336
yaratgan asarlarda fojiali ohanglar mavjud. Fojialilikni mohi- yatli kuchlar to‘qnashuvining natijasi, deb bilgan nemis faylasufi Gegel, bu to‘qnashuvlar kurashining qanday tugallanishi piro- vardida insoniyat istiqboli, taqdiri bilan bog‘lanib ketadi deya ta’kidlagan. Shuning uchun fojiaviylik estetika kategoriyalari ora- sida ulug‘vorlik bilan yaqin aloqador: haqiqiy ulugVorlik fojia- viylikning davomi hisoblanadi. Qolaversa, ulug‘vorlikning bar- cha xususiyatlari fojiaviylikning ham u yoki bu ko‘rinishi orqali namoyon bo‘ladi. Fojiaviylik kategoriyasining estetikadagi marka- ziy muammosi — insonning qahramonlik, buyuklik, jasorat kabi tushunchalar haqidagi tasavvurini har tomonlama kengaytirish hamda hayotdan qoniqish va shukronalik hissini rivojlantirishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |