«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo



Download 67,78 Kb.
bet7/7
Sana07.07.2022
Hajmi67,78 Kb.
#754485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yuno

Arastu hikmatlari:
Axloqiy fazilatlar odamning niyatida aks etadi.
Tarbiya uch narsaga ehtiyoj sezadi.
Har bir kishi asosan qo`lidan keladigan va o`ziga yarashadigan ishga urinishi zarur.
Umid –orzuning uyg`onoshidir.
Yunon falsafasida Demokritning qarashlari ham muxim o`rin tutadi. U xaqiqiy borliq — moddiy dunyo, abadiy va poyonsiz, cheksiz-chegarasiz reallikdir, olam mayda moddiy zarrachalardan, ya’ni atomlardan va bo`shliqdan iborat deya ta’lim beradi. Atomlar va bo`shliq o`zaro yaxlit abadiy ibtidodir. Atomlar — bo`linmas va o`zgarmas,sifat jihatdan bir hil, uning miqdori shakli singari bexisobdir. Harakat, degan edi Demokrit, atomlardan iborat moddaning abadiy, tabiiy holatidir. Demokrit tasodifiyatni inkor etgan. U «na tabiatda na jamiyatda xech bir narsa tasodifan paydo bo`lmaydi», deb yozgan. Demokritning falsafiy qarashlarida axloqiy ta’limot muxim o`rin tutadi. Uning bu boradagi qarashlari siyosiy qarashlari bilan uzviy bog`liqdir. Yaxshi boshqarilayotgan davlat — buyuk qurg`ondir. Davlat manfaatlari qolgan barcha narsalardan ustun turmog`i lozim.
Me’yor, deydi faylasuf, axloqning tabiat insonlarga in’om etgan kuch va qobiliyatga mos kelishadadir. Donolik uchta xosil keltiradi: yaxshi fikrlash; yaxshi so`zlash; yaxshi harakat qilish. Demokritning axloqiy qarashlari o`z davridagi amaliy ma’naviy munosabatlarning umumlashmasidir. Uning ta’limoti bugungi kunda insonlarni axloq-odobga, diyonatga da’vat etadi.
Epikur (341-270 yillar) — qadimgi Yunon mutafakkiri. Demokrit ilgari so`rgan atomchilik ta’limotini yanada takomillashtirib, uni yuqori pog`onaga kotargan va tegishli qarashlar bilan boyitgan faylasuf. Epikur ta’limoticha, olam — moddiy, abadiy va cheksiz. Atomlar — bo`linmas, olam — jism va bo`shliqdan iborat, deb yozgan edi u. Barcha jismlarni Epikur ikki guruhga bo`lgan. Birinchi guruhga jismlarni tashkil etuvchi atomlarni kiritgan bo`lsa, ikkinchi guruhga atomlarning birlashishidan tashkil topgan jismlarni kiritgan. Epikur ichki harakat qonuniyatini kashf etib, Demokrit ilgari so`rgan atomchilik ta’limotiga ulkan xissa qo`shgan. Epikurning falsafiy-axloqiy ta’limoti o`z zamonasida ilg`or ahamiyatga ega bo`lgan. Rohat-farog`at, xursandchilik deganda,kayf-safo, maishat, shoxona hayotni emas, balki jismoniy ezilish hamda ruxiy tashvishlardan xalos bo`lishni, ozodlikni tushunamiz, deydi Epikur. uning fikricha, davlat kishilarning o`zaro kelishuvi asosida tuzilishi lozim. Epikur ilgari surgan ijtimoiy kelishuv G`oyasi keyinchalik XVIII asr fransuz ma’rifatparvarlari hamda XX asr faylasuflari tomonidan davom ettirilgan.
Ellinizm davri. Ellin davri (miloddan avvalgi 4-asr oxiri — 1-asr)
yunon madaniyati mintaqalarining kengayishi, uning Aleksandr Makedonskiy va
uning vorislari davlati tarkibiga kirgan xalqlar madaniyati bilan o‘zaro qo‘shilishi
bilan belgilanadi. Ellinizm Qadimgi Yunon madaniyatining so‘nggi davri bo‘lib bu
davrda madaniyatning ba’zi sohalarida, jumladan, falsafada erishilgan yutuqlar
darajasidan pasayish holatlari yuz beradi. Bu davrda yunon madaniyatining boshqa
mamlakatlarga, jumladan, Markaziy Osiyoga ta’siri kuchayadi. hatto bu jarayon
Yunonistonning Rimga qaram bo‘lganidan keyin ham davom etadi. Rim
Yunonistonni siyosiy jihatdan tobe etadi. Fan sohasida bu davrda etakchi o‘rinni
matematika egallaydi. Uning asoschilari Evklid va Arximed kabi olimlarning ijodi
tufayli matematikadan mexanika, optika, qurilish sohalarida foydalaniladigan
bo‘lindi. Astronomiya, meditsina va geografiya sohalarida muhim yutuqlar qo‘lga
kiritildi.
Eramizdan oldingi IV asrdayoq mavjud bo‘lgan va polis mafkurasining
inqirozi tufayli vujudga kelgan kiniklar va skeptiklar oqimining ta’siri oshib boradi.
Biroq ellinistik dunyoda eng mashhur bo‘lgan voqea eramizdan oldingi IV va III
asrlar bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan stoiklar ta’limoti edi. Eramizdan oldingi 302 -yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan bo‘lgan Zenon (er.ol 336-264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol shahridan bo‘lgan Xrasipp (er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy (er.ol. II asr) va boshqa faylasuflar mansub edilar. Stoiklar falsafasidagi asosiy g‘oya insonning muammolariga alohida diqqat-e’tibor, to‘xtovsiz harbiy va ijtimoiy nizolar, alohida shaxsning jamiyat bilan aloqalari sustlashgan sharoitda axloqiy-falsafiy tayanch topish edi. Agar ushbu sharoitlar tug‘dirgan ta’sir natijasida adabiyot va san’atda fuqaroning ijtimoiy borlig‘ining
qo‘nimsizligini aks ettirish, har narsaga qodir taqdir ramzida berilgan bo‘lsa, stoiklar tomonidanbu holat barcha mavjudotlarni oqilona boshqaradigan oliy kuch (logos, tabiat, xudo) ga insonning qaramligi sifatida tasvirlandi. Inson endi polis fuqarosi emas, balki koinot fuqarosi edi. U baxt -saodatga erishish uchun oliy kuch tomonidan belgilab berilgan hodisalar qonuniyligini bilib olmog‘i lozim edi. U tabiat bilan muvofiqlikda yashash uchun xayrli faoliyat bilan yashamog‘i lozim edi.
Stoiklarning axloqiy tushunchalari orasida tabiat va jamiyat qonunlariga muvofiq
keladigan, aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan «kerakli narsa»to‘g‘risidagi tasavvurni qayd etibo‘tish lozim. Stoiklarning eklektizmi, asosiy qoidalarining ko‘p ma’noliligi ellinistik dunyoning turli tabaqalari (shu jumladan hukmron tabaqalar doirasida ham), keyinchalik esa, Rim jamiyatida ham ularning mashhur bo‘lib ketishlarini ta’minladi. Rim stoiklarining yirik vakillari Seneka, Epiktet va Mark Avreliy edilar. Ularning barchalari dunyoviy aql va dunyoviy ruh bilan bog‘langan tabiat va jamiyatning yagonaligi haqidagi stoiklik qoidalaridan kelib chiqdilar. Har bir odamdagi aqllar-logoslar va ruhlar dunyoviy aql va dunyoviy ruhning emanatsiyasi (o‘zidan nur chiqarishi) ekanligini ta’kidladilar. Ular fikricha, kishilar
dono va fazilatli odamlar biladigan yagona hukmronlik qiluvchi koinot qonunlari
zarurligini idrok etgan holda, ularga ko‘ngilli ravishda bo‘ysunishlari lozim. Ular yana shu to‘g‘rida mushohada yuritdilarki, har kim butun narsa qarshisida o‘z burchini bajarib, taqdirtomonidan unga belgilab berilgan joyda biror -bir narsani o‘zgartirishga intilmasdan, nolishsiz qolish majburiyatini olishi kerak. Seneka uchun «yaxshi» imperator qanday bo‘lishi kerak degan savol katta ahamiyatga ega edi, negaki, imperatorning bo‘lishi zaruriyat hisoblanar edi. Imperator me’yorsiz maqtovni talab qilmasligi, fuqarolardan ularning mulkini tortib olmasligi, senat va «yaxshi» odamlar bilan hisoblashishi, o‘z bilganicha ish tutmasligi, fuqarolarn ing umumiy foydasi uchun mehnat qilmog‘i zarur ediki, buning evaziga ular unga
sadoqat ko‘rsatib, uni sharaflashlari lozim edi. Sobiq qul bo‘lgan Epiktet asosiy e’tiborni hukmdorning sifatiga emas, balki unga tobelarning hatti-harakatiga qaratdi. Ozodlikka yo‘l moddiy ne’matlardan, xohish-istaklardan yuz o‘girishda yotadi, negaki, inson nimani xohlasa, uni berishi va olib qo‘yishi mumkin bo‘lgan odamning quliga aylanadi. Tashqi tomondan mulk, badan, hayot-xojaga yoki tiranga bo‘ysunadi va shuning uchun ularning bu tashqi huquqlaridan foydalanishlariga bahslashib o‘tirish lozim emas. Ammo insonning haqiqiy mohiyati, uning aqli va ruhi hech kimga bo‘ysunmaydi, uning fikriy muhokamasini hech kim boshqara olmaydi va hech kim unga xayrli va ezgu ishlar qilishga xalaqit bera olmaydi, demak, baxtli va ozod bo‘lishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Epiktet uchun erdagi barcha hukmdorlardan yuqori turgan oliy xudo Zevs haqidagi tasavvur katta o‘rin tutadi. Uning o‘g‘li sifatida o‘zini his qilgan inson, o‘zining qandaydir ta shqi farovonligi qondirilmaganligidan doimo azobda bo‘lgan senator yoki hatto podshoning o‘zidan ko‘ra ozodroq bo‘ladi. Rimning oxirgi stoik imperatori Mark Avreliy edi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, dunyoda biror - bir narsani o‘zgartirib yoki to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Uning ta’kidlashicha, barcha kishilar har doim laganbardor, yolg‘onchi va o‘z manfaatini ko‘zlovchi bo‘lganlar, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladilar. Bu tartibsizlik orasida nima qoladi? Faqat o‘z zakovatiga xizmat qilish, o‘zini kamolotga etkazish va ezgulik. Ammo bunday o‘zini qo‘yarga joy topolmaydigan, hayotda hech qanday maqsadi bo‘lmagan ezgulik insoniyatga xizmat qilish borasidagi o‘z ma’nosini yo‘qotar edi. Negaki, insoniyat o‘zgarmas va illatlardan holi bo‘lmaganligi uchun, uni hech
qachon ilhomlantirib bo‘lmas edi.Stoiklar uchun falsafa donolikka erishish, yashash san’atini o‘rganish vositasi sanalgan. Unga ko‘ra, tabiatga muvofiq yashash dononing ideali sanaladi.
Stoiklar azoblardan xalos bo‘lib, ruhiy sokinlik va muvozanatga erishishni baxt deb
bilganlar. Muxtasar qilib aytganda antik falsafa Mil. Avv. VII asr oxirlariga kelib qadimgi Yunonistonda shakllana boshladi. Falsafaning vazifasi insonga qiyin vaziyatlarda ham o‘zliginiyo‘qotmaslik va qadr-qimmatini saqlay olishni o‘rgatiishdan iborat bo‘ldi. Mil. Avv. II asrdan milodiy VI asrlargacha bo‘lga vaqt oralig‘ida Rimda rivoj topgan falsafiy ta’limotlar yig‘indisi, keyinchalik mazkur an’anada vujudga kelgan ilmiy-falsafiy g‘oya va tasavvurlar G‘arb sivilizatsiyasi rivoji uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Epikur ta’limotini rimlik Lukretsiy Kar (eramizdan avvalgi 99-55 yillar) davom ettirgan. U «Narsalarning tabiati to`g`risida» nomli asari bilan mashhur bo`lgan. Yashashdan maqsad, deb yozgan Lukretsiy, baxtli hayot kechirishdan iboratdir. Jamiyat ham, xuddi tabiat singari, o`z qonunlariga ega hamda tabiat qonuniyatlariga tayangan holda rivoj topadi, deydi u. Uning falsafiy qarashlari o`z davri va o`rta asr falsafasiga o`z ta’sirini ko`rsatgan.
Uning fikricha, modda (materiya) — abadiy, bir holatdan ikkinchi holatga o`tib, shaklini o`zgartirib yashash — uning xossasi. Olamdagi barcha narsalar ikkiga — oddiy va murakkab turga bo`linadi. Lukretsiy Kar atom harakatining uchta turini sanab o`tgan. Bular — narsaning og`irlikka ega bo`lgani uchun to`g`ri chizikli harakati, narsaning o`zicha otish harakati, narsaga to`rtki bo`lgan asosga qaratilgan harakat. Lukretsiyning nazariyasi mohiyatan sodda bo`lsa-da, tabiatshunoslikka ulkan ta’sir ko`rsatgan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Axmedova M.A.Фалсафа.(Oliy o`quv yurtlari uchun darslik).:T.:2005.
2.Mashhur faylasuflarning hayoti, ta’limotlari va hikmatli so‘zlari haqida). –M., «Mыsl» 1977. 437-b.


3. Prof. Sh.O.Madaeva va boshqalar, Falsafa. O’quv qo’llanma. -Toshkent, 2019.-515 bet.
Download 67,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish