albatta, muayyan sabablar, aytaylik diniy, lisoniy birlik, madaniy yaqinlik yoki boshqa sabablarga ko‘ra har bir davlat kim bilandir imtiyozli hamkorlik qilishi mumkin. Bu tabiiy holat. Ammo gap “imtiyozli hamkor”dan mintaqa davlatlari o‘rtasida ayirmachilikni shakllantirish, “nomaqbul” davlatlar imkoniyatlarini cheklash yo‘lida foydalanish, shu bilan birga “hamkor” davlatning mintaqadagi boshqa davlatlardan qaysidir jihatdan ustunligini ta’minlashga qaratilgan intilishlar haqida bormoqda. Aslida u yoki bu ko‘rinishdagi ustunlikni ta’minlash ham asosiy maqsad emas. Bosh maqsad - muayyan mintaqaga ta’sir o‘tkazish plasdarmiga ega bo‘lishdir. Bunday plasdarmga ega bo‘lishga intilish esa o‘z navbatida ushbu mintaqaning geostrategik imkoniyatlari bilan belgilanadi. “Bekorga shudgorda quyruq na qilur” deganlaridek, imtiyozli hamkorni belgilashda ana shunday uzoqni ko‘zlovchi g‘arazli geosiyosiy va geostrategik maqsadlar ham yotishi mumkinligini unutmaslik lozim. Shu nuqtai nazardan qaraganda, “imtiyozli hamkor” tamoyili “bo‘lib tashla va hukmronlik qil” tamoyilining to‘ldiruvchisi sifatida yuzaga chiqadi. Bunga sobiq Ittifoqning Kubadan mintaqaga revolyusiyani eksport qilish uchun foydalanishga uringani misol bo‘la oladi.
Teng huquqli va o‘zaro foydali hamkorlik tamoyiliga amal qilish – geostrategik manfaatlarni ro‘yobga chiqarish va davlatlararo aloqalarni mustahkamlashning eng oqilona va to‘g‘ri yo‘lidir. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining birinchi kunlaridanoq ana shu tamoyilga amal qilib kelmoqda. Negaki, bu tamoyil geostrategik manfaatlardagi uyg‘unlikka erishish va jahon miqiyosida taraqqiyotni ta’minlash omilidir.
Mafkuraviy ta’sir va tahdidlar haqida gap ketar ekan, ularni aniqlash, baholash, xususiyatlarni yaqqol ko‘rsatish uchun O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov ilmiy muomalaga bir qator tushunchalar kiritganligini qayd etish lozim. Ular qatorida “mafkuraviy immunitet”, “mafkuraviy profilaktika” kabilar bor. Ana shu tushunchalarning mazmuni oydinlashtirilganda hozirgi dunyoda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarning xarakterini yanada yaqqolroq tasavvur qilish imkoni tug‘iladi.
Nima uchun kishilar ongi va qalbi uchun kurash turli mafkuralarning bosh maqsadiga aylanib qoldi? Gap shundaki, muayyan g‘oya tom ma’noda g‘oya bo‘lishi uchun kishilar ongini egallashi, to‘g‘rirog‘i ularning qalbidan joy olishi shart. Aks holda u yoki bu g‘oya faqat muayyan xabar yoki axborot sifatida saqlanib qoladi, xolos. G‘oya faqatgina inson qalbini egallaganda, inson ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylangandagina harakatga da’vat etuvchi, rag‘batlantiruvchi kuchga, harakat uchun qo‘llanmaga aylanadi. Shuning uchun ham bugungi kunda nafaqat inson ongini, balki qalbini ham egallash mafkuraviy kurashning bosh maqsadi bo‘lib qolmoqda.
Xo‘sh, mafkuraviy immunitetning o‘zi nima? Bu savolga “Milliy g‘oya: targ‘ibot texnologiyalari va atamalar lug‘ati” kitobida shunday fikr bildirilgan: “Mafkuraviy immunitet (lotincha – biror narsadan xalos qilish) – shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyatni turli zararli g‘oyaviy ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiluvchi tizim.
Immunitet tibbiy tushuncha bo‘lib, u organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlashga, turli tashqi ta’sirlardan, infeksiyalardan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmuini ifodalaydi. Soddaroq qilib aytganda, immunitet – organizmning o‘z-o‘zini turli kasalliklardan himoya qila olish qobiliyatidir.Yoshlarda mafkuraviy immunitetni shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lib, bu xususiyatlar barcha ta’lim-tarbiya tizimida hisobga olinishi lozim. Bunday xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, mafkuraviy immunitet vatanparvarlik tarbiyasi jarayonida shakllantirib borilishi lozim. Vatanparvar insonga begona mafkuralar ta’sir etmaydi. Bunda yoshlar bilan suhbatlashish, vatanparvarlik mavzusidagi baxslar o‘tkazish, Vatan timsollarini anglab yetishga oid ko‘rgazmali munozaralar tashkil qilish, yurtimizda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining mazmun-mohiyati va miqyosini tushuntiruvchi ma’lumotlar bilan yoshlarni tanishtirish, vatanparvarlik mavzuidagi kinofilmlarni tamosha qilish, muzeylarni va harbiy-vatanparvarlikka oid memorial yodgorliklarni ziyorat qilish, milliy qahramonlar, tarixiy shaxslarning jasoratlari to‘g‘risida ma’lumotlar beruvchi ma’ruzalarni o‘qish kabi usullardan keng foydalaniladi. Mafkuraviy immunitet tibbiy immunitetdan farqli ravishda tug‘ma bo‘lmay, shakllantirilib boriladigan, tarbiya jarayonida hosil qilinadigan tarbiyaviy omildir.
Ikkinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllantirishda siyosiy madaniyatga tayanish lozim. Siyosiy madaniyat uchta tarkibiy elementning birligidan xosil bo‘ladi. Birinchi element – siyosiy ong. Bu siyosiy bilimga, ma’lumotlarga ega bo‘lishdir. Ikkinchi element – siyosiy ishonch-e’tiqod. Bu olingan siyosiy bilimlarning haqqoniyligiga qat’iy ishonish. O‘zingiz ishonmagan narsaga boshqani ishontira olmaysiz. Siyosiy ishonch-e’tiqod uzoq vaqt mobaynida shakllanadi. Yoshlarga muntazam mafkuraviy tarbiya berish orqali mafkuraviy immunitetni vujudga keltirish mumkin. Uchinchi element – siyosiy faoliyat. Shaxsning siyosiy jarayonlarda, siyosiy munosabatlarda bevosita ishtirok etishi. Yoshlar mafkuraviy immunitetni boshqalarga ham singdirishida siyosiy faoliyatini amalga oshirishadi. Xullas, siyosiy madaniyat – siyosiy bilimlar, siyosiy e’tiqod va siyosiy faoliyatning birligi sifatida shakllanadi. Siyosiy madaniyati shakllangan kishiga mafkuraviy immunitetni singdirish oson kechadi.
Uchinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllatirishda yoshlarning huquqiy bilimlariga, huquqiy madaniyatiga ham tayanib ish yuritish lozim. Har bir xizmatchi o‘zining vatan oldidagi huquq va burchlarini yaxshi anglay olishi, vatan ravnaqi uchun o‘zining hissasini qo‘shishni harbiy-vataparvarlik burchi deb bilishi lozim. Huquqiy bilimlar yoshlarning Konstitutsiyani, milliy va xalqaro qonunlarni qay darajada o‘zlashtirganliklari, O‘zbekiston parlamentining Qonunchilik palatasi va Senatida tayorlanayotgan qonunlar haqida ma’lumotga ega bo‘lishlari bilan bog‘langandir. Shu sababli milliy va xalqaro qonunchilik, Konstitutsiyamiz va huquqiy bilimlar haqida yoshlar o‘rtasida muntazam suhbatlar olib borilishi lozim.
To‘rtinchidan, mafkuraviy immunitetni shakllantirishda jamoat tashkilotlarining o‘rni katta. Shu tufayli mafkuraviy immunitetni shakllantirishda yoshlar orasida Kamolot yoshlar harakatining, siyosiy partiya va harakatlarning, harbiy xizmat faxriylari uyushmalarining, mahalla tashkilotlarining roli beqiyosdir. Bu tarbiyada ularning imkoniyatlaridan keng ko‘lamda foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Beshinchidan, mafkuraviy tahdid shakllari hozirgi zamon globallashuv sharoitida keng miqyosda va juda katta tezlikda tarqalishi, shu tarzda dunyo xalqlari dunyoqarashi va ongiga destruktiv ta’sir ko‘rsatish ehtimolligi katta bo‘lganligi uchun mafkuraviy immunitetni ana shu xavf-xatar ko‘lamini hisobga olgan holda shakllantirish lozim. Ayniqsa, turli toifadagi yoshlar orasida, ular turli millat va diniy e’tiqod vakillari bo‘lganligi sababli mafkuraviy immunitetni differensial tarzda singdirish maqsadga muvofiqdir. Buning ma’nosi shuki, mahalliy oilada o‘sganlarga, yevropacha usulda tarbiya topganlarga, noislomiy e’tiqodga ega bo‘lganlarga alohida-alohida yondoshmoq kerak. Barcha toifadagi yoshlarni vatanga sadoqat, vatan qadriyatlari, vatanparvarlik, yurtning istiqboli tuyg‘usi birlashtirishi lozim.
Xo‘sh, mafkuraviy immunitet tizim o‘z ichiga nimalarni oladi? Mafkuraviy immunitet tizimining asosiy va birinchi unsuri, bu bilimdir. Ammo bilimlar ko‘p. Masalan, buyuk davlatchilik shovinizmi yoki agressiv millatchilik mafkurasi va amaliyoti tarafdorlari ham muayyan “bilim”larga tayanadilar va uni boshqalarga singdirishga harakat qiladilar. Shunday ekan, bir tomondan mafkuraviy immunitet tizimidagi bilimlar ob’ektiv bo‘lishi, voqelikni to‘g‘ri va to‘liq aks ettirishi, inson ma’naviyatining boyishiga va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilishi lozim. Ikkinchidan, bu bilimlar o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra, Vatan va xalq manfaatlari, umuminsoniy qadriyatlar ustivorligi bilan uzviy bog‘liq bo‘lmog‘i lozim.
Mafkuraviy immunitet tizimining ikkinchi asosiy qismi ana shunday bilimlar zamirida shakllanadigan qadriyatlar tizimidir. Zero, bilimlar qanchalik ob’ektiv va chuqur bo‘lsa, uning zamirida yuzaga kelgan qadriyatlar ham shunchalik mustahkam bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, shaxs, millat yoki davlatning qadriyatlar tizimi mafkuraviy immunitetning imkoniyatlarini belgilab beradi va mafkuraviy tajovuzlar qarshisida mustahkam qalqon bo‘lib xizmat qiladi. Ammo bilimlar va qadriyatlar tizimi ham mafkuraviy immunitetning mohiyatini to‘liq ifoda eta olmaydi. Zero, bu ikki unsur mafkuraviy immunitetni uchinchi muxim unsuri, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy-ma’rifiy sohalardagi aniq mo‘ljal va maqsadlar tizimi bilan bog‘liq. Ya’ni har bir kishi kabi, xalq, davlat va jamiyatning ham aniq maqsadi bo‘lishi shart.
Bunday mafkuraviy immunitet tizimini shakllantirishda mafkuraviy profilaktikaning o‘rni katta. Zero, u o‘z mohiyatiga ko‘ra, yot g‘oyalarning kirib kelishini oldini olish va ularni yo‘qotishga qaratilgan chora – tadbirlar majmuini o‘z ichiga oladi. Demak, mafkuraviy profilaktika xilma-xil shakllarda ijtimoiy institutlar tomonidan amalga oshiriladigan g‘oyaviy-tarbiyaviy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy ishlar majmuini, bir so‘z bilan aytganda, bu sohada to‘g‘ri tashkil etilgan ta’lim-tarbiya tizimini qamrab oladi.
“Millat bor ekan, milliy davlat bor ekan, uning mustaqilligi va erkinligiga, an’ana va urf-odatlariga tahdid soladigan, uni o‘z ta’siriga olish, uning ustidan hukmronlik qilish, uning boyliklaridan o‘z manfaati yo‘lida foydalanishga qaratilgan intilish va harakatlar doimiy xavf ostida saqlanib qolishi muqarrar”- deb yozadi Prezidentimiz. Shunday ekan, voyaga yetayotgan har bir farzandimizni ma’naviy barkamol, irodasi baquvvat, iymoni butun, bir so‘z bilan aytganda, kuchli mafkuraviy immunitetga ega shaxs sifatida tarbiyalash ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishning asosiy shartlaridan biri bo‘lib qolaveradi.



Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish