Falsafa asoslari


Gedonizm va evdemonizm talimotlari



Download 428,67 Kb.
bet320/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

Gedonizm va evdemonizm talimotlari. Qadimgi davr axloq- shunosligida paydo bo‘lgan falsafiy-axloqiy ta’limotlardan biri gedonizm bo‘lib, uning mohiyatiga ko‘ra inson faqat jismoniy


272





rohatlanmasdan, ruhiy huzurlanish xususiyatiga egadir. Gedo- nizm ta’limotining asoschisi Aristippdir (e.av. 435—355-y.y.). U Suqrotning zamondoshi bo‘lib, insonning ruhiy holati ikki turda bo‘lishini aniqlaydi. Birinchisi, inson ruhining rohatlani- shi bo‘lsa, ikkinchisi noxush og‘riqli holatidir. Insonning butun hayot mazmuni rohatlanishdan, huzurbaxshlikdan iborat, degan g‘oyani ifoda etadigan tushuncha bu gedonizm (qad. yun. hedone — zavqlanish, rohatlanish)dir. Gedonizm ta'limotiga ko‘ra, inson o‘z hayotining tabiiy ehtiyoji, asosiy harakatlantiruvchi kuchi si- fatida huzurbaxshlikka, rohat-farog‘atga intiladi. Aristipp fikri- cha, rohatlanish yengil, yoqimli va huzurbaxshlik bilan kechsa, ruhiyatnig noxush og‘riqli holati esa azob va qiynoqlardan ibo- ratdir. Aristipp fikricha, inson og‘riqdan qochishi va iloji bori- cha rohatlanishga intilishi oqibatida baxtga erishishi mumkin, jismoniy ehtiyojlarni qondirish esa inson hayotining mazmun- mohiyatini tashkil etadi. Bu ta'limotga binoan, huzur-halovat, rohatlanish baxsh etmaydigan harakatga e’tibor qaratish va kuch sarflash arzimaydi.


Gedonizmning psixologik talqinida insonni harakatga un- dovchi asosiy kuch bu — zavqlanish va rohatlanishga intilish, deya e'tirof etiladi. Axloqiy gedonizmda esa, inson o‘zining yoki o‘zga kishilarning rohatlanishi uchun yashashi kerak, degan g‘oyani targ‘ib etuvchi turli xil falsafiy yondashuvlarni o‘zida mujassamlashtirgan. Masalan, gedonizmni huzurbaxsh- lik, rohatlanish sifatida targ‘ib etuvchi yondashuvlardan biri- ning asoschisi Epikur insonning yotsirashdan va jirkanishdan xalos bo‘lishi bu - xohish-istaklarni qondirish, deya talqin etadi. Bu yondashuvda inson ehtiyojlarining qondirilishi emas, balki azob va baxtsizlikdan xalos bo‘lish maqsadi ifoda etilgan. Inson hayotini gedonistik yondashuv asosida talqin qilish falsa- fa tarixida markaziy masalalardan biri bo‘lib kelgan va ko‘plab faylasuf-mutafakkirlar ijodida o‘ziga xos tarzda ifoda etilgan. Fransuz faylasufi LBentamning yozishicha, «Tabiat insonni ikki asosiy borliq: azob va rohat girdobiga tushirgan. Ular bugun biz nima qilishimiz va ertaga nima bilan shug‘ullanishimizni belgilab beradi. Hatto haqiqat va yolg‘on, sabab va oqibat me-


273





zonlari ham ana shu ikki asosiy negizga tayanadi». Gedonizm ta’limotida insonning mayl va ehtiyojlari jamiyatda o‘rnatilgan ijtimoiy me’yorlarga qarama-qarshi qo‘yiladi, inson erkinligini cheklovchi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini namoyish etishga to‘sqinlik qiluvchi har qanday ijtimoiy shart va me’yorlar in- kor etiladi. Ular faqat shaxsiy ehtiyojlarni qondirish hayotining mazmuni deb biladi va bu yo‘lda mavjud ijtimoiy qonun-qoi- dalarga bepisandlik bilan qarash, hatto ularni inkor etishgacha boradi.


Evdemonizm (yun. yeudaimonia — baxt-saodat, rohat-farog‘at) esa, baxt-saodat, rohat-farog‘atni kishilar hayotining oliy maqsa- di, deb hisoblaydigan axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu ibora etimologik jihatdan, birinchidan, qoniqish hissining subyektiv holatini, ik- kinchidan, qoniqishga xizmat qiladigan obyektiv sharoit, ya’ni tashqi ne’matlarni anglatadi. Bu ikki jihat uzviy bog‘liq bo‘lsa- da, ba’zan ular bir-biridan farq qilishi, masalan, barcha moddiy ne’matlarga ega odam baxtsiz bo‘lishi va aksincha, qashshoq, ust- boshi yupun inson o‘zini baxtli his etishi mumkin. Evdemonizm yunon etikasining asosiy tamoyillaridan biri bo‘lib, u Suqrotning shaxs ichki erkinligi, insonning tashqi dunyoga qaram emasligi to‘g‘risidagi g‘oyasi bilan uzviy bog‘liq. Evdemonizm baxt-sao- datni jismoniy va ma’naviy huzur, lazzat bilan tenglashtirmaydi, balki uni keng ma’noda, barcha jismoniy va ma’naviy (ko‘pincha fuqarolikka ham oid) qadriyatlarning majmuyi tarzida tushunadi.

Bu ta’limotga ko‘ra, o‘z shaxsiyatida ana shu qadriyatlarni mujassamlantira olgan kishigina chinakam baxt-saodat sohibi- dir, shunday baxtgina insonga haqiqiy lazzat, farog‘at baxsh etadi. Qadimgi yunon allomalari Demokrit va Epikur evdemonizmning yorqin namoyandalaridir. Yunon mutafakkirlarining qarashlari- da «baxt» tor, individual axloq doirasida (xususan, baxt inson ijodi bilan bevosita bog‘liq holda) talqin etilgan bolsa, nasroniy axloqda baxt haqidagi axloqiy me’yor va tushunchalar ongdan tashqarida bo‘lgan diniy tasavvurlar bilan bogliqligi asoslanadi. Boshqacha aytganda, inson axloqi va ma’naviyatining mazmun- mohiyatini belgilab beradigan chinakam baxtga qadr-qimmat va uning mahsuli bo‘lgan baxt o‘rtasida ziddiyat bo‘lmagan dunyo-



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   316   317   318   319   320   321   322   323   ...   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish