REJA:
1.«Falsafa» atamasining kelib chiqishi.
2.Qadimgi Yunon Rim mutafakkirlari.
3.Falsafiy qarashlarning o`z davriga ta`siri.
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo
– sevaman va sophia – donolik so‘zlaridan kelib chiqqan bo‘lib, donolikka
muhabbat manosini anglatadi. Falsafa so‘zini qadimgi yunon mutafakkiri Pifagor
miloddan avvalgi VI asrda tayyor holda (afsonalar, rivoyatlar, ananalar orqali)
avloddan avlodga o‘tuvchi bilimni inson o‘z aqliga tayanib, mushohada yuritish va
tanqidiy fikrlash yo‘li orqali olishi mumkin bo‘lgan bilimdan farqlash maqsadida
ishlatgan.
Falsafa haqida gapirish – inson dunyoqarashi, uning oqilona
fikrlash qobiliyati haqida, binobarin, uning mohiyati va Erda hayot pa ydo bo‘lish
tarixi haqida gapirish demakdir.
Mutaxassislar fikricha, insonda ong paydo bo‘lib, ijtimoiy mavjudot sifatida
uzil-kesil shakllanganidan beri, uning asosiy xususiyatlarida jiddiy o‘zgarishlar yuz
bergani yo‘q, yani u hozirgi odamlardan deyarli farq qilmaydi. Ong paydo bo‘lishi
esa, ilmiy tasavvurlarga muvofiq, inson tarixiy rivojlanishining odam miyasi o‘sib
borayotgan mehnat faolligi va verbal (nutq orqali) muloqot tasirida o‘ta rivojlanib,
murakkab mavhumliklarni tushunadigan darajaga etgan davri bilan bog‘lanadi.
Shunday qilib, inson tushunchalarga tarif berish, mulohazalar bildirish va
mushohadalar yuritish yo‘li bilan sodda, lekin tom manoda aqliy ish olib bora
boshladi.
Dunyoqarash – insonning o‘zini qurshagan borliqqa va o‘z-o‘ziga nisbatan yondashuvlar tizimi, shuningdek uning mazkur yondashuvlar bilan
belgilangan hayotiy ideallari, e’tiqodlari, bilish va faoliyat tamoyillari, qadriyat va
mo‘ljallaridir.
Dunyoqarashning shakllanishiga ijtimoiy muhit tasir etadi. Aql paydo bo‘lishi
bilan inson o‘zini fikrlovchi mavjudot sifatida anglay boshlaydi, unda o‘z «meni» va
o‘zgalar haqida tasavvuri shakllanadi va rivojlanadi. Shu tariqa u o‘zini va o‘zini
qurshagan borliqni anglaydi, o‘zi va boshqa odamlarni, o‘zi va tashqi muhitni
farqlaydi, ilgari o‘ziga malum bo‘lmagan dunyoning yangi va yangi jihatlarini idrok
etadi. Bunday qarashlar insonning o‘zi va o‘zini qurshagan borliq haqidagi
tasavvurlari majmui sifatida shakllanadigan dunyoqarash negizini tashkil etadi.
Bunda inson o‘ziga maqul va nomaqul narsalarni farqlaydi, baholar beradi,
ustuvorliklar tizimini yaratadi va muayyan maqsadlarga erishishda tegishli tarzda
ish ko‘radi.
Dunyoni sezish – bu o‘zini qurshagan dunyoni sezgilar yordamida hissiy
idrok etish bo‘lib, bunda tuyg‘ular, kayfiyat dunyoni go‘yoki ranglarga bo‘yaydi,
uning obrazini subektiv, sof individual sezgilar orqali aks ettiradi.
Dunyoni idrok etish – bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishida
namoyon bo‘ladi. Dunyoni idrok etish to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri bo‘lishi, yani borliqqa
mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto‘g‘ri tasavvur qilinadi yoki
illyuziyalar, suv parilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o‘xshash
fantaziyalar paydo bo‘ladi.
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini
aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonl arning o‘zaro
aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy-bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish barcha
tirik mavjudodlarga xos bo‘lsa xos bo‘lsa, dunyoni tushunish esa faqat insongaga
xos xususiyatdir.
Dunyoqarashda bilish, qadriyatlarga munosabat va xulq-atvorni belgilash
funksiyalari mujassamlashadi.
Dunyoqarashning bilish funksiyasi insonda qiziqish uyg‘otuvchi barcha
savollarni, shuningdek muayyan javoblarni o‘z ichiga oladi. Bilish odamlar
dunyoqarashini boyitadi va kengaytiradi, u jamiyatning rivojlanishiga qarab yanada
teranroq va mazmunan boyroq bo‘lib boradi.
Dunyoqarashning qadriyatlarga munosabat funksiyasi – insonnning hayotni
va o‘zini oliy qadriyat deb hisoblagan holga shakllanadi. Zero, o‘z qadrini bilmagan
inson o‘zgalar qadrini bilmaydi va hayotda o‘z o‘rnini topa olmaydi.
Dunyoqarashning xulq atvorni belgilash funksiyasi – insonda o‘z-o‘zini
tarbiyalash, manaviy madaniyatini takomillashtirish va faqat o‘zining manaviy
dunyosiga munosib muhit tanlash malakalarini shakllantiradi..
Shu bois, muammolarga nisbatan muayyan tarzda yondashadigan har bir
odamning dunyoqarashi, savollari va javoblari doim shaxsiy o‘ziga xoslik bilan
ajralib turadi va hech bo‘lmasa shu sababga ko‘ra boshqa odamlar dunyoqarashiga
hech qachon o‘xshamaydi.
Dunyoqarashning intellektual, emotsional va ruhiy asoslari uzviy bog‘liq
bo‘lib, ular har bir inson uchun mutlaqo muayyan, individual xususiyatlar sifatida
amal qiladi.
Intellektual, emotsional va ruhiy asoslar iroda bilan uyg‘unlikda e’tiqodlar –
odamlar faol qabul qiladigan, ularning ong darajasi va hayotdagi mo‘ljallariga mos
keladigan qarashlarni yuzaga keltiradi.
Dunyoqarashga subektning yoshi, jismoniy va ruhiy holati, fel-atvori
xususiyatlari, odatlari va e’tiqodlari, shuningdek milliy madaniyat tipi, etnos
xususiyatlari va ijtimoiy-madaniy omillar o‘z tasirini ko‘rsatadi. Dunyo haqidagi
tasavvurda obektiv va subektiv tomonlarni ajratish ham o‘rinli bo‘ladi.
Dunyoqarashning shakllanishi jarayonida subektning e’tiqodlari, qilmishlari
va harakatlari majmui vujudga keladi. Dunyoqarashda inson va insoniyat o ‘zligini
namoyon etadi. Dunyoqarash inson xulq-atvori, uning barcha harakatlari va
qilmishlari uchun fikrlash maydoni sifatida amal qiladi. Dunyoqarashning mental
mezoni sifatida ongda ishonch va e’tiqod maydonga chiqadi. Dunyoqarash umumiy
va shaxsiy ahamiyatga molik mo‘ljal tarzida namoyon bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarashda hayotga oid, mifologik, diniy, badiiy, siyosiy, ilmiy qarashlar
o‘rin oladi.
Dunyoqarash amaliy va nazariy darajalarda amal qiladi. Dunyoqarashning
amaliy darajasi stixiyali tarzda shakllanadi va unda dunyoning manzarasi hayot
haqidagi tipik tasavvurlar to‘plami namoyon bo‘ladi.
Mifologik dunyoqarash -turli xalqlarning dunyoning kelib chiqishi, tabiat
hodisalari, fantastik mavjudotlar, xudolar va qahramonlarning ishlari haqidagi
tasavvurini ifodalovchi muayyan tarzda tizimga solingan dunyoqarashdir. («Mif»
tushunchasi yunoncha mythos so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, afsona, rivoyat degan
manoni anglatadi). Mifda bilimlar, diniy e’tiqodlar, manaviy madaniyatning turli
elementlari, sanat, ijtimoiy hayot kurtaklari birlashgan bo‘lib, shu tariqa ibtidoiy
odamlar dunyoqarashi muayyan darajada tartibga kelgan, ularning dunyo haqidagi
qarashlari esa qisman tizimga solingan. Mazkur tizimga solishning muhim shakllari
epos, ertaklar, afsonalar, rivoyatlar bo‘lib, miflar avvalo ular orqali ifodalanadi. Shu
tariqa to‘plangan bilimlar va tajriba keyingi avlodlarga o‘tishi ham taminlanadi.
Qadimgi davr falsafasining yana bir silsilasi Yunoniston va Rimga tegishlidir.Bu davrdagi qarashlar — antik davr falsafasi deb yuritiladi. Unda Milet falsafiy maktabi, Eley falsafiy maktabi, Suqrot, Pifagor, Aflotun, Arastu va boshqalarning falsafiy, tabiiy — ilmiy, ijtimoiy — axloqiy ta’limotlari o`rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |