1-mavzu. Falsafaning fan va dunyoqarashga doir mohiyati. Reja



Download 69,3 Kb.
bet1/7
Sana11.04.2022
Hajmi69,3 Kb.
#541964
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1. mavzu 1 maruza


1-MAVZU. FALSAFANING FAN VA DUNYOQARASHGA DOIR MOHIYATI.
REJA:

  1. Falsafa atamasining kelib chiqishi.

  2. Falsafa fanining asosiy muammo va funksiyalari

  3. Falsafa shakllanishining asosiy bosqichlari.

TAYANCH TUSHUNCHALAR:
«Falsafa» atamasining mohiyati. Falsafaning bahs mavzulari. Falsafaning asosiy muammolari. Falsafada milliylik va umuminsoniylik. O‘zbek falsafasi. Dunyoqarashning tarixiy shakllari
Falsafa va uning mazmu-mohiyati
Falsafa – inson bilimlarining oddiy yig‘indisi emas, balki ularning aqliy umumlashtirish asosida shakllangan xulosalar tizimidir. U insoniyatning bir necha ming yillik tarixiy taraqqiyoti davomida yaratilgan madaniyatining ajralmas tarkibiy qismidir.
Hayotnig ma’nosi va mazmuni, insonning paydo bo‘lishi, uning tabiat va jamiyatga munosabati, kelajak avlodlarning taqdiri, jahon sivilizatsiyasining istiqbollari singari umumbashariy muammolar falsafaning markazida turadi. Nemis faylasufi Gegel ta’biri bilan aytganda, «Falsafa – inson tafakkurida aks etgan butun bir davrdir».
Falsafa insoniyatning buyuk ma’naviy boyligidir. U avlod ajdodlar tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy merosning barcha durdonalaridan bekamu-ko‘st foydalanish, tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar fanlar erishgan ulkan muvaffaqiyatlarga suyanish asosida shakllanadi. Falsafa rivojlanib borish bilan birga kishilarda olam haqidagi bir butun, yaxlit dunyoqarashni shakllanishida nazariy poydevor vazifasini o‘taydi. U tabiat, jamiyat, inson tafakkurini ob’ektiv qonunlarini bilish asosida moddiy olamga amaliy ta’sir etish yo‘llarini, dunyoni o‘zgartirish, qayta qurish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib beradi. SHuningdek voqealarni rivojlanishini oldindan ko‘rishga, umuminsoniy muammolarni hal etishga yordam beradi.
Falsafa terminining mazmuni nimani anglatadi va u birinchi marta kim tomonidan qo‘llanilgan?
Falsafa termini birinchi marta Grek faylasufi Pifagor ta’limotida uchraydi. Lekin uni alohida fan sifatida ajratgan faylasuf Aflotundir. Falsafani – nazariy bilishning alohida bir sohasi sifatida qaragan faylasuflar ham Aflotun va Arastudir. Ularning talqinicha, «falsafa – bu insonning dunyo va o‘zi to‘g‘risidagi hamma bilimlarni o‘z ichiga oluvchi fandir». Xullas «falsafa» - yunoncha so‘z bo‘lib, «donishmandlikni sevish» ma’nosini bildiradi.
Markaziy Osiyolik ulug‘ faylasuf Forobiy o‘zining «Baxt-saodatga erishuv haqida» nomli asarida shunday deydi: «Falsafa» ta’biri grek tilidan olingan bo‘lib aslida filosofiya so‘zidan kelib chiqqan. «Filo» – taqdirlash, «sofiya» - hikmat. YA’ni hikmatni taqdirlash degan ma’noni bildiradi.
SHuningdek, Forobiy o‘z asarida «Falsafa fanining ma’nosi nima?» deb savol qo‘yadi va unga o‘zi javob berar ekan, «mavjudot haqidagi bilim qo‘lga kiritilsa, mavjudotdan bo‘lgan narsalarning zoti bilinsa, narsaning ma’nosi tushunilsa, ishonchli dalil-hujjatlar asosida shu narsa haqida miyada bir turli ishonch va tasavvur paydo bo‘lsa, mana shu ma’lumotga doir fanni falsafa deymiz», deb ta’kidlaydi.
Forobiy o‘z asarida falsafa fanini o‘rganishdan oldin nimani bilish kerakligi to‘g‘risida shunday deydi: «Har kimki ilm-hikmatni o‘rganaman desa uni yoshligidan boshlasin, sog‘-salomatligi yaxshi bo‘lsin, yaxshi axloq va odobli bo‘lsin, so‘zini uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlanadigan bo‘lsin, xiyonat, makr-hiyladan uzoq bo‘lsin, diyonatli, bilimdon va notiq bo‘lsin, barcha qonun- qoidalarni bilsin, bilimli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm va ahli ilmdan mol dunyosini ayamasin, bircha real moddiy narsalar to‘g‘risida ilmga ega bo‘lsin.

Download 69,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish