Mafkuraviy ta’sir va aks ta’sirning namoyon bo‘lish xususiyatlari
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: o‘rganilayotgan mazmun orqali mafkuraviy ta’sir tushunchasini tahlil qilish, talabalarda mafkuraviy ta’sir va aks ta’sir to‘g‘risida umumiy tasavvurni shakllantirish
Pedagogik vazifalar:
mafkuraviy ta’sir tushunchasini mohiyatini ochib berish;
O‘qituvchi ma’ruzasi orqali yangi o‘quv ma’lumotini yoritib berish;
mafkuraviy ta’sir va aks ta’sir to‘g‘risida bilimlarni shakllantirish;
Mavzu yuzasidan tavsiya etilayotgan o‘quv-uslubiy adabiyotlarni sharhlash;
Ijtimoiy sub’ektlararo g‘oyaviy ta’sirning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish;
O‘quv faoliyatining natijalari: Talabalar:
mafkuraviy ta’sir tushunchasi haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladilar;
mafkuraviy ta’sir va aks ta’sir to‘g‘risida tushunib yetadilar;
Ijtimoiy sub’ektlararo g‘oyaviy ta’sirning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish malaka va ko‘nikmalarni namoyish etadi;
Ma’ruzadan yangi ma’lumotlarga ega bo‘ladi va kerakli axborotni topadi, tanlaydi;
Guruhlarda ishlashga mo‘ljallangan, maxsus texnik vositalar bilan jihozlangan xona
MA’RUZA MASHG‘ULOTINING TEXNOLOGIK XARITASI
Bosqichlar, vaqti
Faoliyat mazmuni
O‘qituvchi
Talaba
1-bosqich. Kirish (10 min.)
1.1. Mashg‘ulot mavzusi va rejasini e’lon qiladi.
1.2. Mavzuning dolzarbligi hamda mashg‘ulotdan kutilayotgan natijani tushuntiradi.
1.3. Mavzuni o‘tgan mashg‘ulotning “Mafkuraviy faoliyat va g‘oyalarning amalga oshish jarayoni» mavzusi bilan bog‘laydi
1.4. O‘quv mashg‘ulotida o‘quv ishlarini baholash mezonlari bilan tanishtiradi
1.1 Mavzu va rejani yozib oladi.
1.2. Mashg‘ulot maqsadi yuzasidan savollar berib kutilayotgan natijani aniqlashtiradi
1.3. Baholash mezonlari bilan tanishadi
2-bosqich. Asosiy (60 min.)
2.1. “Mafkuraviy ta’sir” mavzusida qisqacha sharhlovchi ma’ruza qiladi.
2.2. Rejalar asosida vizual materiallar taqdimotini o‘tkazadi va ularni har birini izohlab beradi.
2.3. O‘tilgan ma’ruzani talabalarga ta’siri psixodiagnostikasini o‘tkazadi va ularda mafkuraviy ta’sirni tushunishga nisbatan sog‘lom yondashuvni shakllanganlik darajasini baholaydi.
- mafkuraviy ta’sir va aks ta’sir mohiyati nimada?
- ijtimoiy sub’ektlararo g‘oyaviy ta’sir nima?
- mafkuraviy tajovuz va himoya nima?
- davlatning mafkuraviy manzarasi
2.4. Mavzuning asosiy joylarini talabalarga yozib olishni tavsiya etadi.
2.1. Ma’ruzani diqqat bilan tinglaydi va eshitgan ma’lumotlari yuzasidan o‘zida paydo bo‘lgan savollarni yozib boradi.
2.2. Vizual materiallar taqdimotiga e’tiborini qaratadi.
2.3. O‘qituvchi tomonidan o‘tkaziladigan so‘rovnomaga javob qaytaradi.
2.4. O‘qituvchi ma’ruzasidan asosiy fikrni ajratadi, kerakli axborotni tanlaydi va o‘ziga qayd etadi.
3-bosqich. Yakuniy (10 min.)
3.1. Mavzuga yakun yasab, talabalar diqqatini yana bir bor bag‘rikenglik-ning jamiyat barqarorligini ta’minlashdagi o‘ta muhim ahamiyatiga qaratadi.
3.2. Talabalarni darsda ishtirogini baholaydi, ular orasidan faollarini alohida rag‘batlantiradi.
3.3. Mavzu yuzasidan talabalar bergan savollarga javob qaytaradi.
3.4. Mazmunida mafkuraviy ta’sir natijasi mustaqil o‘qishni tavsiya qiladi.
3.1. Mavzuning hulosa qismiga diqqat qiladi, asosiy joylarini o‘ziga qayd etadi.
3.2. Ma’ruzani tinglash davomida tug‘ilgan savollariga o‘qituvchidan javob oladi
3.3. Tavsiya etilgan mavzuga doir badiiy adabiyotlarni yozib oladi.