«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo



Download 67,78 Kb.
bet4/7
Sana07.07.2022
Hajmi67,78 Kb.
#754485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yuno

Suqrot hikmatlari:
Nimaiki qonuniy bo`lsa,o`sha adolatdandir.
So`z ta`sir qilmaydigan odamga kaltak ham o`tmaydi.
Oz narsaga qanaot qilgan odam davlatmanddir,negaki,bunday qanoat uning ma`naviy boyligidandalolat beradi.
Suqrotning shogirdiAflotun (asli — Platon) jahon falsafasi tarixida o`chmas iz qoldirgan buyuk allomadir. U nafaqat faylasuf olim, balki san’atkor, shoir va dramaturg bo`lgan, o`z G`oyalarini dialoglar tarzida bayon qilgan. Aflotun 428 yil 21 mayda Delos orolida tug`ilgan. O`zidan keyin 35 dan ziyod dialog shaklidagi asarlar yozib qoldirgan. Arastuning u xaqdagi ma’lumotlarini birdan-bir to`g`ri dalil deb qarash mumkin. Chunki Arastu Aflotunning eng yaqin do`sti va shogirdi bo`lgan.

Aflotun «g’oyalar dunyosi va soyalar dunyosi» ta’limotining asoschisidir. Uningcha, G`oya xaqiqiy borliq, biz biladigan va yashaydigan dunyo esa uning soyasidir. Xaqiqiy o`zgarish va taraqqiyot G`oyalar dunyosiga xos, soyalar dunyosidagi harakat esa uning aksidir. o’oyalar dunyosining qonuniyatlarini hamma ham bilolmaydi. Ularni biladigan zotlar nixoyatda kam uchraydi, ular o`lkan aql egasi bo`ladi va tarixda chuqur nom qoldiradi. Aksariyat kishilar esa, soyalar dunyosi bilan kifoyalanadi.


Aflotunning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta’limoti uning dunyoqarashida markaziy o`rinlardan birini tashkil etadi. U faqat antik davr falsafasi — ontologiya va gnoseologiyaning klassigi bo`lib qolmay, mumtoz antik siyosiy nazariya va pedagogikaning bilimdoni ham bo`lgan. Aflotun ijtimoiy-siyosiy masalalarga doir «Davlat», «Qonunlar», «Siyosat» va «Kritiy» nomli asarlar yozib qoldirgan. «Davlat» asarida jamiyat haqida, uning ideal siyosiy tuzumi to`g`risidagi qarashlarini markaziy ta’limoti — G`oyalar nazariyasi bilan uzviy bog`liq holda ilgari so`rgan. Uning fikricha, davlatning to`rtta shakli mavjud: teokratiya; oligarxiya; demokratiya; tiraniya. Aflotunning ideal davlat to`g`risidagi orzulari negizida adolat G`oyasi yotadi.Aflotun aytganidek, jamiyat barcha a’zolarining odil jamiyatdagi qonunlarga buysunishi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy garovidir.
Aflotunning shogirdi va safdoshi Arastu (384 — 322 yillar) (asli — Aristotel) qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi, o`zining betakror, jahonni lol qoldirgan ilmiy merosi bilan mashhurdir. U yetti yoshida o`z ilmini oshirish maqsadida Afinaga kelib, Aflotun asos solgan akademiyaga uqishga kirgan va 20 yil davomida (Aflotunning o`limiga qadar) shu yerda taxsil olgan. Keyinchalik Makedoniya podshosi Filippning II taqlifiga binoan, uning o`g`li Aleksandrga 3 yil muntazam ustozlik qilgan. Binobarin, keyinchalik dunyoni zabt etib, jahongirlik makomiga kotarilgan iskandarning kamolotida Arastuning xizmatlari beqiyos bo`lgan. Filippning o`limidan keyin Aleksandr taxtga o`tirgach, Arastu Afinaga qaytib kelib, 50 yoshlarida «Likkey» nomli maktab ochgan. Ilmiy faoliyatining samarali bo`lishida, umuman, Yunonistondagi ilm-fan rivojida Aleksandr tomonidan ko`rsatilgan ximmat va rag`batlar muxim ahamiyat kasb etgan. Iskandar vafotidan keyin unga qarshi kuchlar bosh kotarib, Arastuni daxriylikda ayblashgan va sudga tortishgan. Suddan oldin Evbey oroliga ko`chib ketgan Arastu ko`p o`tmay o`sha yerda vafot etgan.
Arastu zabardast olim bo`lib, mantiq, psihologiya, falsafa, axloq, notiklik san’ati, tabiiy fanlar buyicha o`lmas, bebaxo asarlar yozib qoldirgan. Uning barcha asarlari borliqni o`rganishga qartilgan. Mantiqqa oid asarlarining barchasini «Organon» («Јurol») nomli asariga jamlagan. Faylasuf barcha fanlarni ikki turga — nazariy va amaliy fanlarga bo`lgan. Amaliy fanlar shogirdlarga yo`l-yo`rik ko`rsatishga, biror bir foydali ishni amalga oshirishga yo`naltirilgan. U nazariy fanlarni uch qismga - falsafa (metafizika), matematika va fizikaga ajratgan.
Faylasuf olamdagi narsa va hodisalar to`rtta sababga ega. Bular — moddiy sabab, ya’ni modda (materiya); shakliy sabab yoki shakl;yaratuvchi sabab, pirovard sabab yoki maqsad sabablardir. Yaratuvchi sabab, Arastu talqinicha, harakat manbaidir. Masalan, ota va ona bolaning ulg`ayishi sababchisidir. Arastu pirovard sabab (maqsad sabab) vositasida insonga xos bo`lgan maqsadni tabiat hodisalariga ham tatbiq etmoqchi bo`lgan. Harakat olam singari abadiydir. Ayni paytda, olam o`zining abadiy sababi, ya’ni harakatlantiruvchi kuchiga ega.
Arastuning jamiyat va davlat to`g`risidagi ta’limoti «Davlat», «Siyosat» kabi asarlarida bayon etilgan. Uning fikricha, davlat boshqaruvi jamiyatning erkin va farovon hayoti uchun xizmat qilishi lozim. Baxtli hayot mazmuni faqat moddiy mo`l-ko`lchilik bilan belgilanmaydi, balki seroblik ma’naviy boylik bilan uyg`un bo`lgandagina, jamiyat baxtli hayot kechiradi. Davlatning boyligi, asosan, o`rtacha mulkka ega bo`lgan fuqarolarning mehnati bilan ta’minlanadi. Arastuning bu boradagi qarashlari bugungi kunda Vatanimizda kichik va o`rta biznes sohasini rivojlantirish yo`lida olib borilayotgan isloxotlar mohiyatiga juda hamoxangdir.
Qadimgi dunyo tarixida eramizdan oldingi IV asrinig oxiridan eramizning I asrining oxirgi o‘n yilliklarigacha bo‘lgan davrni ellinizm davri deb atash qabul qilingan. Bu davrning falsafiy-siyosiy qarashlari polis mafkurasidan yiroqlashib ketgan edi. Mumtoz shahar-davlatlar fuqarolari jamoasining dunyoqarashlarini aks ettirgan Aflotun maktabi, polislarning tushkunligi sababli o‘zining ilgarigi etakchilik
mavqeini yo‘qotadi. Eramizdan oldingi IV asrdayoq mavjud bo‘lgan va polis mafkurasining inqirozi tufayli vujudga kelgan kiniklar va skeptiklar oqimining ta’siri oshib boradi. Biroq ellinistik dunyoda eng mashhur bo‘lgan voqea eramizdan oldingi IV va III asrlar bo‘sag‘asida paydo bo‘lgan ravoqiylar va epikurchilar ta’limoti edi.Eramizdan oldingi 302-yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan
bo‘lgan Zenon (er.ol 336-264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol shahridan bo‘lgan Xrasipp (er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy(er.ol. II asr) va boshqa faylasuflar mansub edilar. Ravoqiylar insonning axloqiy muammolariga alohida diqqat-e’tibor qaratdilar. Ularning maqsadi polis tuzumining inqirozi, to‘xtovsiz harbiy va ijtimoiy nizolar, alohida shaxsning jamiyat bilan aloqalari sustlashgan sharoitda axloqiy-falsafiy tayanch topish edi. Agar ushbu sharoitlar tug‘dirgan ta’sir natijasida adabiyot va san’atda fuqaroning ijtimoiy borlig‘ining qo‘nimsizligini aks ettirish, har narsaga qodir taqdir ramzida berilgan bo‘lsa, ravoqiylar tomonidan bu holat barcha mavjudotlarni oqilona boshqaradigan oliy kuch (logos, tabiat, xudo) ga insonning qaramligi sifatida tasvirlandi. Inson endi polis fuqarosi emas, balki koinot fuqarosi edi. U baxt-saodatga erishish uchun oliy kuch tomonidan belgilab berilgan hodisalar qonuniyligini bilib olmog‘i lozim edi. U tabiat bilan muvofiqlikda yashash uchun xayrli faoliyat bilan yashamog‘i lozim edi.
Asosiy xayrli faoliyat sifatida ravoqiylar tushunib yashashni («sharr» (yomonlik) nima
ekanligini bilish, «xayr» (yaxshilik) nima ekanligini idrok etish), ya’ni jasorat,
adolatlilik, sog‘lom fikr va uning boshqa ko‘rinishlari bo‘lgan-ruhiy olijanoblik, nafsni tiyish, tirishqoqlik, jur’atlilik va rahmdillikni hisoblar edilar. Faqat axloqiy-go‘zal narsagagina yaxshilik va ezgulik alomati edi. SHu bilan birgalikda yaxshilik qandaydir foyda keltiradigan narsa ham edi. Ravoqiylarning axloqiy tushunchalari orasida tabiat va jamiyat qonunlariga muvofiq keladigan, aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan «kerakli narsa» to‘g‘risidagi tasavvurni qayd etib o‘tish lozim.
Ravoqiylarning eklektizmi, asosiy qoidalarining ko‘p ma’noliligi ellinistik dunyoning turli tabaqalari (shu jumladan hukmron tabaqalar doirasida ham), keyinchalik esa, Rim jamiyatida ham ularning mashhur bo‘lib ketishlarini ta’minladi. Rim ravoqiylarining yirik vakillari Seneka, Epiktet va Mark Avreliy edilar. Ularning barchalari dunyoviy aql va dunyoviy ruh bilan bog‘langan tabiat va jamiyatning yagonaligi haqidagi ravoqiylik qoidalaridan kelib chiqdilar. Har bir odamdagi aqllar-logoslar va ruhlar dunyoviy aql va dunyoviy ruhning emanatsiyasi (o‘zidan nur chiqarishi) ekanligini ta’kidladilar. Ular fikricha, kishilar dono va fazilatli odamlar biladigan yagona hukmronlik qiluvchi koinot qonunlari
zarurligini idrok etgan holda, ularga ko‘ngilli ravishda bo‘ysunishlari lozim. Ular yana shu to‘g‘rida mushohada yuritdilarki, har kim butun narsa qarshisida o‘z burchini bajarib, taqdir tomonidan unga belgilab berilgan joyda biror-bir narsani o‘zgartirishga intilmasdan, nolishsiz qolish majburiyatini olishi kerak.

Download 67,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish