335
(Esxil, Sofokl, Evripid) eski patriarxal tartibotlar yemirilib, tarix- da ilk sinfiy jamiyat shakllanishi jarayonida vujudga keldi. Unga xos bo‘lgan «qismat ohangi» tabiiy va ijtimoiy qonunlar haqidagi tasavvurlarni aks ettirdi. 0‘rta asrlarda G‘arb xristian mafkurasi fojia ruhiga butunlay qarshi chiqqani bois bu davrda biror-bir arzigulik san’at asari yaratilmaganini bilamiz.
Fojia rivojining yangi bosqichi Uyg‘onish davrida boshlandi. Shekspir asarlarida fojiaviylik butun hayot, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarni qamrab oladi. Uning fojiaviy asarlarida kuchli, jasoratli, g‘ururli, erkin inson timsoli yaratildi. Shekspir o‘z qah- ramonlarining o‘zligini anglashga, inson ruhini sindirib halokatga yetaklayotgan tuzum sharoitida ozodlikka intilishini ifodalaydi. M.Shayxzodaning «Mirzo UIug‘bek» dramasini ham asosiy badiiy ohangi, undagi ehtirosli to‘qnashuvlar ruhi, ulkan hissiy ta’sir ku- chi, qahramonlarning taqdiri jihatidan o‘ta fojiaviy asardir. Unda o‘sha davrdagi ildiz otgan ijtimoiy, ma’naviy-axloqiy muammo- lar qalamga olinadi. Asar qahramoni fojiali dramatik jarayonning asosiy subyekti sifatida namoyon bo‘ladi. Uning faolligi, o‘z orzu- armonlari, hatto o‘zini qurbon qilib bo‘lsa ham, davlatda tinchlik va barqarorlikni qaror toptirishga intilishi faoliyatining mohiyatini belgilaydi. San’atda namoyon bo‘ladigan fojiaviylik to‘qnashuvlar, qiyofalar, vaziyatlarni to‘la va chuqur badiiy in'ikos etish ehtiyoji- dan kelib chiqadi. Sofokl fojialari Shekspirnikidan, Shekspir asar- lari Rasinnikidan qanchalik farqlanmasin, ular o‘rtasida o‘ziga xos mushtaraklik, umumiy jihat ko‘zga tashlanadi.
Har qanday fojia zamirida keng kolamli, ijtimoiy ahamiyat kasb etadigan muayyan fojiali to‘qnashuv yotadi. Fojiaviylik san’atda turlicha talqin etilishi mumkin. Bu hol mazkur janrga xos umumiy xususiyatlarni inkor etmaydi. Fojia uslubining umumiy belgilari qatoriga keng umumlashmalarga intilish, tafakkur boyligi, sodda- lik va yaxlitlik, hayajon va ehtiroslarning yuksakligi kabilar kiradi. Fojia tarixiy davrning burilish paytlarida, eski ijtimoiy aloqalar va munosabatlar barbod bo‘lib, qarashlar, estetik va axloqiy aqida- qoidalar qayta baholanayotgan sharoitda ravnaq topadi.
Fojiaviylik har doim estetik tafakkur tarixida dolzarb muam- mo sanalgan. Shuning uchun deyarli barcha buyuk ijodkorlar
Do'stlaringiz bilan baham: |