Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet328/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Hayotning ma’nosi. Inson nima uchun yashaydi? Yashashdan maqsad nima? Inson hayotining ma’nosi nimada? Har bir inson o‘z umri mobaynida ana shu savollarga javob topishga urinadi va hayotining ma’nosini o‘ziga xos tarzda tushunadi. Shu bois u ax- loqshunoslikning ancha murakkab tushunchalaridan hisoblanadi.

Avvalo shuni aytish joizki, hayotning ma’nosini yashash- dan maqsad degan tushuncha bilan qorishtirib yuborish hollari ko‘p uchraydi. Vaholanki, ularni aynanlashtirish mumkin emas,


281





Chunki hayotning ma'nosi maqsadga nisbatan juda qamrovli tushuncha, o‘z ichiga o‘nlab, balki yuzlab maqsadlarni oladi, aniqrog‘i, u muayyan maqsadlar tizimidan tashkil topadi. Shu bois kimningdir biror-bir ezgu maqsadi amalga oshmay qolsa, uning hayotini «ma’nosiz» deb bo‘lmaydi.


Ba’zan hayot «ma’nosiz» kechishi ham mumkin. Bunda kishi- dagi maqsadlar o‘tkinchi, mayda, yuksak orzu-intilishlardan yi- roq, hayvoniy, tuban, hatto yovuz bo‘lishi mumkin. Mazkur kishi — «hayot egasi»ning bunday tabiati jamiyat erishgan axloqiy da- raja bilan baholanadi. Zero, kimdir o‘z hayoti ma’nosini qanday yo‘l bilan bo‘lmasin boy-badavlat, to‘kin-sochin yashashda deb tushunadi: harom-xarishning farqiga borib o‘tirmaydi, birovning haqidan qo‘rqmaydi yoki qanday vositalar bilan bo‘lmasin, mar- tabaga erishishni o‘z oldiga hayotiy maqsad qilib qo‘yadi, faqat «yulsam» deydi. Boshqa birov esa qonunni buzmaydi, lekin o‘zgalarga qayishishni xayoliga ham keltirmaydi, hech kim bilan ishi bo‘lmaydi, faqat «o‘z qobig‘ida» yashashni afzal ko‘radi. Yana bir toifa odamlar borki, ular hayotining ma’nosini eng yuksak qadriyatlar bilan bog‘laydilar va jamiyatda yuksak axloq egasi, go‘zallik oshuftasi, e’tiqodi but kimsalar sifatida e’tibor qozona- dilar. Ular oliy ideallarga intilib, fidoyilarcha umr kechiradi- lar. Hayotining ma’nosini o‘zidan keyin qoldiradigan «ikkinchi umr»da ko‘radilar.

Biz yuqorida ko‘rib chiqqan toifalar ikki umumiy ijtimoiy- ma’naviy guruhning biriga, ta’bir joiz bo‘lsa, shartli ravishda dunyoviy deb ataladigan qismiga mansub.

Ikkinchi guruhni esa e’tiqodiy-diniy deb nomlash mumkin. Bu guruh hayotning ma’nosini xudoni topishda, unga yetishish- da deb biladi. Bunda goho cherkov yoki shariat aqidalari orqali emas, balki muhabbat vositasida ham xudoga murojaat qiladilar.

Ma’lum bo‘lyaptiki, hayotning ma’nosini tushunishda har ikki ijtimoiy-ma’naviy guruhda ham turli qarashlar mavjud. Lekin ular bir masalada yakdil: ular hayotning ma’nosi o‘z manfaat- larini o‘zgalar manfaati bilan bog‘lab, oliy qadriyatlar va yuksak aqidalarni ichki shior qilib yashashdadir, degan axloqiy qoidaga binoan umr kechiradilar.


282



Baxt. Hayotning ma’nosi ideal bilan bog‘liq bo‘lgani kabi baxt atamasini ham hayotning ma’nosi tushunchasidan ajratib olin- gan holda tahlil etish mumkin emas. Zero, baxt inson o‘z hayoti ma’nosini qay darajada tushungani va shu ma’nodan umri mo- baynida qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi undagi maqsadlarning takomilga yetganidagina ro‘y beradi. Faqat bu takomilga yetish jarayoni bir umr davom etadi. Shu ma’noda buyuk ajdodimiz Abu Nasr Forobiy: «Baxt — har bir inson intiladigan maqsad, zotan u muayyan komillikdir», — deganida ko‘p jihatdan haq edi.

Faqat bu qoniqish ham davomiylik tabiatiga ega ekanini unut- maslik lozim, uni lazzat bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas. Laz- zat oniylik xususiyatiga ega, o‘zini faqat jarayondagina namoyon etadigan hodisa va u moddiy hayotdagi real, ammo o‘tkinchi ehtiyojlardan kelib chiqadi. Masalan, gastrologik yoki shahvoniy lazzatni olib ko‘raylik: deylik, siz kabobni xush ko‘rasiz va laz- zatlanib yeya boshlaysiz, lekin biroz muddat o‘tgach, to‘yasiz, boshqa yegingiz kelmay qoladi; shahvoniy lazzat ham shunday. Baxt esa ma’naviy ehtiyoj bilan bog‘liq, unda maqsadlarga birin- ketin erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr to‘xtamaydi va doimo lazzat va zavqni o‘z ichiga oladi.

Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli si- fatida ko‘zga tashlansada, aslida undan farqli o‘laroq, shaxsning intilishini emas, shu intilishning ro‘yobini anglatadi. Har bir inti- lishning ro‘yobga chiqishi esa muayyan tayyorgarlikni va kurash- ni taqozo etadi.

Baxt haqida gap ketganda, albatta, omad to‘g‘risida to‘xtalib o‘tish lozim. Omad ham lazzatga o‘xshash oniylik tabiatiga ega. Lekin bu oniylikda lazzatdagidek takrorlanish xususiyati yo‘q: odamga omad hayoti mobaynida kamdan-kam kulib boqadi. Omadning ana shu jihati haqida qrim-tatarlarning qadimgi asotiri bor. Unga ko‘ra, omad ma’buda ekan, kunlardan birida uning o‘g‘li yerni tomosha qilaman deb osmondan tushibdi-yu, qaytib chiqmabdi. Shu-shu omad yerga tushib, hanuz bolasini qidirarmish. Ma’budaning yuzi yo‘q, faqat qoq miyasi ustida bit- tagina ko‘zi bor ekan. Shu bois u to‘g‘ri kelgan o‘tkinchini tutib



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   324   325   326   327   328   329   330   331   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish