Etikaning boshqa ijtimoiy fanlar bilan aloqadorligi. Etika va estetika. Etika boshqa ijtimoiy va falsafiy fanlar bilan o‘zaro alo- qadorlikda rivojlanib kelmoqda. Ayniqsa, uning estetika bilan
270
aloqasi qadimiy va o‘ziga xos. Avvalo, insonning har bir xatti-ha- rakati va niyati ham axloqiylikka, ham nafosatga tegishli bo‘ladi, ya’ni muayyan ijobiy faoliyat ham ezgulik (ichki go‘zallik), ham nafosat (tashqi go‘zallik) xususiyatlarini mujassam qiladi.
Etika va dinshunoslik. Etikaning dinshunoslik bilan aloqasi shundaki, har ikkala fan ham bir xil muammo — axloqiy mezon muammosini hal etishga qaratilgan. Chunki umumjahoniy din- lar vujudga kelguniga qadar mavjud bo‘lgan ma’lum urf-odatlar va qadriyatlar muayyan diniy qonun-qoidalarga, muqaddas diniy kitoblarga katta ta’sir ko‘rsatgan. Ayni paytda, dinlar ham axloq- qa ana shunday ta’sir o‘tkazgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |