Ekoestetikaning XXI asr taraqqiyotidagi o‘rni. Insoniyat hozir o‘z tarixining mas'uliyatli davrida yashamoqda. Biz «tabiat- jamiyat-inson» munosabatlari uyg‘unligining yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo‘ydik. Bu tarixiy davr o‘z real imkoniyat-
1 KaHT H. CovHHeHHH b 6 t. T. 5. —M., Mbicjib, 1966. - C.314.
343
lari, obyektiv taraqqiyot qonuniyatlari bilan jamiyat oldiga turli muammolarni qo‘ymoqda.
Bulardan eng muhimi tabiatni asrashdir. Tabiat alohida bir xalq va millatniki emas. Tabiat muqaddas bir dargoh, inson ko‘z ochib ko‘rgan dunyo, ona zamin, insoniyatning umumiy uyi. Shunday ekan uni avaylab-asrash, atrof-muhitning ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik, umumdavlat, umuminsoniyat ishidir. Ekologik muammoni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos bo‘lib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ana shu muammoning hal qilinishiga bog‘liqdir. Bu esa odamlarning, xalqlar va millat- larning ma’naviyatini yuksaltirish, tabiatga estetik munosabatini shakllantirishni taqozo etadi. Negaki voqelikka estetik munosa- batda bo‘lish tabiatga bo‘lgan muhabbatdan boshlanadi. Tabiat uning o‘zini gavdalantiruvchi barcha san’at turlari uchun bitmas- tuganmas shakllar manbayi bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qo- ladi.
Inson bilimining ortishi, tabiat hodisalarining mohiyatini aniqlash, qonuniyatlarini o‘rgana borish, texnikaning taraqqiyo- ti inson qudratini oshirishi natijasida tabiat ustidan hukmronlik o‘rnatishga intilishi boshlandi. Va bu salbiy oqibatlarga olib keldi. XXI asrga kelib tabiat va inson o‘rtasida yangicha muloqot vujud- ga kelmoqda. Inson tabiatning hukmroni emas, uning bir bo‘lagi ekanligi tabiatga nisbatan qilingan har qanday yomonlik oqibatda insonga qilingan yomonlik ekanligini anglab yetdi.
Hozirgi zamonning eng katta muammolaridan biri ekologi- ya ekanligi, uni hal etish barcha xalqlarning manfaatlariga mos boTib, sivilizatsiyaning hozirgi kuni va kelajagi ko‘p jihatdan ana shu muammoning hal qilinishiga bogTiqligi hammamizga ayon haqiqat. Xalqimiz yaqin o‘tmishda boshidan o‘tkazgan totalitar, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi sharoitida atrof-muhitga bepisand munosabatda bo‘linib, tabiat boyliklaridan ochko‘zlarcha foy- dalanishga zo‘r berilgan edi. 0‘sha davr bizga o‘simlik va hayvo- not dunyosi genofondiga salbiy ta’sirni, biologik xilma-xillikning qisqarishi, katta hajmdagi sanoat va boshqa chiqindilarning ko‘payishi, choTlanish, yer va suv resurslari degradatsiyasi, Orol dengizi halokati kabi mintaqaviy va global miqyosda yechilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |