«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo



Download 67,78 Kb.
bet3/7
Sana07.07.2022
Hajmi67,78 Kb.
#754485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yuno

Pifagor hikmatlari:
Tartib sening muqaddas maqsading bo`lsin.Sen bu maqsad yo`lida astoydil xizmat qil .Chunki tartib xamma narsaning majmuasidir.Tabiatning mavjudligi asosida ham tartib yotadi.
Tinglash va sukut saqlash seni donolikka etaklaydi.Sukut-donoliknig boshlanishi.
Xususiy mulki bo`lmagan fuqaro bevatandir.
Pifagor teoremasi-to`g`ri burchakli uchburchak tomonlari haqida teorema .Unga ko`ra ,agar
to`g`ri burchakli uchburchak tomonlari bir hil mashtabda o`lchangan
bo`lsa,katetlar uzunliklari kvadratlari yig`indisi gipotenuza uzunligi kvadratiga teng.a2+b2=c2

Eley falsafiy maktabi namoyandasi Ksenofan (eramizdan avvalgi YI — V asr) shoir va faylasuf bo`lgan. U Kichik Osiyoda dunyoga kelgan. Ilm olish maqsadida Yunonistonga, janubiy Italiyaga sayoxat qilib, umrining so`ngi yillarini Eley shaxrida o`tkazgan. Tarixchi Diogen Laertskiyning yozishicha, Ksenofant «Tabiat haqida» asarining muallifidir. Afsuski, ushbu asarning yarmigina omon qolgan, holos. u ko`pxudolikka hamda insonlarga xos sifatlarni xayvonlarga, o`simlik dunyosiga daxldor deb biluvchi ta’limotga qarshi chiqib, mifologiyani rad etishga harakat qilgan. uning falsafiy ta’limotiga ko`ra, tabiat - o`zgarmas va harakatsizdir, «Xamma narsa yerdan unib chiqadi va pirovardida yana yerga qaytadi». Biz hammamiz yerdan tug`ilganmiz va yerga aylanamiz». Ksenofan qadimgi yunon faylasuflaridan birinchi bo`lib, bilishning imkoniyati va chegarasi haqida fikr yuritgan. Bu qadimgi yunon gnoseologiyasining rivojiga to`rtki bo`ldi.


Ksenofant ilgari so`rgan G`oyalar uning shogirdi Eley falsafiy maktabining ko`zga ko`ringan ,namayondalaridan biri, eramizdan avvalgi 504 yili tug`ilgan Parmenid tomonidan rivojlantirilgan. Eley falsafiy maktabining namoyandalaridan biri Parmenidning shogirdi va do`sti Zenon (490-430 yillar) o`z ustozining ta’limotini himoya qildi va uni rivojlantirdi.
Qadimgi Yunon madaniyatida sofistlar falsafasi katta o`rin tutadi. Sofistlar antropologiya (inson haqidagi fan) va gnoseologiya (bilish to`g`risidagi fan) muammolari bilan shug`ullangan. Sofistlar yangi kasblarning moxir ustalari, ya’ni o`qituvchilar, diplomatlar, notiqlar, sud maxkamalarida ishlovchi mutaxassislardan iborat bo`lib, haqiqat, osoyishtalik, adolat o`rnatishga xizmat qilgan. ularning ta’limoti Suqrot falsafasiga ham ma’lum darajada ta’sir ko`rsatgan. Suqrotgacha bo‘lgan falsafiy tizim va Suqrot maktablari.Suqrotgacha bo‘lgan davr Yunon mutafakkirlarining asarlari ayrim fragmentlar va keyingi davrlar faylasuflarining asarlarida keltirilgan iqtiboslar ko‘rinishidagina bizgacha etib kelgan. Bunday iqtibos va parchalarni Diogen Laertskiyning “Mashhur faylasuylarning hayoti va hikmatli so‘zlari” asari,
shuningdek, Aflotun, Arastu, Plutarx, Sekst Empirik, Kliment Aleksandriyskiy kabilarning ishlarida uchratish mumkin.Suqrotgacha bo‘lgan falsafiy maktablarga Ioniya dengizi qirg‘oqlarida joylashgan Milet shahri nomi bilan ataluvchi Milet maktabi, asosida Pifagor
ta’limoti yotgan pifagorchilar maktabi, Levkipp -Demokritning atomlar to‘g‘risidagi nazariyasini o‘zida ifoda etgan atomistlar maktabi va janubiy Italiyada joylashgan Eley shahri faylasuflarimaktabi kiradi. Shuningdek Suqrotgacha yashagan, antik falsafaga katta hissaqo‘shgan Yunon-Rim faylasuflari ham bu davrga mansubdirlar.
Xususan, Fales, Anaksimen, Anaksimandr, Geraklit, Ksenofan, Pifagor, Parmenid,
Empedokl, Anaksagor, Levkipp, Demokrit kabi faylasuflar, ba’zilari Suqrot bilan
qisman zamondosh bo‘lishiga qaramay, Suqrotgacha bo‘lgan falsafiy tizim vakili
sanaladi. Bu tizim ularning ijodi nuqtai nazaridan emas, balki usuli va ta’limotining
xarakteri bilan farqlanishiga binoan ajratilib ko‘rsatiladi.
Mil. Avv. 640-562 yillarda yashab ijod etgan Ioniyaning Milet shahrida
tug‘ilgan Fales Yunon falsafasining asoschilaridan biri bo‘lgan. Astronomiya,
geometriya, arifmetika singari ko‘plab sohalardagi serqirra bilimlari Fales falsafiy
dunyoqarashining shakllanishida muhim o‘rin tutgan. Masalan, bu davrda
yaxshigina taraqqiy etgan geometriya ilmiy abstrakt mushohada yuritish uchun
nazariy asos vazifasini o‘tagan. Bu esa, Falesning olam mohiyatini bilish haqidagi
qarashlarining shakllanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan. Fales hamma narsaning
asosida suv yotadi, hamma narsa suvdan paydo bo‘lgan va unga qaytadi deb
hisoblagan. Bunday qarash falsafadan oldingi mifologik kosmogoniyalarda ham
mavjud edi. Ammo, Falesning bu boradagi qarashlari mifologik kosmogoniyadan
butkul farq qiladi. U suvni muayyan shakl yoki mifologik kuch sifatida emas, amorf,
doimiy harakatchan, materiyaga jamlangan ko‘rinishda tushungan.
Milet maktabining yana bir vakili Anaksimandr bo‘lib, mil. av. 510–540-yillarda yashagan, olamning asosi sifatida ko‘rinmas modda apeyronni ko‘rsatadi.
Hamma narsani qamrab olgan substansiya apeyronda issiqlik va sovuqlikni qarma- qarshiligi yuzaga keladi. Ularning kurashi esa, kosmosni vujudga keltiradi. Jumladan, issiqlik olov ko‘rinishida namoyon bo‘lsa, sovuqlik osmon va erga aylanadi. Anaksimandr birinchilardan bo‘lib, materiyaning saqlanishi qonunini va organik hayotning evolyusion taraqqiyoti haqidagi gepotezalarni ilgari suradi. Uning ta’kidlashicha, odam barcha hayvonlar singari baliq evolyusiyasining mahsulidir. U “Tabiat haqida” nomli asar yozgan. Ammo, mazkur asar bizgacha etib kelmaagan. Anaksimandrning shogirdi Anaksimen esa hamma narsa havodan kelib
chiqqanligini ta’kidlaydi. Mangu, harakatchan havo quyuqlashib dastlab bulutlarni,
keyin suvni va nihoyat er, toshlarni vujudga keltiradi. Keyin esa undan olov kelib
chiqadi.Suqrotgacha bo‘lgan antik falsafiy fikr taraqqiyoti mobaynida vujudga kelgan
o‘ziga xos yo‘nalishlardan yana biri Eley maktabi hisoblanadi. Olamning doimiy
o‘zgarib turishi g‘oyasini ilgari surib, stixiyali dialektikaga asos solgan naturfaylasuflardan farqli ravishda ayni maktab vakillari harakatni inkor qiluvchi metafizik ta’limotga asos soldilar. Eley maktabining asoschisi Parmenid (Mil. Avv. 540 –470) olamni narsalar bilan to‘ldirilgan harakatsiz shar shaklida tasavvur qilgan. mutafakkir Parmenidning ta’limotiga ko‘ra haqiqiy borliq mangu harakatsiz bo‘lib, uni faqat aqliy mushohada orqali bilish mumkin. Unga ko‘ra narsalar nimadandir kelib chiqqan degan fikr, ularning qismlarga ajralishi to‘g‘risidagi
mulohazaga olib keladi. Mutafakkirning ta’kidlashicha, bunday qarash haqiqat
emas, balki haqiqatga o‘xshab tuyuladigan fikr xolos. Parmenid tomonidan qo‘yilgan borliqning mangu harakatsiz ekanligini isbotlash vazifasi uning shogirdi Eleylik Zenon tomonidan amalga oshirildi. Ayni vazifani amalga oshirish maqsadida Zenon o‘zining qator aporiya-paradokslarini ishlab chiqdi. Masalan, Axilles va toshbaqa haqidagi aporiyasida harakatni boshlash imkonsiz ekanligini isbotlashga urinadi. Uning barcha aporiyalari harakatning mumkinligi ziddiyatning
paydo bo‘lishiga olib kelishi to‘g‘risidagi g‘oyani isbotlashga qaratilgan. Zenon aporiyalarida uzuluklilik va uzluksizlikning birligi g‘oyasi hamda harakatsiz tushunchalarda harakatni tasavvur qilishdek murakkab falsafiy muammoni tushuntirib berishga intilgan.
Suqrot (eramizdan oldingi 470-399 yillar.) (asli — Sokrat) — qadimgi Yunon faylasufi. «Afinaning ijtimoiy hayotida faol ishtirok etgan, yoshlar tarbiyasi bilan shug`ullangan, xurfikrli inson, kambag`aldan chiqqan, tosh yunuvchining o`g`li, o`ta bilimdon kishi sifatida mashhur bo`lgan.

Uning hayoti fojiali tugagani to`g`risidagi misol falsafiy afsonaga aylanib ketgan. O`z davrida Afinadagi xukmron tuzum tartib-qoidalariga qarshi chiqib, yangi fikrlarni ilgari so`rgani uchun ruxoniylar uni daxriylikda hamda yoshlarni axloqan bo`zishda ayblaganlar. Unga shunchaki ayb emas, siyosiy ayb quyilgan. Garchand kutilish imkoni bo`lsa-da, qonun va jamiyat tartiblarini nixoyatda qattiq hurmat qilganligi bois, u jazodan qochishni istamagan va bir qadax zahar ichib o`lgan. Suqrot va uning tarafdorlari jamiyat qonunlariga, ular qanday bo`lishidan qat’i nazar, so`zsiz itoat etishni targ`ib etganlari g`oyatda ibratlidir. Xolbuki, Suqrot va uning shogirdlari Afinada amal qilgan qonunlarni noto`g`ri va adolatsiz deb xisoblagan hamda ularni qattiq tanqid qilgan, ammo, shunday bo`lsa-da, ularga bo`ysungan. Shu ma’noda, Suqrot o`zini aybdor deb topgan sud xukmiga itoat etgan va o`zini uning ixtiyoriga topshirgan. «Aflotun mening do`stim, ammo qonun do`stlikdan ustun turadi» degan xikmatli ibora o`sha davr ma’naviyatining yaqqol ifodasidir.


Suqrot o`z ta’limotini og`zaki ravishda ko`cha-kuyda, maydonlarda, xiyobonlarda shogirdlari va izdoshlari bilan birga shakllantirgan va xalq ongiga singdirishga harakat qilgan, lekin bironta ham asar yozmagan. Uning falsafiy, axloqiy ta’limotlari mohiyatini shogirdlari Ksenofant, Aristofan va Aflotunlarning asarlaridan bilib olishimiz mumkin. Ksenofant «Suqrot haqida esdaliklar» asarida o`z ustozi haqida ilk so`zlar aytib, uni olijanob, axloq-odob borasida xaqqoniy fikr yuritgan inson sifatida ta’riflagan. Yoshlarning axloqini bu`zgan deb unga siyosiy ayb qo`yish — tuxmat ekanini aloxida ta’kidlagan. Aflotun esa uni chuqur muloxazali, insonni ulug`lovchi donishmand, deya ta’riflagan, uning falsafiy qarashlarini o`z asarlarida Suqrot nomidan bayon etgan. Suqrotning fikricha, falsafaning markazida axloq masalalari turmog`i lozim. Jamiyatning ravnaqi, tinchlik va osoyishtaligi, farovon hayoti axloq va odobning axvoliga bog`liq. Bu masalalar Sharq falsafasida ham katta o`rin tutganligi bois xalqimiz, buyuk allomalarimiz Suqrot nomini benixoya hurmat bilan tilga olgan, uning axloq-odob haqidagi pand-nasixatlariga amal qilgan.

Download 67,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish