Falsafa asoslari



Download 428,67 Kb.
bet433/435
Sana07.03.2021
Hajmi428,67 Kb.
#61049
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   435
Bog'liq
11qnazarovvaboshqalarfalsafaasoslaripdf

375





davr talablariga javob bermasligi shubhasiz. Aksincha, ularning bar- chasini xolis talqin etish, falsafa fani, uning mazmun-mohiyati, jami- yat va inson hayotidagi o‘rni va ahamiyati, xilma-xil falsafiy oqimlar, faylasuflar va ularning ta'limotlari haqida to‘g‘ri va ilmiy tasavvurni shakllantirish har qanday tadqiqotning asosiy mezoni va bu boradagi yutuqlar omili bo‘lib qolaveradi.


Lekin ushbu fan tarixi faqatgina ilmiy yutuqlar, ezgulikning mutlaq g‘alabasi, falsafaning doimiy kamolotidan iborat emas. U jamiyat uchun ni- hoyatda katta ahamiyat kasb etgan g‘oya va ta'limotlar, turli-tuman falsafiy yo'nalishlar, oqim va maktablarning vujudga kelishi, kamoli yoki zavoliga ko‘p bora guvoh bo‘igan. Ularning ba'zilari xalqlar va davlatlarni taraqqi- yotga yetaklagan, ezgulik va adolatga xizmat qilgan bo‘lsa, boshqalari ta- nazzulga sabab bo‘lgan, odamlami qabohat va jaholat tomon boshlagan.

Falsafaning o‘ziga ham barcha zamonlarda bir xil munosabat bo‘lmagan. Ba’zi davrlarda u davlat mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan, ma’naviy hayotda yakka hukmronga aylangan bo‘lsa, boshqa davrlar- da unutilishga, ikkinchi darajali fanga aylantirishga mahkum qilin- gan. Muayyan tarixiy burilish davrlarida «Falsafa nima o‘zi?», «Uning qanday foydasi bor?» degan masalalar dolzarb ahamiyat kasb etgan. Tarixda «Falsafa endi yo‘q bo‘ldi, uni o‘rganishning hech bir zarurati qolmadi» qabilidagi gaplar ham ko‘p bo‘lgan. Ana shunday davrlarda kishilar falsafaning mohiyati, uning maqsad va vazifalarini yangicha idrok etishga harakat qilganlar, undan zamonaviy tashbehlar izlaganlar. Qanday bo‘lmasin, zamonlar o‘tishi bilan odamzod baribir falsafaga ehtiyoj sezgan va u insonning ma'naviy kamolotida beqiyos ahamiyat kasb etishiga qayta-qayta ishonch hosil qilgan.

Shu bilan birga o‘z davrining qonun va xususiyatlarini zukkolik bi- lan anglagan, hayot qonuniyatlaridan voqif bo‘lgan ba’zi yetuk faylasuf va allomalarning hayoti ham bir tekis kechavermagan, ularning g‘oya va qarashlar, jamiyat va millat kamoli uchun harakatlari hamma tomonidan ham bir xil qabul qilinavermagan. Bu boradagi tajriba shundan dalolat beradiki, falsafa tarixi bunday kishilarning nomini eslash va ularni sahi- falarida saqlab qolishni xush koTmaydi, kimning kim ekani haqida xulosa chiqarishni esa odamlarning o‘ziga va kelajakka havola qilib qo‘ya qoladi.

Shu tariqa kishilik jamiyati hech qachon bir tekis va silliq taraqqiy etavermagan. Rivojlanish ortidan inqiroz, yutuqlar ketidan magTubiyatlar farovonliklar izidan zavolga yuz tutishlar uni ta’qib etgan. Muayyan jamiyat taraqqiyot borasida inqirozga duch kelar ekan, undan chiqib ketish uchun ilg‘or falsafiy taTimotlarga ehtiyoj sezgan, albatta. Bu esa



Download 428,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   427   428   429   430   431   432   433   434   435




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish