Yaxshilik va yomonlik. Ezgulik va yovuzlik haqida gap bor- ganida, yaxshilik va yomonlik nima, bu ikki juftlik mazmunan bir emasmi, degan savol tug‘iladi. Bu tabiiy. Chunki hozirgacha bizga ma’lum o‘zbek tilidagi barcha etikaga doir adabiyotlarda ezgulik va yovuzlik mezoniy tushunchalar sirasiga kiritilmagan, u bor-yo‘g‘i yaxshilik va yomonlikning sinonimi tarzida taqdim etib kelingan. To‘g‘ri, yaxshilik tushunchasining ko‘pgina unsur- lari ezgulikdan, ezgulikning ba’zi unsurlari yaxshilikdan joy oli- shini inkor qilish mumkin emas. Ularning ziddida ham shunday «singishib ketish» mavjud. Lekin bunday dalillar aslo mazkur ikki juftlikni aynanlashtirishga asos bo‘la olmaydi.
Bu ikki juftlik tushunchalar orasida qat’iy farq mavjud: ezgulik, yuqorida aytganimizdek, ijtimoiylik xususiyatiga ega, yaxshilik esa unday emas. Yaxshilik asosan shaxsning odobi- ga, xulqiga bog‘liq bo‘lgan ijobiy hodisa. Zero, unda mard- lik, ochiqko‘ngillilik, halollik singari axloqiy me’yorlar tajas- sum topadi. Biroq unga asos boTgan amaliy xatti-harakatlar
277
qahramonlik, jasorat, vatanparvarlik kabi tamoyillar darajasiga koharila olmaydi. Misol tariqasida buyuk shoirimiz Alisher Navoiyning faoliyatini olaylik. U surunkasiga ijodiy mehnatga umrini bag‘ishladi, xalqi uchun, xalqlar uchun «Xazoyin ul- maoniy»dek, «Xamsa»dek buyuk asarlar yaratdi. Bu — ezgulik, u ma’lum ma’noda abadiylik xususiyatiga ega, Chunki Navoiy asarlari millionlab odamlarga yuzlab yillar mobaynida zavq- shavq ulashib, ularni komillikka chorlab kelmoqda. Ayni payt- da, Navoiyning o‘zi bevosita ko‘plab yaxshiliklar qildi — muhtoj odamlarga qarz berdi, bergan qarzlaridan kechib yubordi va h.k. Uning bu yaxshiliklari ajoyib ijobiy hodisa bo‘lgani hol- da, o‘tkinchilik tabiatiga ega, Shuningdek, istisnoli hollarda namoyon bo‘luvchi qahramonlik ham, buyuk jasorat ham emas. Demak, ezgulik asosan bilvosita amalga oshiriladigan, uzoqni ko‘zlovchi, kelajakka ham mo‘ljallangan, ya’ni strategik aha- miyatga molik axloqiy xatti-harakatlar majmuyi; yaxshilik esa, odatda, bevosita shu kun uchun dolzarblik xususiyatiga ega, ya’ni taktikaviy axloqiy faoliyatdir. Shunday qilib, yaxshilik- ni yirik ijtimoiy hodisa — ezgulik bilan aynanlashtirish to‘g‘ri emas.
Bu ikki juftlikning yana bir farqli tomoni shundaki, voqe bo‘lgan ezgulik hech qachon yovuzlikka aylanmaydi, yovuzlik esa har qanday zamonda, har qanday sharoitda ham yovuzlik bo‘lib qolaveradi. Yaxshilik va yomonlikda esa bunday emas: biror obyektga qilingan yaxshilik boshqa bir obyekt uchun yoki yaxshi- lik qilgan subyekt uchun yomonlikka aylanishi mumkin:
yaxshilik — bu faqat inson va jamiyat hayotiga xos bo‘lib, stixiyali, ko‘r-ko‘rona sodir etiladigan xatti-harakat emas, balki biron-bir inson, jamiyat manfaatini o'ylab, ko‘zlab bajariladigan, ezgulikka yo‘g‘rilgan amaliy ishdir;
yaxshilik — bu majburlashning mahsuli emas, balki vijdon amri bilan sodir etiladigan mutlaqo erkin xatti-harakatdir. Yax- shilik qilishga majburlash — yomonlikdir;
yaxshilik — bu inson axloqiy idealiga muvofiq keladigan real axloqiy munosabatdir, uning ijobiy mazmunidir. Yaxshilik axloqiy idealning amaldagi ifodasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |