Fanni o’qitishning maqsadi - talabalarda falsafiy dunyoqarashni, tafakkurni
shakllantirish, ularda mustaqil fikrlash malakasini hosil qilish hamda iqtisodiy, siyosiy
va ma’naviy hodisalarni falsafaning tamoyillari, qonunlari, kategoriyalari, bilish
usullari yordamida tashchlil qilishga o’rgatishdan iboratdir.
Vazifasi - iktisodchi - bakalavrlarga falsafa fanidan saboq berish, jamiyat ijtimoiy-
siyosiy hayotini falsafiy tahlil qilish malakasini shakllantirish, falsafa tarixida
yaratilgan tafakkur qadriyatlari bilan tanishtirish, borliq, ong va bilishga aloqador
bo’lgan fan yutuqlari bilan qurollantirish, mustaqil tafakkurni qaror toptirish,
mustaqillikni mustahkamlash va kelajagi buyuk davlatni yaratish uchun fidoiy insonni
shakllantirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |