Falsafa” kafedrasi «G‘oyalar falsafasi» fanidan o‘quv-uslubiy majmua toshkent-2011


Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni



Download 3,96 Mb.
bet48/171
Sana19.02.2022
Hajmi3,96 Mb.
#459787
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171
Bog'liq
goyalar falsafasi

Asosiy o‘quv materiali qisqacha bayoni: Aynan shuning uchun ham Yer yuzining turli mintaqalari, xalqlarni ongi va qalbi turli g‘oyalarni sinash maydoniga, boshqacha aytganda mafkuraviy poligonga aylantirilmoqda. Xo‘sh, mafkuraviy poligon deganda nimani tushunamiz? Poligon (grek. serqirra degan ma’noni bildiradi) harbiy termin ekanligiga o‘rganib qolganmiz. Odatda poligon deganda qurol-aslaha va texnikani sinash, qo‘shinlarni xarbiy tayyorgarlikdan o‘tkazish yoki xarbiy soxada mashqlar, tadqiqotlar olib borish uchun mo‘ljallangan maxsus maydon tushuniladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, mafkuraviy poligonlarning xususiyatlar haqida nima deyish mumkin? Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, o‘zga xududlarni zabt etish maqsadida ishlatiladigan urush qurollari uzluksiz takomillashib borganini ko‘ramiz. Bu qurollar bosib olinishi kerak bo‘lgan xududlar aholisini jismonan yo‘q qilishga qaratilgan edi. Bugungi kunda esa, o‘zga hududlarni zabt etish uchun ularning aholisini yo‘qotish shart emas. Zero, ongi va shuuri zabt etilgan, qarash va kayfiyatlari “ma’qul” yo‘nalishga o‘zgartirilgan aholi ko‘magida har qanday boylik, tabiiy resurslarga egalik qilish mumkin bo‘lib qolmoqda.
Mafkura poligonlarida sinovdan o‘tayotgan, mohiyatan g‘ayriinsoniy bo‘lgan g‘oyalarga qarshi tura olish uchun alohida mafkuraviy immunitet hosil qilish lozim. Immunitet (lat.immunitas – ozod bo‘lish, qutilish) deganda organizmning doimiy ichki muayyanligini saqlash, o‘zini turli xususiyatlarga ega ta’sirlaridan, uni tashqi infeksiyalar kirib kelishidan himoya qilishga qodir bo‘lgan reaksiyalar majmui tushuniladi. Immunitet kishi vujudining turli infeksion kasalliklarga berilmaslik hususiyatini ham ifodalaydi. Immunitet haqidagi ana shu tasavvurdan kelib chiqib mafkuraviy immunitet haqida nima deyish mumkin? Avvalo, insonning ko‘plab hususiyatlari tug‘ma bo‘lsa, mafkuraviy immunitetni shakllantirish, shakllantirib borish zarur. Ikkinchidan, u har bir avlod uchun o‘ziga xos hususiyatga ega bo‘ladi. Uchinchidan, immunitet tizimi shakllanadigan mafkuraviy daxlsizlikni ta’minlash mumkin.
Mafkuraviy poligonlar kurashi. Poligon - (grek. serqirra). Mafkuraviy poligon deb, odamlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgan g‘oya yoki mafkurani mablag‘, ham zamonaviy texnik vositalar bilan kuchlantirib, moddiy va ma’naviy tashviqot qurollarini ishga solib, dunyodagi axborot va fikr oqimini o‘z foydasi yo‘lida boshqarib turadigan g‘oyaviy markazga aytiladi.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «Bugungi kunda odamzod ma’lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning manfaatlarigagina xizmat qiladigan, olis - yaqin manbalardan tarqaladigan, turli ma’no-mazmundagi mafkuraviy kuchlarning ta’sirini doimiy sezib yashamoqda». (Karimov I.A. Asarlar. T.7. 85-86-betlar). Shuning uchun ham bugungi kunda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchli.
Chunki ularning ta’siri radio, televidenie, gazeta-jurnal, Internet; umuman, hamma axborot tarmoqlari orqali kirib kelmoqda. Ular odamlarni uyda ham, ko‘chada ham, ishda ham tinch qo‘ymasligi mumkin.
Yadro poligonida tayyorlangan qurol faqat muayyan hududni vayron qiladi, ammo mafkuraviy poligonlardan turli axborotlar, badiiy asarlar, o‘yinchoqlar, kundalik ehtiyoj mollari shaklida tarqalayotgan vositalar esa insonlarning qalbi va ongini egallashga qaratilgandir. Masalan, «diniy adabiyot» niqobi ostida xorijdan olib kelinayotgan ayrim kitoblarda dinga siyosiy tus beriladi, jihod haqida noto‘g‘ri ma’lumotlar targ‘ibotlariga ishonib, noto‘g‘ri yo‘lga kirib ketishi mumkin. Yoki behayolikni, vahshiylik va zo‘rovonlikni targ‘ib etadigan filmlar ham mafkuraviy poligonlardan yuborilayotgan zararli ta’sirlardandir.
Bunda ommaviy axborot vositalari orqali psixologik ta’sir o‘tkazishning yangidan-yangi usullaridan foydalanadilar. Xususan, milliy hayotimizga xos muayyan xususiyatlarni ochiqdan-ochiq qoralash, yerga urish yoki ayrim tarixiy voqea-xodisalarni umuman bo‘lmagandek, jahon madaniyati, ilmu-faniga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ allomalarimizning bizga aloqasi yo‘qdek qilib ko‘rsatishga urinishlar mavjud.
Shuningdek, mintaqa davlatlari o‘rtasida ziddiyatlar keltirib chiqarish va jahon ommasida O‘zbekiston haqida noto‘g‘ri tasavvur tug‘dirishga bo‘layotgan intilishlarni hech qachon e’tibordan chetda qoldirmasligimiz lozim.
Xullas, hozirgi zamonda inson qalbi va ongi uchun kurash nihoyatda murakkab tus olgan. Bu gepolitika va globallashuv jarayonlari bilan qo‘shilib, uyg‘unlashib ketmoqda. Markaziy Osiyoda ham, unga nisbatan ta’sirlarda ham ana shunday serqirra jarayon, xilma-xil xususiyat, turlicha xatti-harakatlar mavjud. Bularning barchasini anglash, ro‘y berayotgan voqea-hodisalarning mag‘zini chaqish, mustahkam mafkuraviy immunitetni shakl-lantirish dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.
Bugun “ikki qutbli mafkura” o‘rtasidagi kurashga barham berilgan bo‘lsada, ammo dunyoda mafkuraviy kurashlar to‘xtab qolgani yo‘q. Aksincha, jahon maydonlarini mafkuraviy bo‘lib olishga urinishlar turli yo‘llar bilan sodir bo‘lmoqda. Masalan, O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgandan keyin mafkura sohasida hayot osonlikcha kechmadi. Milliy istiqlol g‘oyasiga zid bo‘lgan, yot va begona g‘oyalar kirib kelishga va yoshlarimiz ongini egallashga, ularni mamlakatimizda belgilangan ulug‘ maqsadlarni amalga oshirishga qarama-qarshi qo‘yishga urinishlar bo‘lganligining guvoximiz. Bunday harakatlarni tarafdorlari o‘zlarini “do‘st”, “millatdosh”, “vatandosh”, “dindosh” etib ko‘rsatish niqobi bilan o‘z g‘oyalarini amalga oshirishga urinadilar. Natijada, haqiqiy qadriyatlarimizga zid bo‘lgan turli xil oqimlar aholi, ayniqsa, yoshlar ongini egallashga harakat qildi.
Jahon geosiyosatida xalqlarni ma’naviy-mafkuraviy jihatdan tobe etishga intilish va bugungi kunda dunyoni shunday asosda bo‘lib olishga urinishlar davom etmoqda. Buning uchun ular hozirgi zamon ommaviy axborot vositalari, ularning yutuqlaridan, hamda turli xil markazlar, ayni paytda o‘zaro hamkorlikka yo‘naltirilgan ijtimoiy, madaniy, iqtisodiy vositalardan foydalanish orqali, dunyoning turli xududlarida, o‘zlariga mos mafkuraviy muxitni shakllantirish maqsadlarini ham ko‘zlamoqdalar.
Ana shunday sharoitda milliy istiqlol g‘oyasini chuqur egallash orqaligina bunday mafkuraviy maydonlarda olib borilayotgan kurashlar mohiyatini to‘g‘ri tushunish va oldini olish mumkin. Mafkuraviy jarayonlar fikr va g‘oyalar tizimi sifatida inson ongiga yo‘naltirilganligi, o‘ziga xos maqsadlari bilan xarakterlanadi. Ular ko‘plab odamlar qalbi va ongini egallab olish orqali o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatish maydonini yaratadi. Bu maydon ichida turli xalqlar, insonlar faoliyati mujassamlashadi.
Ma’rifiy rivojlanish va dunyo xalqlari rivoji shuni taqazo etadiki, geosiyosat ham ma’lum bir maqsadlarni ko‘zlar ekan, u faqat insoniyat orzu qilib kelgan tinchlik va barqarorlikka, mamlakatlar va xalqlar ravnaqiga, erkin va farovon hayot qurish g‘oyasiga mos bo‘lish kerak. U Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligi, ijtimoiy hamkorlik, milllatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik g‘oyalarini o‘zida mujassam etib, hozirgi geosiyosiy maqsadlarning bosh mezoniga aylanib borishi lozim. U nosog‘lom mafkura va g‘oyalarni boshqa xalqlar ongiga, qalbiga singdirib, mafkuraviy jihatdan dunyoning bo‘lib olishga emas, o‘zaro manfaatli hamkorlikka, dunyoviy muammolarni o‘zaro hamjixatlik bilan hal etishga xizmat qilishi kerak. Shu ma’noda, geosiyosatga yangicha yondashuv XXI asrda yangicha ma’no va ahamiyat kasb etadi va dunyo taraqqiyotiga xizmat qiladi.
XX asrning oxirida dunyoda jahonshumul voqealar ro‘y berdi. Uning siyosiy xaritasi, jumladan, Markaziy Osiyoning manzarasi tubdan o‘zgarib ketdi. Sobiq SSSrning parchalanishi, uning hukmron mafkurasini barbod bo‘lishi va Markaziy Osiyodagi respublikalarning o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritishi mintaqamizda nafaqat ijtimoiy-siyosiy jihatdan, balki yangi mafkuraviy vaziyatni ham vujudga keltirdi. Ushbu vaziyatning mohiyati quyidagilardan iborat:
Birinchidan, sobiq sho‘rolar hukmronligi sharoitida kommunistik mafkura, mintaqa xalqlari azaldan qon-qarindosh bo‘lishlariga qaramasdan, ularni zo‘rma-zo‘raki “birlashtirib” turgan edi. U mintaqa xalqlari ongiga zo‘ravonlik bilan “SSSR – yagona Vatan” va sovet xalqi yangi tarixiy “birlik” – degan tushunchalarni singdirishga zo‘r berib urinar edi. Mintaqa xalqlari bundan qanchalik norozi bo‘lmasin, o‘zlarining tarixiy va ma’naviy yaqinligiga intilmasin, bu intilishlarga nisbatan mafkuraviy tazyiq benihoya kuchli edi.
Ikkinchidan, mintaqadagi mamlakatlar o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan bo‘lishiga qaramasdan, 1991 yilgacha sobiq markaz xali o‘z hukmronligini qaytadan tiklashga moyil edi. Shuning uchun ham u mintaqa mamlakatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish, millatlararo ziddiyatlarni keltirib chiqarish kabi siyosatlarni davom ettirdi. Bu o‘z navbatida, o‘sha davrda, ma’lum darajada, mintaqa xalqlarining o‘zaro munosabatlariga ham muayyan ta’sir ko‘rsatdi.
Uchinchidan, mustaqillikni qo‘lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini o‘z ta’siri doirasiga o‘tkazish uchun yana boshqa bir qator mamlakatlar ham harakatini boshlab yubordilar. Ularning ko‘pchiligi tashqaridan beg‘araz yordam ko‘rsatayotganday bo‘lib ko‘rinsalarda, aslida har bir ko‘rsatayotgan “yordamlari” evaziga mintaqada o‘z mavqeini mustahkamlashga harakat qildilar. Ammo ularda ham mintaqa davlatlari va xalqlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishga intilishlar yo‘q emas. Demak, ana shu intilishlar ham mintaqa mamlakatlarining mustaqillik sharoitida yuzaga kelgan muammolarni o‘zaro yakdillik bilan hal qilishga xizmat qiladigan umumiy omilning yuzaga kelishiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
To‘rtinchidan, mintaqada yuzaga kelgan muammolarni xal qilishga hizmat qiluvchi yangi ma’naviy-mafkuraviy muhitni shakllantirish ehtiyoji ham oshib bordi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta’kidlaganidek: “SSSR parchalanib ketgandan keyin bizning irodamiz yoki intilishimizga bog‘liq bo‘lmagan holda O‘zbekiston amalda front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi. Uning tashqi chegaralarida – Afg‘oniston va Tojikistonda so‘ngi yillarda yuz minglab insonlar hayotiga zomin bo‘lgan ikkita tanglik o‘chog‘i alanga olib turibdi”.
Afg‘onistonda urush alangasi o‘chmagani faqat bizning mamlakatimiz uchungina emas, balki butun mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun ham katta xavf-xatarni vujudga keltiradi.
Beshinchidan, O‘zbekiston o‘zining iqtisodiy salohiyati, xom-ashyo resurslariga boyligi, ishchi kuchi va demokratik imkoniyatlari, ko‘p jihatdan geopolitik joylashuviga ko‘ra ham, mintaqada yetakchi o‘rinda turganligi bilan ajralib turadi. Binobarin, O‘zbekistonga nisbatan bo‘ladigan har qanday xavf-xatar, albatta, butun mintaqaga ta’sir qiladi. Shu ma’noda ham turli siyosiy kuchlar va harakatlar Afg‘onistondagi urush olovini kuchaytirish va mintaqadagi vaziyatni murakkablashtirish hamda mintaqa davlatlarini unga jalb qilishning turli yo‘llarini va uslublarini ishga solmoqda.
Insoniyat sivilizatsiyasining rivojlanish tarixi, ayniqsa, har jihatdan bir-biriga bog‘liq bo‘lib qolgan hozirgi dunyo voqealari shundan dalolat berib turibdiki, alohida olingan bir davlatdagi hech bir mojaro uzoq vaqt davomida milliy chegaralar doirasida qolib ketmaydi. Bir qancha sabablarga ko‘ra bunday mojaro nazorat qilib bo‘lmaydigan darajada yoyilib ketishi muqarrar. Bu esa ertami-kechmi qo‘shni davlatlar oldiga barcha salbiy oqibatlari bilan birga qator muammolarni ko‘ndalang qilib qo‘yadi. Xatto mintaqadagi vaziyatni beqarorlashtirish darajasiga borib yetadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, mojaroning yashirin va oshkora tarzda baynalmilallashuvi tanglikni chuqurlashtiradi. Chunki turli maqsadlarni ko‘zlaydigan va tanglik mavjud bo‘lgan xududda o‘z manfaatlarini ta’minlashga intiladigan tashqi kuchlar hamma vaqt shay turadi.
Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritib, taraqqiyot sari qadam tashlayotgan hozirgi sharoitda ham jahondagi ma’lum bir siyosiy kuchlar, mafkuraviy poligonlar ulkan iqtisodiy salohiyat va qulay geopolitik mavqega ega bo‘lgan bu mintaqani o‘z manfaatlari doirasiga tortish harakatlaridan to‘xtagani yo‘q. Ular o‘z maqsadlariga erishish uchun ta’sir va bosim o‘tkazishning barcha shakllarini qo‘llamoqdalar. Jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro iqtisodiy integratsiyalashuv jarayoniga to‘sqinlik qilish, ularda o‘zaro bir-birlaridan norozilik kayfiyatini uyg‘otish kabi mafkuraviy ta’sir o‘tkazish xolatlari sodir bo‘layotganligini ta’kidlash mumkin.
Bu maqsadda mintaqada tarixan shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy, ma’rifiy aloqalarni izdan chiqarish, do‘st va birodar davlatlar, xalqlar va millatlar o‘rtasiga nizo solish, keskinlik o‘choqlarini keltirib chiqarish uchun turli g‘oyaviy, diniy va mafkuraviy vositalar ishga solinmoqda. Ayniqsa, Markaziy Osiyo xalqlarining dunyoqarashi va ma’naviyatida islom dinining mustahkam o‘rin egallaganidan foydalanib, ularga islomiy “saboq” berish, islomni qayta tiklash bayrog‘i ostida mintaqada diniy ekstremizm va fundamentalizmni keng tarqatish borasida olib borilayotgan qo‘poruvchilik harakatlari kuchaydi.
Ma’lumki, “fundamentalizm”, “ekstremizm”, “terrorizm” kabi tushunchalar jamiyatda qabul qilingan qonun-qoidalarga mos kelmaydigan va ularga zid bo‘lgan g‘oyalar hamda ular asosidagi harakatlarni ifodalaydi. Ekstremizm qanday nomlangan yoki qanday ko‘rinishga ega bo‘lmasin, uning asosiy maqsadi jangari guruhlarni shakllantirish orqali hokimiyat tepasiga kelishdan iborat. Xuddi shunday “fundamentalizm”, “terrorizm” kabi so‘zlar ham tom ma’noda hokimiyat yoki biror bir g‘arazli maqsadlar uchun kurashuvchi ijtimoiy-siyosiy guruh va oqimlarga tegishlidir.

Download 3,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   171




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish