«фалсафа (этика, эстетика, мантиқ)»



Download 323 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/49
Sana07.09.2021
Hajmi323 Kb.
#167223
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
«falsafa (etika, ESTetika, mantiq)»

2. FAN DASTURI 

 

I qism 

 

(Falsafa) 

 

Falsafa fanining predmeti, uning jamiyat hayotida tutgan o’rni 

 

«Falsafa» atamasining ma’nosi va  mazmuni.  Falsafiy tafakkur va  uning mohiyati. 



Falsafaning fan sifatida paydo bo’lishi. 

 

«Dunyoqarash» tushunchasining mohiyati. Dunyoqarashning tarixiy shakllari. 



 

Afsonaviy, diniy, falsafiy dunyoqarashlar. 

 

Falsafiy dunyoqarash, uning paydo bo’lishi va o’ziga xos xususiyatlari. 



 

Falsafiy dunyoqarashning materialistik va idealistik shakllari. 

Yangilangan falsafaning asosiy tamoyillari: milliylik va umuminsoniylik, ularning 

birligi. 



O’zbekistonning mustaqillikka erishuvi va istiqlol falsafasining yaratilishi. I.A. 

Karimov istiqlol falsafasining asoschisi. O’zbekistonning o’ziga xos va o’ziga mos 

taraqqiyotida mustaqillik falsafasining o’rni va ahamiyati. 

Hozirgi kunda yoshlarimizda mustaqillik tafakkuri va tafakkur mustaqilligini 

shakllantirishda, ularni komil inson qilib tarbiyalashda falsafiy dunyoqarashning roli. 

 

Qadimgi Sharq va Markaziy Osiyo, Qadimgi Yunon va 



 

Rim xalqlari falsafasi 

 

Qadimgi Bobil va Misrda ilk falsafiy qarashlarning vujudga kelishi, 



 

ularda olam va odam munosabatlarining ifodalanishi. 

 

Qadimgi Hindistonda diniy-falsafiy ta’limotlarning paydo bo’lishi. 



 

Hinduizm, buddizm, joynizm, lakoyata, chorvaka ta’limotlarining mohiyati. 

 

Qadimgi Xitoyda  paydo bo’lgan falsafiy  oqimlar: daosizm, konfutsiylik, 



 

maosizm. 

 

Qadimgi Turonda paydo bo’lgan diniy-falsafi ta’limotlar: 

 

zardushtiylik, moniylik va mazdakchilik. 

Zardushtiylikning muqaddas kitobi - «Avestoda» olam va odam, tabiat va inson, 

inson va jamiyat munosabatlarining tahlili. Moniy ta’limotining mohiyati. Mazdak 

ta’limotida tenglik va adolat g’oyalari. 

Qadimgi Yunonistonda falsafiy fikrning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Yunon 

faylasuflarining borliq va uni bilish haqidagi ta’limotlari: Geraklit va Pifagor. Falsafada 

atomistik ta’limotning vujudga kelishi: Levkip va Demokrit. 




Yunon falsafasining dialektik xarakteri. Epikurning falsafiy-axloqiy qarashlari. 

Yunonistonda falsafiy fikrlar taraqqiyotida Sokrat,  Platon va Aristotelning tutgan 

o’rni. 

Qadimgi Rim falsafasi. Lukretsiy Kar va uning tabiat   falsafasi. Tsitsironning  

eklektik falsafiy qarashlari.  Rim faylasufi Plotinning emanatsiya ta’limoti. Emanatsiya 

ta’limoti-ning o’rta asr musulmon Sharqi falsafasiga ta’siri. 

 

O’rta asrlar Sharqi va Evropa xalqlari falsafasi 



Ilk o’rta asrlarda Sharqda islom ilohiyoti falsafasining paydo bo’lishi. Arab 

musulmon uyg’onishi. Qur’on  - o’rta asr arab musulmon falsafasining g’oyaviy 

zamini. 

 

Islom va uning asosiy mazhablari. Mutakallimchilar va mutazilliylar. 



 

Islom va kalom falsafasi. Mashshoyunlar va tabiyunlar. 

O’rta asr Sharq falsafasi, uning o’ziga xos xususiyatlari va mohiyati. Al- Kindiy;  

Ar-Roziyning falsafiy  qarashlari; Al-G’azzoliyning falsafiy- ilohiy qarashlari; o’rta 

asrlar G’arbiy Evropada vujudga kelgan arab falsafasi. Ibn-Rushdning falsafiy 

qarashlari. 

O’rta asrlar Evropa falsafasi. Evropada feodal ijtimoiy munosabatlarning vujudga 

kelishi. Dinning ijtimoiy hayotda bosh mafkuraga aylanishi. Falsafaning din 

xizmatkoriga aylanishi va sxolastik tus olishi, unda nominalizm va realizm 

oqimlarining paydo bo’lishi, ular o’rtasidagi bahs mavzusi bo’lgan «universal 

tushunchalar» masalasi. 

Foma Akvinskiyning falsafiy ta’limoti: jonning o’lmasligi, ruhning abadiyligi

«tabiatdan tashqari aql» va «tabiat aqli» g’oyalari. 

 

IX - XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi 



IX - XII asrlar Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi. IX - XII asrlarda Markaziy 

Osiyoning jahon tsivilizatsiyasi markazlaridan biriga aylanishi. Mustaqil davlatlarning 

paydo bo’lishi. Diniy va dunyoviy ilmlarning taraqqiy etishi. Tabiiy ilmlarning rivoji. 

Islom falsafasi rivojida Markaziy Osiyo mutafakkirlari: Ismoil al-Buxoriy, Abu Iso at-

Termiziy, va Burxoniddin al-Marg’inoniylarning xizmati. 

Muhammad ibn Muso al - Xorazmiy, Ahmad Farg’oniy, Abu Nosr Muhammad al- 

Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning tabiiy-ilmiy va falsafiy 

qarashlari, ularning jahon ilm-fani va falsafiy fikrlar taraqqiyotiga qo’shgan buyuk 

hissalari. 




Download 323 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish