271
hiyatiga ko‘ra, lozim bo‘lganda, muayyan ijtimoiy tuzum yoki davr doirasidan chiqib, inson axloqining yuksak yutug‘i sifatida kelgusi davrlar uchun ham tarixiy va axloqiy ahamiyat kasb etgan shaxsiy, istisnoli xatti-harakatlarni hamda ularning sababiy asos- larini o'rganadi.
Etika va siyosatshunoslik. Etikaning siyosatshunoslik bilan aloqasi, ayniqsa, o‘ziga xos va murakkab. Chunki siyosiy kurash qarama-qarshi axloqiy qoidalar va talablar kurashini taqozo etadi. Shaxsiy intilishlar bilan davlat va jamiyat manfaatlarining mos- ligi, maqsadlar va vositalarning pok yoki nopokligi muammolari o‘rtaga chiqadi. Lekin, aslida siyosat qay darajada axloqiylik kasb etsa, shunchalik u oqilona bo‘ladi. Bu hozirgi kunda etika ham, siyosatshunoslik ham jiddiy tadqiq etadigan eng muhim umumiy muammolardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |