Fakulteti



Download 450,2 Kb.
bet7/8
Sana22.06.2017
Hajmi450,2 Kb.
#11949
1   2   3   4   5   6   7   8

3.3. Milliy brend tizimini shakllantirish va korxonalarda brending mexanizmini amalga oshirish istiqbollari
Brendingning mamlakatimizdagi muvaffaqiyatli misollariga e’tibor bersak, hammasi ham unchalik yomon emasligini ko’ramiz.

Tabiatiga ko’ra brending 2ta amaliy maqsadga ega.

Birinchisi, Brending- bu muloqotning amaliy quroli. Ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi muloqot. Va bu muloqot qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilsa, korxonaning brending siyosati natijasi shunchalik samaraga ega bo’ladi. Shuning uchun biz, bozor qatnashchilari orasidagi muloqotni tashkil qilish san’atini – brending deb ataymiz.

Ikkinchisi, brending – raqobatdan ajralish qurolidir.

Davlatimizda ikkinchi maqsad bilan ahvol unchalik ham yaxshi bo’lmasa (chunki, o’z segmentlarida yangi bo’lgan va foyda haqida vaqtincha qayg’urmaydigan mahsulotlar juda ko’p), birinchisi bilan hammasi o’z o’rnida bo’lishi kerak.

Sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga qaramay, o’zbek ishlab chiqaruvchilarining odatiy muammosi – ular qadoqlash, qadoq dizayni va reklamadan to’g’ri va samarali foydalanishmaydi. Tashqi ko’rinishidan sifatsiz bo’lgani uchun, biz ishlab chiqargan mahsulotlar qo’shni mamlakatlar bilan raqobatlasha olmayapti.

Qachongacha o’zbek iste’molchisi: “O’zbekiston mahsulotlarini sotib olish o’rniga, yaxshisi Qozog’istonning mahsulotidan (yog’, pishloq) ola qolay” degan fikr bilan yashaydi. Rossiyaning mahsulotlari haqida gapirmasa ham bo’ladi. Ular allaqachon chiroyli qadoqlanib, reklama qilib berilgan.

Birinchi mulohaza. O’zbekistonda brendlar kerakmi?

Ha, ular bor. Iste’molchi uchun kurashayotgan viloyatlarda brending jarayoni sekin asta rivojlanib kelmoqda. Ularning ko’pchiligi hali brend darajasiga chiqmagan bo’lsada, lekin bor. Uyali operatorlar, sharbatlar, mineral suvlar mamlakatda peshqadamdir. Qolganlari esa o’z imkoniyatlari va brend kuchidan yetarlicha foydalana olmayaptilar.

Ko’pchilik, fransuzlarning “Grey Goose”i bilan ruslarning “Столичная” aroqlari o’rtasidagi farqini kuchli marketing va reklamaning to’g’ri yo’lga qo’yilganidan deb bilmaydi. Vaholanki shunday, aynan yuqoridagi 2 omil tufayligina “Grey Goose” o’z sohasida yetakchi. Aroq bozori faqat brending asosida ushlab turiladi. Bir xil tarkib, bir xil ta’m va bir xil texnologiya. Hammasi bir xil, faqat “Grey Goose” dagi elit pozitsiya va elit reklamalardan boshqa. Shuning uchun “Grey Goose” premium klassdagi tovar, “Столичная” bo’lsa odatiy iste’mol uchun deb e’tirof etiladi.

Huddi shu ishni bizning mahsulotlar bilan ham qilish mumkin. Maqsadning aniq qo’yilishi, maqsadli auditoriyani to’g’ri tanlash, chiroyli qadoq va reklama orqali Toshketda ishlab chiqarilgan makaronlarni brendga aylantirish va yuz minglab uy bekalarining ishonchini qozonish bilan birga ular xohlayotgan narsani taqdim etish mumkin.

Bunda narxni to’g’ri tanlash ham o’ta muhimdir. Albatta ishlab chiqaruvchi narxni o’zi belgilaydi, lekin bozorda o’z o’rnini egallash uchun mahsulot narxini va shu bilan birga sifatini ham ozgina tushirish kerak bo’ladi. Agar past narxli strategiya tanlansa, barcha hududlarda bemalol raqobat qilish mumkin bo’ladi. Lekin agar maqsad – hammasini tezroq sotish bo’lsa, ehtiyotkorlik talab etiladi. Chunki haridor unga ikkinchi imkoniyatni bermasligi mumkin. Ular birinchi marta olgan mahsuloti “yomon”, yoki “brak” chiqsa, boshqa ishlab chiqaruvchini qidirishadi. Va bu tushumning kamayishiga olib keladi.

Ikkinchi yo’li – haridorlarni o’z statusini saqlab qolish orqali ushlab qolish. Buning iloji bor va ko’plab kompaniyalar shu usuldan foydalanadi. Bu ham brendingning bir ko’rinishi.

Ikkinchi mulohaza: O’zbek ishlab chiqaruvchilari g’arbiy marketing modeliga tayyormi?

Kotler, Traut va hatto Igor Manning marketing modellari va tadqiqotlari bizning o’zbek bozorimizda unchalik ham qabul qilinavermaydi. Qo’llanilsa ham, doimiy ravishda emas.

Misol uchun, maqsadli auditoriya bo’yicha ma’lumotlar to’plashni hech kim inkor qilmagan, lekin SWOT tahlil (kompaniyaning kuchli, kuchsiz tomonlari, imkoniyatlari va xavf-xatarlariga asoslangan bozor holati tadqiqoti)ni biz misol qilib keltirayotgan makaronlar bo’yicha o’tkazish ma’nosiz bo’lsa kerak.

Ko’pchilik ishlab chiqaruvchilar va xizmat ko’rsatish korxonalari “brendingda pul yo’q” deb o’ylashadi. Ammo, ulgurji tovar ishlab chiqaruvchilar, shunga e’tibor berish kerakki, hozirda chakana savdo tarmoqlari “brendingda pul yo’qligi”dan foydalanib, ularning o’rnida o’z brendlarini keng targ’ib qilishmoqda, hamda rastalardagi joylarini egallashmoqda.

Har qanday inson, jumladan, o’zbek iste’molchisida ham u iste’mol qiladigan va “o’zimizniki” deb o’ylaydigan mahsulotlar ro’yxati bor, shuningdek, “mavqei past” deb hisoblaydigan mahsulotlar ro’yhati ham bor.

Agar “o’zining” mahsuloti uning uchun hamyonbop bo’lmasa, u ikkinchi ro’yxatdagi mahsulotga e’tibor bermay, balki boshqa, unga nisbatan tasavvuri kamroq bo’lgan mahsulotni tanlaydi va buni yangi narsani tatib ko’rish xohishi bilan oqlaydi.

Huddi mana shu yerda, aynan mahsulotlar almashinuvi paytida korxonada o’zining brendini iste’molchilarga namoyish qilish imkoniyati paydo bo’ladi, albatta agar uning brendi mavjud bo’lsa.

Xulosa: iste’molchilar o’zimizning milliy brendlarni qabul qilishga tayyor!

Baxtimizga yoki baxtga qarshi “qanday qilib muvaffaqiyatli brend yaratish mumkin?” degan savolga javob yo’q. Bu savolga javob berish, huddi “qanday qilib million (USD) topish mumkin?” degan savolga javob berish bilan barobar. Biror belgi yoki oddiygina “N” harfini tasvirlash, uni ilgari surish uchun ancha mablag’ sarflanishi mumkin va bu juda taniqli harf yoki biror belgining ko’rinishi bo’lib qolishi mumkin. Lekin bu brend bo’lib qolishiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Quyida brend yaratishda kerak bo’lishi mumkin bo’lgan takliflar berilgan.


  1. Hech kim siz uchun brend yaratib bermaydi

Bo’lajak brendni yaratish haqidagi g’oya sizniki bo’lishi kerak. Bo’lajak brendning egasi sifatida siz brendning ma’nosini, iste’molchilar uchun u nima bo’lishini, iste’molchi sifatida kimlarni ko’rishni xohlayotganingizni aniq bilishingiz kerak. Brending agentliklari sizga turli xil konsepsiya taklif qilishlari, uning tashqi ko’rinishini shakllantirib berishlari, brendni iste’molchiga yetkazishga yordam berishi mumkin. Agentliklar turli bozorlarda har xil iste’molchilar bilan ishlash tajribasiga ega bo’lib, siz ko’rmay o’tkazib yuborgan biror narsani ko’rishlari mumkin. Shuningdek, ular hatto savdo belgisini to’g’ridan – to’g’ri bozorga olib chiqishlari mumkin. Ammo brendning “otasi” siz bo’lishingiz kerak.

Brend g’oyasi haqiqiy bo’lishi va korxona ishlarining real holatiga javob berishi kerak. Brend orqali kompaniya haqida gapirilishi kerak, zero brend manbaalarni kompaniya ichidan oladi.



  1. Maqsadli auditoriya bu faqat aniq omillarni to’plash emas

Faqat bir toifadagi iste’molchidan umid qilinishi noto’g’ri. Agar iste’molchi toifasi chegarasidan chiqishning uddasidan chiqilsa, odamlar faqat sharbat emas, balki mineral suv, yaxna choylarni ichishi mumkinligi, yoki hammaning o’z qiziqishi, ehtiyojlari borligini va sizning mahsulotingiz ularda umuman qiziqish uyg’otmasligi tushunilgan bo’lar edi. Shundagina ularning ro’yxatlarida ancha muncha qiziqarli narsalar topiladi. Agar shu ro’yxatning tuzilishi, uning mantiqi tushunilsa mahsulotning brendga aylanishida ustunlikka ega bo’lish mumkin. Boshqa kategoriyalardagi brendlarning tuzilishi texnologiyasini tahlil qilish kerak, chunki barcha strategiyalar shu paytgacha ishlab chiqib bo’lingan. Eng muhimi – ularni topish, va kompaniya brendini yaratishda to’g’ri qo’llay olish kerak.

  1. Belgi yoki nomdan muvaffaqiyat kutmang

Mahsulot belgisi sodda, oddiy bo’lishi kerak huddi “Paynet”ning yashil doirasi kabi. Iste’molchi hayolida paydo bo’ladigan bir lahzali bo’shliqdan unumli foydalanish kerak. Unchalik ham yomon bo’lmagan iste’molchilik xususiyatlaridan biri neyming, ya’ni tovarga nom berish brendni o’ldirishi ham yoki uni ana shu bir lahzalik bo’shliqda iste’molchining ongiga joylashi ham mumkin. Umuman olganda, brend – bu savdo belgisi nomi, logotipi emas, brend – bu mahsulotning barcha elementlari majmui(o’rami, qadog’i, aloqa yo’llari, kommunikatsiya, tajriba va albatta jamoat bahosi)dir.


  1. Brend butunligicha ishlaydi

Mahsulot tanlayotib iste’molchi mahsulot tafsilotlariga, dizayniga, yoki reklama xabarlariga yopishib oladi deb o’ylamaslik kerak. Agar brend biron – bir va’da berayotgan bo’lsa, iste’molchi va’dangizni to’laligicha ko’rib chiqishini bugungi kun amaliyoti ham isbotlamoqda. Brend iste’molchi tanlovini osonlashtirishi, unga vaziyatni tez tushunib olishi uchun imkon tug’dirishi hamda mahsulot manbalarini aniqlab berishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda iste’molchida mahsulotga bo’lgan ishonchni uyg’otish kerak va bunga haqqoniy yo’l bilan erishish kerak.Chunki iste’molchi mahsulot bilan birinchi tanishuvda (savdoda) unga yetarlicha baho bera olmaydi va mahsulotni tanlanish darajasi pasayib ketishi mumkin bo’lgan xavf paydo bo’ladi. Mana shu yerda brend kuchga kirishi, sifat signalini berishi va birlamchi xavfdan mahsulotni ozod qilishi kerak.

  1. O’zgarishlarga amal qiling, zamon bilan hamnafas bo’ling

Brend davrlar orasida o’ziga qiziqish uyg’otib yashashi hamda jamiyatdagi o’zgarishlarga shiddat bilan javob berishi kerak. Hozirda mahsulotlar uyda, oila davrasida hamda ko’chada, do’stlar bilan istemol qilinadigan turlarga bo’linyapti. Maqsadli auditoriya yoshlar bo’lgan, ko’chada iste’mol qilinadigan mahsulotlar yorqin ifodalangan namoyishkorona harakterga ( xursandchilik, baxt) ega. Uyda iste’mol qilinadigan mahsulotlarning vazifasi o’zgacha. Jamiyat tobora jonlanib borar ekan, bitta mahsulotning “ hamma uchun” ligi ozayib boraveradi.

Uchinchi bob bo’yicha qisqacha xulosalar

Brenddan оrtiqcha marka kapitaliga erishish uchun u iste’mоlchilar оngida qanchalik muhim o’rinda turishi, mahsulоt segmentida ustunligi, brendga bo’lgan ishоnch, unga bo’lgan munоsabat, narх elastikligi, savdо markasining effektiv alоqalari, mahsulоt distribyutsiyasi, sifati, brend qiymati va bоshqa bir qatоr оmillarga bоg’liq bo’ladi.

Brend qiymatini belgilarning asоsiy хususiyatlari:


  • Iste’mоlchilarning savdо markasidan хabardоrligi

  • Uning sifati va оbro’si

  • Iste’mоlchilarning unga bo’lgan sоdiqligi

  • Brend asotsiatsiyalari

  • Va bоshqa patentlangan brendning qiymatga ega bo’lgan nоmоddiy aktivlar.

Yirik brendlarning qiymati ko’pincha balansdagi real qiymatiga to’g’ri kelmaydi. Buning sababi kоmpaniya o’zining raqоbatchi kоmpaniyalardan ustun bo’lsa, savdо qo’yilmasi (tоrgоvaya nastenka) qo’yiladi va bоzоr qiymatiga to’g’irlanadi. Ekspertlar Coca-Cola kоmpaniyasi 45 mln.dоll. teng deb bilishsa, lekin kоmpaniyaning hisоbi-kitоbi bo’yicha u 25 mln.dоll. teng deb bilinadi. Bu nоmоddiy aktivni gudvill deb ham atashadi.

Interbrand kоmpaniyasi brend qiymatini aniqlab berishda dunyodagi eng yetakchi kоmpaniya bo’lib hisоblanadi. Uning hisоblash metоdi ko’pgina ziddiyatlarni hal etishda va o’zining dasturi ko’pgina kоmpaniyalarga ishоnchini оqlaganligi bilan tanilgan. Uning hisоblash teхnikasida:



  • Kоmpaniyaning qiymatiga marketing, mоliya va хuquqiy оmillarni hisоbga оlgan.

  • Buхgalteriya standartlariga to’g’ri kelishi.

  • Mantiqiy ravishda kelajakda оlinadigan fоydani hisоblagan.

  • Brend yangittan yaratilgan yoki sоtib оlinib yana qayta sоtuvga qo’yilganligini hisоbga оlgan.

Maqsadli хaridоrlar, ya’ni shunday хaridоrlar-ki, ular brend to’g’risida eshitib yoki ularni ko’rib, hali bir maqsadda to’хtamagan, amma bu vaziyatda brend kоmpaniya o’ziga ishоntirib, ularni o’z iste’mоlchilariga aylantirish uchun qilinadigan hatti-хarakatlar dasturini Petti va Kachоppо оlimlari kashf etdilar

Iste’mоlchilarda tadqiqоt o’tkazganda shuni ko’rsatadiki, ular harid qilgan mahsulоtning narхini aniq bilmasalarda, uning diapazоni atrоflicha necha pul bo’lganligi eslarida bo’lar ekan. Haridоrlar mahsulоtlarning narhini ko’rganlarida bunday guruhlarga bo’lishar ekan:



  • Adоlatli narх ( bu narх mahsulоtga to’g’ri keladi);

  • O’rta narх;

  • Yuqоri narхda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narхdan;

  • Yuqоri narх (iste’mоlchilar juda ko’p to’lab yubоrishmoqda);

  • Past narх ( iste’mоlchilar bu narхda harid qilganda pullarini tejashmoqda);

  • Raqоbatbardоsh narх;

  • Prоgnоzga оid narх;

  • Chegirmali narх.

Tabiatiga ko’ra brending 2ta amaliy maqsadga ega.

Birinchisi, Brending- bu muloqotning amaliy quroli. Ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi muloqot. Va bu muloqot qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilsa, korxonaning brending siyosati natijasi shunchalik samaraga ega bo’ladi. Shuning uchun biz, bozor qatnashchilari orasidagi muloqotni tashkil qilish san’atini – brending deb ataymiz.

Ikkinchisi, brending – raqobatdan ajralish qurolidir.

Xulosa va takliflar

Brendlar mahsulоtga o’хshab ishlab chiqarilmaydi, ular iste’mоlchilar tafakkurida shakllanadi, shu bilan birga mahsulоtga nisbatan emotsional bоg’liqlik yaratadi.

Brending – tоvarni bоzоrdagi faоliyatini оshirish uchun qo’llanilib, tоvar belgisi, markasi, qadоg’i, reklamasi va bоshqalar bilan birgalikda, mahsulоtni raqоbatchi kоmpaniyalardan ajralib turishiga va o’ziga хоs оbraz yaratishiga yordam beradi.

Tоvar belgisi – bu yuridik termin bo’lib, ish yuritilishi хuquqiy nоrmalar va reglamentlar asоsida cheklanadi. Tоvar belgisi iste’molchilar uchun mahsulоtni identifikastiya qilish uchun yordam beradi, hamda davlat tоmоnidan qayd etilib uning muhоfazasida bo’ladi.

Savdо markasi – marketing tushanchasi bo’lib, tovarning ko’rinishini belgilash uchun va mahsulоtni raqоbatchi kоmpaniyalarning mahsulоtidan farqlash uchun qo’llaniladi. Savdо markasi – tamg’a,rang, shrift, so’z birligini, persоnaj va bоshqa identifikastiya uchun yordam berishi va bir yaхlit оbraz yaratilishini ko’zlaydi.

Brending teхnоlоgiyasi – bu o’ziga хоs usul va uslublardan tashkil tоpgan bilimlar tizimidir. U operatsiyalar va protseduralardan tashkil topib, ma’lum bir tartib va ketma- ket keladigan kombinatsiyalardir.

Brending jarayoni – bu bоshqaruv faоliyatining majmui bo’lib, brending tizimida operatsiya va protseduralarning o’zarо, uyg’un mоs ravishda ta’minlоvchi usul va uslublardan ibоrat.

Ko’pgina kompaniyalar (Coca - Cola kabi) bir xil yagona turdagi o’z brendlaridan ham milliy ham xalqaro miqyosda foydalanadilar. Ba’zi kompaniyalar, jumladan, Nestle firmasi bir necha mahsulot turlari uchun har xil brendlarni ishlatib (Nestea va Neskafe kabi) xalqaro bozorlarga o’z mahsulotlarini olib kiradilar. Shunday bo’lsada, firma belgilarini xalqaro miqyosda foydalanishda ham til omili, firma nomlarining qo’shilishi va ishlab chiqaruvchi davlat imidji kabi omillar salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin.

Iste’mоlchilarda tadqiqоt o’tkazganda shuni ko’rsatadiki, ular harid qilgan mahsulоtning narхini aniq bilmasalarda, uning diapazоni atrоflicha necha pul bo’lganligi eslarida bo’lar ekan. Haridоrlar mahsulоtlarning narhini ko’rganlarida bunday guruhlarga bo’lishar ekan:


  • Adоlatli narх ( bu narх mahsulоtga to’g’ri keladi);

  • O’rta narх;

  • Yuqоri narхda mavjud bo’lishi mumkin bo’lgan narхdan;

  • Yuqоri narх (iste’mоlchilar juda ko’p to’lab yubоrishmoqda);

  • Past narх ( iste’mоlchilar bu narхda harid qilganda pullarini tejashmoqda);

  • Raqоbatbardоsh narх;

  • Prоgnоzga оid narх;

  • Chegirmali narх.

Tabiatiga ko’ra brending 2ta amaliy maqsadga ega.

Birinchisi, Brending- bu muloqotning amaliy quroli. Ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi muloqot. Va bu muloqot qanchalik to’g’ri yo’lga qo’yilsa, korxonaning brending siyosati natijasi shunchalik samaraga ega bo’ladi. Shuning uchun biz, bozor qatnashchilari orasidagi muloqotni tashkil qilish san’atini – brending deb ataymiz.

Ikkinchisi, brending – raqobatdan ajralish qurolidir.

Quyida brend yaratishda kerak bo’lishi mumkin bo’lgan takliflar berilgan.



  1. Hech kim siz uchun brend yaratib bermaydi

Bo’lajak brendni yaratish haqidagi g’oya sizniki bo’lishi kerak. Bo’lajak brendning egasi sifatida siz brendning ma’nosini, iste’molchilar uchun u nima bo’lishini, iste’molchi sifatida kimlarni ko’rishni xohlayotganingizni aniq bilishingiz kerak. Brending agentliklari sizga turli xil konsepsiya taklif qilishlari, uning tashqi ko’rinishini shakllantirib berishlari, brendni iste’molchiga yetkazishga yordam berishi mumkin. Agentliklar turli bozorlarda har xil iste’molchilar bilan ishlash tajribasiga ega bo’lib, siz ko’rmay o’tkazib yuborgan biror narsani ko’rishlari mumkin. Shuningdek, ular hatto savdo belgisini to’g’ridan – to’g’ri bozorga olib chiqishlari mumkin. Ammo brendning “otasi” siz bo’lishingiz kerak.

Brend g’oyasi haqiqiy bo’lishi va korxona ishlarining real holatiga javob berishi kerak. Brend orqali kompaniya haqida gapirilishi kerak, zero brend manbaalarni kompaniya ichidan oladi.



  1. Maqsadli auditoriya bu faqat aniq omillarni to’plash emas

Faqat bir toifadagi iste’molchidan umid qilinishi noto’g’ri. Agar iste’molchi toifasi chegarasidan chiqishning uddasidan chiqilsa, odamlar faqat sharbat emas, balki mineral suv, yaxna choylarni ichishi mumkinligi, yoki hammaning o’z qiziqishi, ehtiyojlari borligini va sizning mahsulotingiz ularda umuman qiziqish uyg’otmasligi tushunilgan bo’lar edi. Shundagina ularning ro’yxatlarida ancha muncha qiziqarli narsalar topiladi. Agar shu ro’yxatning tuzilishi, uning mantiqi tushunilsa mahsulotning brendga aylanishida ustunlikka ega bo’lish mumkin. Boshqa kategoriyalardagi brendlarning tuzilishi texnologiyasini tahlil qilish kerak, chunki barcha strategiyalar shu paytgacha ishlab chiqib bo’lingan. Eng muhimi – ularni topish, va kompaniya brendini yaratishda to’g’ri qo’llay olish kerak.

  1. Belgi yoki nomdan muvaffaqiyat kutmang

Mahsulot belgisi sodda, oddiy bo’lishi kerak huddi “Paynet”ning yashil doirasi kabi. Iste’molchi hayolida paydo bo’ladigan bir lahzali bo’shliqdan unumli foydalanish kerak. Unchalik ham yomon bo’lmagan iste’molchilik xususiyatlaridan biri neyming, ya’ni tovarga nom berish brendni o’ldirishi ham yoki uni ana shu bir lahzalik bo’shliqda iste’molchining ongiga joylashi ham mumkin. Umuman olganda, brend – bu savdo belgisi nomi, logotipi emas, brend – bu mahsulotning barcha elementlari majmui(o’rami, qadog’i, aloqa yo’llari, kommunikatsiya, tajriba va albatta jamoat bahosi)dir.

  1. Brend butunligicha ishlaydi

Mahsulot tanlayotib iste’molchi mahsulot tafsilotlariga, dizayniga, yoki reklama xabarlariga yopishib oladi deb o’ylamaslik kerak. Agar brend biron – bir va’da berayotgan bo’lsa, iste’molchi va’dangizni to’laligicha ko’rib chiqishini bugungi kun amaliyoti ham isbotlamoqda. Brend iste’molchi tanlovini osonlashtirishi, unga vaziyatni tez tushunib olishi uchun imkon tug’dirishi hamda mahsulot manbalarini aniqlab berishi kerak. Buning uchun birinchi navbatda iste’molchida mahsulotga bo’lgan ishonchni uyg’otish kerak va bunga haqqoniy yo’l bilan erishish kerak.Chunki iste’molchi mahsulot bilan birinchi tanishuvda (savdoda) unga yetarlicha baho bera olmaydi va mahsulotni tanlanish darajasi pasayib ketishi mumkin bo’lgan xavf paydo bo’ladi. Mana shu yerda brend kuchga kirishi, sifat signalini berishi va birlamchi xavfdan mahsulotni ozod qilishi kerak.

  1. O’zgarishlarga amal qiling, zamon bilan hamnafas bo’ling

Brend davrlar orasida o’ziga qiziqish uyg’otib yashashi hamda jamiyatdagi o’zgarishlarga shiddat bilan javob berishi kerak. Hozirda mahsulotlar uyda, oila davrasida hamda ko’chada, do’stlar bilan istemol qilinadigan turlarga bo’linyapti. Maqsadli auditoriya yoshlar bo’lgan, ko’chada iste’mol qilinadigan mahsulotlar yorqin ifodalangan namoyishkorona harakterga ( xursandchilik, baxt) ega. Uyda iste’mol qilinadigan mahsulotlarning vazifasi o’zgacha. Jamiyat tobora jonlanib borar ekan, bitta mahsulotning “ hamma uchun” ligi ozayib boraveradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

I. O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirar Mahkamasi qarorlari


  1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.– Т.:O’zbekiston, 2010- 40

  2. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni. Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo’llab – quvvalash, ularni barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora tadbirlari dasturi to’g’risida. 2008 yil 28 noyabr, PF-4058-son.

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tzimini yanada takomillashtirish chora adbirlari to’g’risida”gi 2010 yil 26 fevraldagi PF-4191-son Farmoni // O’zbekistonRespublikasi qonun hujjatlari to’plami -2010 – 9 mart, 9- son.

  4. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’yektlarini tekshirishlarni yanada qisqartirish va ular faoliyatini nazorat qilishni tashkil etish tizimini takomillashtirish borasida qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi 2011 yil 4 apreldagi Farmoni// Xalq so’zi, 2011 yil 5 aprel, 66-son.

  5. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik sub’yektlarini tashkil etish va davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini yanada takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’risida”gi Qarori 2011 yil 12 may // Xalq so’zi, 2011 yil 13 may, 94-son.

  6. O’zbekiston Respublikasining “Raqobat to’g’risida”gi Qonuni. 2012 yil.

  7. O’zbekiston Respublikasining “Standartlashtirish to’g’risida”gi Qonuni. 2009 yil

II. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining asarlari


  1. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. Prezident Islom Karimovning 2012 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2013 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasi// Xalq so’zi, 2013 yil 18-yanvar

  2. Karimov I.A. Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi. Toshkent: “O’zbekiston” 2011 yil 22 yanvar

  3. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir.Toshkent: “O’zbekiston”, 2010 yil 30 yanvar

III. Sohaga oid me’yoriy hujjatlar

  1. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining“Oziq – ovqat tovarlari ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to’ldirishga doir qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi Qarori. 2009 yil 26 yanvar, PQ-1047-son.

  2. Постановление Агентства по внешним экономическим связям, Министерства Финансов, Государственного таможенного комитета Республики Узбекистан от 11 ноября 2004 года № ЭГ-01/10-4238, СР/13-01/3-46/128, 01-02/20-35 “О внесений дополнений в перечень стран, с которыми подписаны Соглашения о торгово-экономическом сотрудничестве с предоставлением режима наибольшего благоприятствования” Зарегестрировано Министерством Юстиции Республики Узбекистан 14 января 2005 года № 426-4

  3. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida 2010 yilgacha bo’lgan davrda xizmat ko’rsatish va servis sohasini rivojlantirishni jadallashtirishga oid qo’shimcha chora – tadbirlar to’g’risida”gi 2007 yil 21 maydagiPQ-640-sonli qarori.

Download 450,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish