«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yunoncha phileo



Download 67,78 Kb.
bet6/7
Sana07.07.2022
Hajmi67,78 Kb.
#754485
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
«Falsafa» atamasining kelib chiqishi. «Falsafa» tushunchasi yuno

Epikur ta’limoti
Epikur ta’limotini qabul qilib, badiiy shaklda hayot va o‘lim haqidagi ta’limotni
rivojlantirdi. Bunda u diniy afsonalarni tanqid ostiga oldi. Lukretsiy fikricha, xudolarga ishonish butunlay tabiiy ravishda, ko‘rquv va tabiiy sabablarni bilmaslikning mahsuli sifatida kelib chiqadi. Inson baxtli yashashi uchun, xudolar oldidagi qo‘rquvdan ozod bo‘lishi lozim. Epikurchilik Rim jamiyatida nisbatan uzoq saqlanib qoldi. Biroq, eramizning 313-nchi yilida xristianlik rasmiy din bo‘lishi bilanoq, epikurchilikka qarshi shiddatli va shafqatsiz kurash boshlandiki, pirovardida ushbu falsafani asta-sekin tushkunlikka olib keldi.Gullab-yashnashi qarab chiqilayotgan davrga to‘g‘ri kelgan kiniklarta’limotining asoslari Suqrot darvidayoq Antisfen va keyinroq Sinoplik Diogen tomonidan ishlab chiqilgan edi. Kiniklar o‘zlarini polis tartiblari va hayotning an’anaviy shakllariga qarshi qo‘yib, ehtiyojlarni chegaralashni ta’lim berdilar. Ular fikricha, to‘g‘ri xulq-atvorning asoslarini hayvonlar hayoti va kishilik jamiyatining ilk bosqichlaridan qidirmoq lozim. Spoiklar, skeptiklar va epikurchilardan farqli o‘laroq, kiniklar ko‘chalar, maydonlar va bandargohlarda olomon oldida so‘zga chiqib, mavjud tartiblarning aqlga muvofiq emasligini isbotlab, kambag‘alchilikni so‘zdagina emas, balki o‘z hayot tarzlari bilan ham ko‘klarga ko‘tarib maqtadilar. Masalan, Fiva shahridan bo‘lgan Kratet (er.ol. IV asr) boy oiladan kelib chiqqan bo‘lib, kiniklar ta’limotiga berilib ketib,
o‘z qullarini ozodlikka chiqardi, mol-mulkini kambag‘allarga bo‘lib berib, faqirona-faylasufona hayot kechira boshladi. Kratetning bizgacha etib kelmagan fojiaviy asaridan keltirilgan satrlar diqqatga sazovordir: «Vatan menga qal’a ham, uy ham emas, menga butun er yuzi-ibodatxona va boshpana, unda yashash uchun nima kerak bo‘lsa, hammasi bor»
Ellinistik davlatlarning inqirozi va rimliklar bosqinchiligining boshlanishi bilan aqliy dunyoqarash borgan sari o‘z o‘rnini din va tasavvufga bo‘shatib berdi. Sehrgarlik, yashirin diniy udumlarga ishonish, munajjimlik keng tarqaldi. Ijtimoiy xayolparastlik va payg‘ambarlikka e’tiqod qo‘yish, ayniqsa keng shuhrat kasb etdi. YAshirin diniy udumlarga o‘zini bag‘ishlash, Xudo bilan bevosita aloqa o‘rnatish va taqdir hukmidan ozod bo‘lish imkoniyati sifatida qarala boshlandi.Ziyolilar va shaharliklar orasidagi bosh masala shunga qaratildiki, dunyodagi butun yomonlik va razolat qaerdan kelib chiqadi va uni qanday qilib bartaraf etish mumkin? Ilgari aflotunchilar tomonidan berilgan javob eng mashhur bo‘lib ketdi: yomonlik moddadan va moddiy dunyodan kelib chiqadi. Ilgari ravoqiylar o‘zlarini unga moslashtirishga uringan va
uni ezgulik va baxt-saodat asosi hisoblangan koinot zaruriyati, endilikda qul qiluvchi,
boquvchi kuchga aylantiriladi. Bundan keyingi butun hatti-harakat shunga yo‘naltirildiki, o‘zini yashirin diniy udumlarga bag‘ishlab, vahiyga va sharq donishmandlarining sirli
bilimlariga yo‘l topib, qanday qilib bo‘lsa ham, zaruriyat xoqimiyatidan qutilib, haqiqiy ozodlik yo‘lini idrok etish bilan umumiy birlikka erishib, razolatni bartaraf qilish choralari izlana boshlandi. Ana shu maqsadda sehrli iboralar ham qo‘llanila boshlandiki, ular er va sayyoralar jinlarining ruhini ulardan tashqariga chiqarib yuborishga o‘rgatishlari kerak edi.
Eramizning III asri kishilari uchun qahramon endi sarkarda yoki siyosatchi emas, balki faylasuf Plotin va uning izdoshlari kabi xudodan ilhom olgan, butun dunyo sirlarini biladigan donishmand edi. Plotin (204-270yy.) Gallien homiyligidan foydalanib, o‘z davrining sharoitlarini hisobga olgan holda, o‘zi qadimgi dunyo madaniyatini uyg‘otish to‘g‘risida orzu qilsa ham, qadimgi dunyo qarashlaridan nimani qutqarish imkoni bo‘lsa, o‘shani saqlab qolishga harakat qildi. U Xudo bilan inson o‘rtasidagi vositachilar tabaqalarini qisqartirib, koinot bilan insonning yagonaligini qayta tiklashga intildi. Uning uchun oliy nuqtai nazar xunuk emas, balki go‘zal bo‘lgan butun dunyoni teshib o‘tadigan yagona, bir butun oliy ezgulik ediki, nega deganda u mukammal g‘oyalar dunyosini ifoda qilar edi. Kurash va baxtsizlik borliqning ko‘pligi va uzilganligidan paydo bo‘ladi. Ularni bartaraf etish oliy ezgulik bilan qo‘shilib ketishlikdadirki, unga bilim bilan emas, balki ekstaz (karaxtlik)
Kiniklar YAngi aflotunchilik holati ya’ni barcha erdagi narsalarni tark etish, ruhni razolatdan xuddi oltin quymasini unga yopishgan loydan tozalash kabi yo‘l bilan erishib bo‘ladi. Bu oliy ezgulikni talab qiladi. Ammo Plotin «fuqaroviy» ezgulikni ham rad etmaydi. Bunga erishish uchun har kim o‘z burchini dunyo voqealarida vijdonan o‘ynashi kerak. Har kim shuni unutmasligi kerakki, dunyodagi yomonlik, rasmdagi soya kabi zarurdir va u o‘zining shaxsiy farovonligidan kelib chiqmasdan, balki butun ezgulikdan kelib chiqmog‘i lozim. YOmon odamlar hukmronlik qilmoqda, yaxshilar esa azob chekmoqda degan doimiy shikoyatlar bema’nilikdir. Negaki, xudolar yig‘layotgan va ibodat qilayotganlarga emas, balki kim mehnat qilayotgan va kurashayotgan bo‘lsa,
o‘shalarga yordam beradilar.Plotinning ta’limoti keng omma uchun juda ham murakkab edi. Uning o‘zi ham uni xoslarga mo‘ljallagan edi. Keyinchalik yangi aflotunchilik bir qator o‘zgarishlarga duchor bo‘lib, asosan sharqdagi shahar ziyolilarining falsafasiga aylandi. Xristianlikning yoyilishi bilan cherkov borgan sari salobatli va yaxshi tashkil topgan kuchga aylanib bordi. Xristianlarga nisbatan bo‘lgan ta’qiblarning bekor qilinishi bilan xristian jamoalari chekkan azoblari sinovidan uyushgan va mustahkamlangan holda chiqdilar. Bu narsa xristianlarning keyingi taqdirlari uchun sezilarli ahamiyat kasb etdi. 529 yilda Vizantiya imperatori YUstinian farmoniga binoan Afinadagi Aflotun Akademiyasi bekitildi. Qadimgi dunyo falsafasi o‘zining ming yillik mavjudligini to‘xtatdi.

Download 67,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish